Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish


Vegetativ nerv sistemasining gangliylari


Download 364.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana08.01.2022
Hajmi364.68 Kb.
#255046
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish

Vegetativ nerv sistemasining gangliylari. 

 

Vegetativ  nerv  sistemasining  periferik  nerv  tugunlari  organlardan  tashqarida  (ekstramural) 

yoki  organlar  devorida  (intramural)  joylashishi  mumkin.  Vegetativ  gangliylardan  chiqqan  nerv 

tarmoqlari tarkibida ikki hil tolalar bo’ladi. Ulardan biri gangliylarning o’zida hosil bo’lib, periferiya 




tomon  yo’naladi  (postganglionar  tolalar),  boshqalari  esa  gangliylarni  bosh  yoki  orqa  miya  bilan 

bog’laydi (preganglionar tolalar). 

Vegetativ  nerv  sistemasining  tarkibiga  markaziy  neyronlar  (preganglionlar  talalar 

ko’rinishidagi  aksonlar  bilan  birga)  periferik  tugunlarda  joylashgan  periferik  neyronlar  kiradi. 

Periferik  neyronlarning  aksonlari  organ  va  to’qimalargacha  yetib  borib,  ular  bilan  sinapslarni  hosil 

qiladi.  Preganglionnar  tolalar  miyelin  parda  bilan  o’ralganligi  uchun  ularning  bog’lovchi 

tarmoqlarning rangi oq bo’ladi. 

Postganglionar tolalar ingichkaroq bo’lib, ko’p xollarda ularning miyelin qobig’i bo’lmaydi. 

Vegetativ  nerv  sistemasining  periferik  tugunlari  ekstramural  simpatik  (vertebral  va 

paraverteblar gangliylar), bosh miyaning parasimpatik tugunlari va intrmural gangliylardan iborat. 

Vegitativ nerv sitemasining gangliylaridaasosan uch xil neyronlar farq qilinadi : 1. Uzun asonli 

neyronlar yoki 1 tip Dogel xujayralari, ularning o’simtalari bir necha kalta tarmoqli dendritlardan va 

gangliydan tashqariga ketuvchi uzun neyritdan iborat. 

2  Teng  o’simtali  neyronlar    yoki  II    tip  Dogel  xujayralari.  II    tip    Dogel  xujayralarining  bir  

necha  teng  o’simtalari  bo’lib,  tuzilishi  jixatidan  qaysi  bir  akson  ekanligini  aniqlab  bo’lmaydi. 

Hamma  o’simliklar  shoxlanmasidan  gangliydan  tashqariga  ketadi.  1  tip  hujayralar  parasimpatik 

nervlarning  preganglionar  tolalari  tugallanadi.  Shuning  uchun  ular  bu  sistemaning  reflektor  yoyi 

tarkibidagi  ikkinchi  harakatlantiruvchi  yoki  effektor  neyronlari  hisoblanadi.  2  tip  hujayralarni 

periferik vegetativ nerv sistemasining sezuvchi yoki affektor elementlariga kiritiladi. 

3.  3  tip  hujayralar    oraliq  yoki  assosiativ  neyronlar  hisoblanib,  ularning  o’siqlari  qo’shni 

tugunlar neyronlarining dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi. 

Vegetativ gangliylarning  nerv  hujayralari  orasida  ko’p  miqdorda  miyelinli  va  miyelinsiz  nerv 

tolalari  bor.  Ularning  tarkibida  shu  gangliy  neyronlarining  o’simtalari  va  sinapslarini  hosil  qiluvchi 

yoki  qo’shni  gangliylarga  o’tib  ketuvchi  preganglionar  tolalar  bo’ladi.  Sinaptik  tugunlarning 

postganglionar  tolalari  organlarda  sinapslar  hosil  qilib  tugaydi.  Bu  sinapslar  asosan  adrenergik, 

qisman  purenergik  tabiatga  ega.  Parasimpatik  gangliylarning  postganglionar  tolalari  a’zolarda 

xolinergik sinapslar hosil qilib yakunlanadi. 

Me’da-ichak yo’li devorida 3 xil intramural chigallar (shilliq osti qavatida, mushak qavatida va 

seroz  qavat  ostida)  joylashgan  bo’lib,  ular  o’ziga  hos  hususiyatga  egadir.  Bu  chigallar  tarkibida 

harakatlantiruvchi  (xolinergik),  tormozlovchi  (adrenenergik  va  purinergik)  va  a’zolar  faoliyatini 

boshqaruvchi (peptidergik) neyronlar uchraydi.   

 


Download 364.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling