Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
Proyeksion tolalar-miya po’stlog’iga organizmning ichki va tashqi muhitidan yonalgan
nerv impulslarini o’tkazadi. Shu bilan birga proyeksion tolalar o’z tarkibida nerv sistemasining quy bo’limlariga javob impulslarini olib boruvchi tolalarni ham saqlaydi.
yarim sharlarining ayrim qismlarini o’zaro bog’lasa, uzun nerv tolalari bitta yarim sharining uzoqroq qismlarini tutashtirib turadi.
miya yarim sharini ikkinchisi bilan bog’lab turadi.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining ayrim maydonchalari yuqorida ko’rsatib o’tilgan qavatlarning turli darajada rivojlanganligi bilan farq qiladi. Masalan, harakat markazi hisoblangan oldingi markaziy pushta po’stlog’ida uchinchi, beshinchi va oltinchi qavatlar yaxshi rivojlangan bo’lib, ikkinchi va to’rtinchi qavatlar sust rivojlangandir. Bunday miya po’stlog’i agranular tip tuzilishiga ega bo’lgan po’stloq deb ataladi. Sezuvchi markazlarda esa, aksincha, donador qavatlar (ya’ni ikkinchi va to’rtinchi qavat) o’ta rivojlangan bo’ladi. Bunday tuzilishga ega bo’lgan miya po’stlog’i granulyar tipdagi po’stloqdir. Yumshoq miya pardasidan po’stloqqa ko’pgina mayda arteriyalar kiradi. Bu arteriyalarning ko’pchiligi tarmoqlanib, po’stloq yuza sathida va uning chuqur qatlamlarida kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Ayrim arteriyalar oq moddaga qadar davom etib, kapillyarlarga bo’linib ketadi. Kapillyarlar to’rining zichligi miya po’stlog’ining hamma qavatlarida bir xil bo’lmaydi. Yirik neyronlar atrofida kapillyarlar zich to’rlar hosil qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bosh miyaning kulrang moddasi (po’stlog’i va yadrolari) oq moddasiga nisbatan juda kuchli rivojlangan kapillyarlar to’riga ega bo’ladi. Kapillyarlarning yaxlit endoteliysi va uzluksiz bazal membranasi ularni tashqi tarafdan o’rab turgan astrositlarning o’simtalari bilan birlikda mahsus gematoensefalik (ya’ni “qon-miya”) to’siqni hosil qiladi. Bu to’siq qon orqali kelayotgan yot moddalarni miya moddasiga o’tkazmaydi va shu tufayli miya neyronlari uchun himoya vazifasini o’taydi.
Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling