Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish


Download 364.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana08.01.2022
Hajmi364.68 Kb.
#255046
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Katta yarim sharlar  markaziy nerv sistemasining boshqa qismlari kabi asosan neyrogliya 

va  neyrositlardan  iborat  kulrang  modda  hamda  tolalar  va  neyrogliyadan  tashkil  topgan  oq 

moddadan  iborat,  kulrang  modda  tashqarida  joylashib  po’stloq  deb  ataladi.  Katta  yarim 

sharlarda ko’plab pushta va egatlar bo’lib, ular yarim sharlar maydonini kengaytiradi. Qalinligi 

3 dan 5 mm gacha yetadi. 

Multipolyar  neyrositlar  po’stloqda  qatlam-qatlam  bo’lib  qavatlar  hosil  qilib  joylashadi  va 

buni  sitoarxitektonika  deyiladi,  lekin  ulardagi  chegara  juda  aniq  bo’lmaydi.  Qavatlarni  shu 

yerda  qanday  neyrositlar  ko’proq  uchrashiga  bog’liq  xolda  po’stloq  qavatlari  nomlanadi. 

Xujayralar  joylashuviga  qarab  po’stloqda  6  qavat  hosil  qiladilar:  molekulyar,tashqi  donador, 

piramidasimon,ichki donador, ganlioz, polimorf xujayralar qavati.  

Po’stloqdagi neyrositlar shakli va kattaligi ham turlicha. Neyrositlarning eng ko’p tarqalgan 

shakli  uch  burchakli,  piramidasimon  xujayralar  bo’lib,  po’stloq  yuzasiga  nisbatan  vertikal 

joylashadi. Piramidasimon xujayralarning   yuqorigi qismidan va  yon  yuzalaridan po’stloqning 

turli  qavatlariga  dedritlar  asosidan  esa  neyritlar  chiqadi.  Ayrim  neyritlar  kalta  bo’lib, 

po’stloqning o’zida tugaydi,ba’zilari esa uzun bo’lib po’stlolqdan tashqariga oq moddaga yetib 

boradi. Boshqacha shakldagi-yulduzsimon, o’rgimchaksimon, butasimon, gorizontal neyrositlar 

yoki  qo’shimcha  xujayralar  ham  uchraydi.  Ular  yarim  sharlar  ichidagi  aloqani  ta’minlovchi 

assosiativ  yoki  ikki  yarim  sharlar  po’stlog’ining  orasidagi  aloqani  ta’minlovchi  komissural 



xujayralardir.  Po’stloqda  oq  moddadan  po’stloqqa  o’tuvchi  funksional  markazga  intiluvchi-

afferent  va  po’stloqdan  oq  moddaga  o’tuvchi-efferent  tolalar  hamda  po’stloqning  turli 

soxalarini bog’lovchi oraliq (assosiativ) neyrositlar ajratiladi. 

Po’stloqning  molekulyar  qavatida  hujayralar  mayda  bo’lib  ko’proq  duksimon  hujayralar 

uchraydi. Qolgan qavatlarda piramidasimon hujayralar ko’p uchraydi. Po’stloqning ganglionar 

qavatida  eng  yirik  piramidasimon  hujayrlar(Bes  hujayralari)  yotadi.    Neyrositlar  orasidan 

po’stloqning  turli  qavatlarida  turlicha  miqdorda  vertikal  va  gorizontal  yo’nalishda  miyelinli 

tolalar  o’tadi.  Shu  sababli  miyelinoarxitektonikada  ham  qatlamllik  kuzatiladi,  lekin  tolalar 

qatlami 

xujayralar 

qatlamiga 

mos 


kelmaydi. 

Tolalar 


qatlamining 

joylashuviga 

miyeloarxitektonika  deyilib, unda  ham 6  qavatni ajratish mumkin: 

tangensial  tolalar  qavati,  chizimcha  usti  qavati,  tashqi  chizimcha,  chizimcha  oralig’i  qavati, 

ichki chizimcha, chizimcha osti qavati. 

Chaqaloqlarda  kulrang  va  oq  modda  orasidagi  chegara  aniq  bo’lmaganligi  sababli 

neyrositlar  kulrang  va  oq  moddada  joylashadilar.  Tolalar  miyelinizasiyasi  tugallanmagan 

bo’ladi.  Faqat  2-3  yoshga  yetganda  tolalarning  ko’p  qismi  miyelinizasiyalanadi. 

Protoplazmatik astrositlarning yetilishi 3-5 yoshda tugallanadi. Tug’ilishga yaqin po’stloq turli 

shaklidagi  mayda  neyrositlardan  tuzilib,  ular  orasida  yumaloq  va  oval  shakldagilari  ko’p 

bo’ladi. Xujayralar bir-biriga  yaqin joylashadilar. Neyrositlarning tipik shakli 2 yoshga  yaqin 

kuzatiladi,  lekin  ular  bu  vaqtda  ancha  mayda  bo’ladi.  Neyrositlarning  yiriklashishi  va 

neyrositlardagi  aloqaning  murakkablanishi  kuzatiladi.  Sitoarxitektonikaning  aniq  shakllanishi 

2-4  yoshlar  orasida  kuzatiladi.  Chaqloqlar  bosh  miyasi  po’stlog’idagi  tolalar  radial  yo’nalgan 

bo’ladi.  Tangensial  va  gorizontal  tolalar  faqat  po’stloqning  chuqur  qavatlarida  joylashadilar. 

Qolgan  qavatlarda  bunday  tolalar  tug’ilgandan  so’ng  paydo  bo’ladi.  Miyeloarxitektonika 

(tolalarning joylashuvi) ning to’liq shakllanishi 3-6 yoshda kuzatiladi.  

 

 



 

 

Download 364.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling