Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish


Markaziy nerv sistemasining pardalari


Download 364.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana08.01.2022
Hajmi364.68 Kb.
#255046
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish

Markaziy nerv sistemasining pardalari

Bosh miya va opqa miyani 3 ta: yumshoq, o’rgimchaksimon va qattiq pardalar bilan urab 

turadi. 


1.  Qattiq  parda  elastik  tolalarga  boy  zich  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  ichki  yuzasi 

glial  tabiatli  xujayralar  bilan  qoplangan  suyakka  yaqin  soxalarda  qattiq  parda  ikki  qavatdan 

iborat: tashqi suyak usti parda va ichki xususiy qattiq parda tomirlarni kam tutadi. Bu pardalar 

suyuqlik  bilan  to’lgan  subdural  bo’shliqni  o’rab  turadi.  Orqa  miya  soxasida  suyak  usti  parda 

bilan miyaning qattiq pardasi orasida suyuqlikka to’lgan epidural bo’shliq joylashadi. 

2.  O’rgimchaksimon  parda  juda  nozik  tutamlardan,  biriktiruvchi  to’qima  tolalaridan  va 

xujayra  elementlaridan  iborat.  O’rgimchaksimon  parda  yuzasi  yassi  glial  xujayralar  bilan 

qoplangan  bo’lib,  miyaning  qattiq  pardasi  tomonidan  subaraxnoidal  bo’shliqni  chegaralab 

turadi.  O’rgimchaksimon  pardaning  ingichka  tutamlari  yumshoq  parda  bilan  birikadi. 

O’rgimchaksimon  parda  yuzasida  Paxionov  granulyasiyasi  deb  ataluvchi  xujayralar  to’plami 

bo’lib,  ularni  reaktiv  markaz  deb  xisoblanadi.  Ular  orqali  sinuslarga  subdural  bo’shliqdan 

suyuqlik  so’riladi.  Subaraxniodal  bo’shliq  serebrospinal  suyuqlik  tutadi  va  miyaning 

qorinchalari bilan bog’lanadi. 

3. Yumshoq parda miya moddasi bilan zich o’sib ketadi, tomirlarga boy bo’ladi. Yumshok 

parda o’rgimchaksimon parda tutamlari davomi bo’lgan nozik biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. 

Tashqi  yuzasi  subaraxnoidal  bo’shliqqa  qapagan  bo’lib,  glial  tabiatli  yassi  xujayralar  bilan 

qoplangan. Yumshoq parda miya tomirlariga qadap davom etib, subaraxnoidal bo’shliq davomi 



bo’lmish perivaskulyar bo’shliqni hosil qiladi. Perivaskulyar bo’shliq arteriyalarining tebranish 

(puls)  to’lqinlarini  tenglashtiradi,  modda  almashinishida  qatnashadi,  yumshoq  parda  bilan 

ximoya ahamiyatiga ega.  

 

 




Download 364.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling