Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haydarov S.S Samarqand-2014
- TMI: Retikulyar formasiya, gistofiziologiyasi.
- Spinal gangliy.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Fakulteti: Tabiiy fanlar Kafedrasi: «Fiziologiya genetika va biokimyo» Fan: Biokimyo REFERAT Mavzu
: Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish.
Bajardi: Mirzaeva N Tekshirdi: Haydarov S.S Samarqand-2014
Реферат
1. Nerv tizimi tavsifi va tasnifi. 2.
Markaziy nevr tizimi: orqa va bosh miyani o’rganish. 3.
Vegetativ nerv tizimini o’rganish.
Nerv sistemasi, markaziy, periferik, neyron, yadro, kulrang va oq moda,orqa miya shoxlari, simpatik, parasimpatik gangliy, intramural, ekstramural, retikulyarformasiya, sitoarxitektonika, miyeloarxitektonika. Anatomik jihatdan nerv sistemasi markaziy va periferik qismlarga ajratiladi. Markaziy nerv sistemasiga opqa miya va bosh miya kiradi. Periferik nervlar, gangliylar, nerv chigallari va oxirlari periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Funksional jihatdan nerv sistemasi somatik va animal va vegetativ - yoki anatom qismlarga ajratiladi. Somatik nerv sistemasi ko’ndalang tapg’il mushak va sezgi a’zolarini innervasiya etuvchi markaziy va periferik nerv sistemalarini o’z ichiga oladi. Vegetativ nerv sistemasi ichki a’zolarni, yurakni, tomirlar va ichki sekresiya bezlarini innervasiya etuvchi bosh miya va opqa miyaning qismlarini, nervlar va ularning shoxlarini o’z ichiga oladi. Vegetativ nerv sistemasi o’z navbatida simpatik va parasimpatik qismlarga ajratiladi. Nerv sistemasi barcha a’zolar faoliyatini boshqarishda, turli sistemalar faoliyatining mutanosibligini, muxitga moslashishini ta’minlaydi. Odamning bosh miyasi rivojlanishning eng yuqori oliy darajasiga yetgan hamda tafakkur va nutq markaziga xam ega. Bosh miya po’stlog’ida kechadigan fiziologik jarayonlar odam aqliy faoliyatining asosini tashkil etadi. Nerv sistemasi faoliyatining asosini tashqi va ichki muxit o’zgarishiga organizm tomondan berilgan javob refleks tashkil etadi. Demak nerv sistemasi faoliyati asosida reflektor faoliyat yotadi. Markaziy nerv sistemasi a’zolarida o’q va kulrang modda ajratiladi, kulrang modda asosan neyronlar va ular tashkil qilgan yadrolardan iborat. Yadrolar. Funksiyasi va tuzilishi jixatidan bir xil bo’lgan neyronlar to’plamidir.Ular orasida neyrogliya xam uchraydi. Oq modda asosan nerv tolalaridan iboratdir. Odam embrionida nerv sistemasining xamma a’zolarini rivojlanish manbai ektodermadan shakllangan nerv nayi xisoblanadi. Dastlab nerv nayi kengligi bir tekislikda bo’ladi. Keyinchalik uning oldingi qismi tezkor o’sadi va kengayadi, undan keyinchalik bosh miya qolgan qismidan opqa miya shakllanadi. Orqa miyaning shakllanishi davomida uning devorlari qalinlashadi, dorsal va ventral yuzalarda o’sish sekin borib, o’rtada uzunasiga yo’nalgan chuqurcha xosil bo’ladi. Nerv nayi to’qimasida neyrositlar va neyrogliya xujayralari rivojlanadi, ularning o’simtalari opqa miya yuzasiga chmiqib, oq moddani xosil qiladi. Neyritlar uzunlashib o’tkazuvchi yo’lni hosil qiladi. Qolgan qismi esa, ventral yoki xarakat ildizlarini shakllantiradi. Ganglioz plastinkalari umurtqalarning shakllanishi natijasida segmentlarga ajralib
ketadilar.Ularning bir o’simtasi orqa miyaga yo’nalib, dorsal sezuvchi ildizchalar hosil qiladi. Nerv nayining oldingi kengaygan soxasidan bosh miya shakllanadi. Dastlab nerv sistemasining kengaygan soxasi uchta miya pufakchalariga ajratiladi: oldingi, o’rta, ketingi. Oldingi pufakchalar yana bo’linib, beshta miya pufakchalarini hosil qiadi: oxirgi, oraliq, o’rta, ketingi va uzunchoq miyalar ketma-ket joylashadilar.
Spinal gangliy. Ular ustki tomondan biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan bo’lib, undan tugunning ichkarisiga stroma hosil qiluvchi tolalar tutami ketadi. Organning stromasi kapillyar qon tomirlarga boy bo’lib, unda nerv tolalari va neyrositlar, hamda gliositlarni uchratish mumkin. Nerf tugunining neyronlari asosan organning chekka qismlarida gruppa bo’lib joylashadi. Tugunning o’rta qismida esa nerv tolalari joylashadi. Tugunni hosil qiluvchi hujayralar o’zlarining tuzilishlariga qarab bipolyar, aniqrog’i, psevdounipolyar nerv hujayralariga kiradi. Hujayraning tanasidan chiquvchi yakka o’simta “T” shaklida ikkiga bo’linadi: ularning biri dendrit, ikkinchisi neyritdir. Dendritlar periferiyada sezuvchi apparatlar bilan boshlanadi. Neyritlar esa orqa miyaning orqa ildizchasini tashkil etib, orqa miya hujayralari bilan sinapslar hosil qiladi. Neyronlarning o’simtalari tugunda va undan tashqarida neyrolemmositlardan hosil bo’lgan parda bilan o’raladi. Tugunni hosil qiluvchi nerv hujayralari yupqa biriktiruvchi to’qimali kapsula va gliositlar bilan qoplangan. Bu gliositar yo’ldosh yoki satellit hujayralar deb ataladi.
Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling