Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
Vegetativ nerv sistemasining gangliylari
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
Vegetativ nerv sistemasining gangliylari.
Vegetativ nerv sistemasining periferik nerv tugunlari organlardan tashqarida (ekstramural) yoki organlar devorida (intramural) joylashishi mumkin. Vegetativ gangliylardan chiqqan nerv tarmoqlari tarkibida ikki hil tolalar bo’ladi. Ulardan biri gangliylarning o’zida hosil bo’lib, periferiya tomon yo’naladi (postganglionar tolalar), boshqalari esa gangliylarni bosh yoki orqa miya bilan bog’laydi (preganglionar tolalar). Vegetativ nerv sistemasining tarkibiga markaziy neyronlar (preganglionlar talalar ko’rinishidagi aksonlar bilan birga) periferik tugunlarda joylashgan periferik neyronlar kiradi. Periferik neyronlarning aksonlari organ va to’qimalargacha yetib borib, ular bilan sinapslarni hosil qiladi. Preganglionnar tolalar miyelin parda bilan o’ralganligi uchun ularning bog’lovchi tarmoqlarning rangi oq bo’ladi. Postganglionar tolalar ingichkaroq bo’lib, ko’p xollarda ularning miyelin qobig’i bo’lmaydi. Vegetativ nerv sistemasining periferik tugunlari ekstramural simpatik (vertebral va paraverteblar gangliylar), bosh miyaning parasimpatik tugunlari va intrmural gangliylardan iborat. Vegitativ nerv sitemasining gangliylaridaasosan uch xil neyronlar farq qilinadi : 1. Uzun asonli neyronlar yoki 1 tip Dogel xujayralari, ularning o’simtalari bir necha kalta tarmoqli dendritlardan va gangliydan tashqariga ketuvchi uzun neyritdan iborat. 2 Teng o’simtali neyronlar yoki II tip Dogel xujayralari. II tip Dogel xujayralarining bir necha teng o’simtalari bo’lib, tuzilishi jixatidan qaysi bir akson ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Hamma o’simliklar shoxlanmasidan gangliydan tashqariga ketadi. 1 tip hujayralar parasimpatik nervlarning preganglionar tolalari tugallanadi. Shuning uchun ular bu sistemaning reflektor yoyi tarkibidagi ikkinchi harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlari hisoblanadi. 2 tip hujayralarni periferik vegetativ nerv sistemasining sezuvchi yoki affektor elementlariga kiritiladi. 3. 3 tip hujayralar oraliq yoki assosiativ neyronlar hisoblanib, ularning o’siqlari qo’shni tugunlar neyronlarining dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi. Vegetativ gangliylarning nerv hujayralari orasida ko’p miqdorda miyelinli va miyelinsiz nerv tolalari bor. Ularning tarkibida shu gangliy neyronlarining o’simtalari va sinapslarini hosil qiluvchi yoki qo’shni gangliylarga o’tib ketuvchi preganglionar tolalar bo’ladi. Sinaptik tugunlarning postganglionar tolalari organlarda sinapslar hosil qilib tugaydi. Bu sinapslar asosan adrenergik, qisman purenergik tabiatga ega. Parasimpatik gangliylarning postganglionar tolalari a’zolarda xolinergik sinapslar hosil qilib yakunlanadi. Me’da-ichak yo’li devorida 3 xil intramural chigallar (shilliq osti qavatida, mushak qavatida va seroz qavat ostida) joylashgan bo’lib, ular o’ziga hos hususiyatga egadir. Bu chigallar tarkibida harakatlantiruvchi (xolinergik), tormozlovchi (adrenenergik va purinergik) va a’zolar faoliyatini boshqaruvchi (peptidergik) neyronlar uchraydi.
Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling