Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
V YE G YE T A T I V N YE R V S I S T YE M A S I (VNS)
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
V YE G YE T A T I V N YE R V S I S T YE M A S I (VNS)
V.N.S. yaxlit bo’lib, bevosita MNS bilan bo’g’liqligi va doimo bosh miya sharlarining nazorati ostida bo’ladi. U nafas olish a’zolari, qon aylanish, hazm qilish, qon yaratish, ayirish, ko’payish, ichki sekresiya, modda almashinish jarayonlarini bo’shqaradi. Odamda VNS markaziy va periferik qismlardan tuzilgan. Markaziy qismi multipolyar neyrositlardan iborat miya yadrolari bo’lib, o’rta va oraliq miyada, opqa miyaning ko’krak, bel soxalari yon shoxlarida, hamda sokral qism segmentlarida joylashadilar. Periferik qismlari MNS sidan tashqarida, a’zolar ichi tugunlaridan va chigallaridan iborat. Funksional VNS antogonistik ta’sir etuvchi simpatik va parasimpatik qismlarga ajratiladi. Torokalyubal segmentlardan simpatik nerv sistemasi yadrolari kraniobulbar va sokral qismlarda parasimpatik yadrolar joylashadi. Yadrolar multipolyar neyrositlardan tuzilib, vegetativ nerv sistemasi reflektor yoyi efferent qismining birinchi neyroni hisoblanadi. Neyritlar markaziy nerv sistemasidan tashqariga chiqadilar va vegetativ nerv sistemasi neyrositlarida tugaydi, ularni preganlionar tolalar deb yuritiladi. Periferik tugunlarning neyritlari gangliydan chiqadilar. Ularni postganglionar tolalar deyilib, ishchi a’zolar to’qimasining reseptorlarini hosil qiladilar. Vegetativ gangliylar 2 xil multipolyar neyrositlardan tuzilgan: 1.Ko’plab kalta dendritlar va tugyndan tashqariga chiqyvchi bitta uzun neyrit tutvchi neyron; 2.Ikkinchi tipi shoxlanmaydigan uzun tolalar tutishi bilan xarakterlanadi. Ularning soni ko’p bo’lmasdan gangliydan tashqariga chiqib ketadi. Tugynlar tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimali qobiq bilan qoplangan, bu qobiqdan tygyn ichiga to’siqlar o’tadi. Biriktiruvchi to’qimada tomirlar, nerv tolalari va nerv xujayralari joylashadi. Nerv xujayralari tartibsiz joylashib, gliositlar bilan o’ralgan. Chaqaloqlar vegetativ tugynli mayda
neyrositlardan iborat.
Ularning ichida
mukammallashuvchi xujayralar ham uchraydi. Yetuk neyrositlar soni kam bo’ladi. Neyrositlar mukammallashuvi bir necha yil davom etadi, gangliylarda neyroblastlardan ancha neyrositlar hosil bo’ladi. Ma’lumotlarga qaraganda bir muncha mukammallashgan bo’ladilar. Vegetativ chigallar nerv tutamlaridan tuzilib, o’zaro chalkashib to’r xosil qiladilar. Nerv tutami orasida turli kattalikdagi nerv tugynlari joylashadi. Tutamlar asosan miyelinsiz tolalardan iborat bo’lib, perenevrit bilan qoplangan
Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling