Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
BOSh MIYa YaRIM ShARLARI PO’STLOFI
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
BOSh MIYa YaRIM ShARLARI PO’STLOFI.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i ruhiy va ixtiyoriy faoliyat markazi hisoblanadi. Bosh miya po’stlog’i miya stvoli va orqa miya harakat apparatlari bilan piramidal yo’lning nerv tutamlari va miya yarim sharlari kulrang va oq moddadan iborat. Kulrang modda tashqarida joylashgan bo’lib, katta yarim sharlarning po’stlog’ini hosil qiladi. Oq modda esa uning ostida yotadi.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i nerv hujayralaridan tuzilgan bo’lib, ularning soni 10- 14 milliardga yetadi. Bosh miya po’stlog’ining qalinligi taxminan 3 mm bo’lib, miyaning ba’zi qismlarida hujayralari tuzilishi va tolalarining o’ziga hos joylashishi bilan farq qiladi. Miya yarim sharlari po’stlog’i tuzilishidagi bu farq funksional xarakterdagi farqlarga anchagina mos tushib, nerv impulslarining aktiv analiz va sintez qilinish joyi – po’stloq maydonchasiga hos bo’ladi. Miya po’stlog’ining barcha hujayralari multipolyar neyronlardan iborat bo’lib, ularning bir qancha xillari – piramidasimon, duksimon, yulduzsimon, o’rgimchaksimon va ko’ndalang joylashgan neyronlar tafovut qilinadi. Bosh miya po’stlog’ining asosiy hujayralari piramidasimon neyronlardir. Ular mayda (kattaligi 10-12 mkm) o’rta (20mkm) va yirik (40 mkm va undan ziyod) bo’ladi. Bu neyronlarning tanasi konussimon bo’lib, hujayra uchi miya yuzasiga qaragan. Hujayra uchidan chiqqan uzun, yog’on dendrit miya po’stlarining yuzasida yelpig’ichsimon ko’pgina tolalarga bo’linib ketadi.Neyron tanasining yonlaridan chiqqan neyrit assotsiativ, komissural va proyeksion yo’l tolalarini tashkil qiladi. Bosh miya po’stlog’ining duksimon hujayralari turli kattalikka ega bo’lib, po’stloqning quyi qatlamlarida joylashadi. Yulduzsimon hujayralr turlicha kattalikda bo’ladi. Bu neyronlar tanasidan ko’plab dendritlar chiqadi. Yulduzsimon hujayralar miya po’stlog’ining turli qatlamlarida joylashadi. Chuqur qatlamlarida joylashgan hujayrlaar ko’tariluvchi uzun aksonlarga ega bo’lib, ular miya po’stlog’ining tashqi yuzasiga yonaladi. Bu aksonlar o’z yo’liga boshqa neyronlarning dendritlari bilan kollaterallar hosil qialdi. O’rgimchaksimon va shaxlangan neyronlar tanasi mayda bo’lib, ularning aksonlari kalta va bir talay tarmoqlangandir. Bosh miya po’stlog’ining ko’ndalang neyronlari po’stloqning yuza qatlamlarida joylashadi. Gorizontal yonalgan nerv o’simtalari piramidasimon hujayralarning dendritlari bilan qo’shilib, po’stloq tarkibida ko’ndalangiga birlashgan sistemani hosil qiladi. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i neyronlari neyrogliositlar bilan yaqindan aloqador bo’ladi. Tayanch vazifani bajaruvchi astrositlar o’simtalarining qo’shilishi po’stloqning sinsitiy tuzilishiga ega bo’lgan asosni yaratadi. Asosan trofik vazifani bajaruvchi oligodendrogliositlar po’stloq neyronlari bilan o’ta yaqin aloqada bo’lib, nerv o’simtalarining paradalari hosil qiladi. Epidemogliositlar bosh miya yarim sharlari qorinchalarining devorini qoplab turadi. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining eng yuza sathida bir qator gliositlardan iborat hujayralar joylashib, ular po’stlog’ining nerv elementlarini yumshoq miya qivatidan ajratib turadi. Bosh miya po’stlog’ining diqqat bilan qaralsa, uning har xil qismlarida turlicha ifodalangan neyronlar qatlamini ko’rish mumkin. Miya po’stlog’ida neyronlarning joylashishiga sitoarxitektonika, nerv tolalarining joylashishiga esa miyeloarxitektonika deyiladi. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining harakatlantiruvchi zonasida (masalan, markaziy oldingi pushtasi) aniq chegaralanmagan 6 qavat tafovut qilinadi. 1. Molekulyar qavat (lamina molecularis) oz miqdorda urchuqsimon mayda neyronlardan tashkil topgan (assosiativ neyronlar) bo’lib, ularning neyritlari miya sirtiga parallel holda joylashgan nerv tolalarining chigali tarkibiga kiradi. 2.
Tashqi donador qavat (lamina granularis externa) mayda nefronlar hisobiga hosil bo’lib, ular asosan piramida shaklidadir. Bu hujayralarning neyritlari oq modda tomonga yonalib, qisman molekulyar qavatning tangensial chigaliga ham qo’shilib ketadi. 3. Piramidasimon hujayralar qavati (lamina piramidalis) mayda va kalta piramidasimon neyronlardan iborat. Bu neyronlar kattaligi 10-40 mkm bo’ladi. Ularning uchidan chiqqan shoxlanuvchi dendritlari molekulyar qavatda tugallanadi, yon tomondan chiquvchi dendritlari esa shu qavatdagi qo’shni hujayralar bilan sinapslar hosil qiladi. Neyritlar esa oq modda tomon yonaladi. 4. Ichki donador qavat (lamina granularis interna) po’stloqning har xil qismlarida turlicha rivojlangan. Po’stloqning ayrim joylarida umuman bo’lmasligi mumkin. Ular mayda piramidasimon va yulduzsimon hujayralardan iborat. Bu qavatda yaxshi rivojlangan tangensial – tashqi ko’ndalang nerv toalalari (Bayarje chizimchalari) joylashadi. 5. Ganglionar qavat (lamina gaglionaris) yirik piramidasimon neyronlar qavati bo’lib, po’stloqning asosan harakatlantiruvchi markazlarida, masalan, oldingi markaziy pushtada mujassamlangan. Bu hujayralarning eng kattalarining balandligi 120 mkm va kengligi 80 mkm bo’lib, birinchi marta 1871 – yilda kiyevlik olim V.Y.Bes tomonidan topilganligi sababli Bes hujayralari deyiladi. Bu hujayralarning neyritlari harakatlantiruvchi yadrolarning neyronlari bilan sinapslar hosil qilib tugaydi. Shu bilan birga Bes hujayralarining neyritlari ko’p miqdorda kollaterallar hosil qilib, ular orqali po’stloqning bevosita o’ziga tormozlovchi impulslar berish mumkin. 6. Polimorf hujayralar qavati (lamina multiformis) turli shakldagi miyada neyronlardan iborat bo’lib, ularning neyritlari oq moddaga yonalgan, dendritlari po’stloqning molekulyar qavatigacha yetgan bo’ladi. Po’stloqda joylashgan nerv tolalari (miyeloarxitektonika) ham bir nechta qavat hosil qiladi. Nerv toalalri po’stloqning turli joylarida har xil bo’lib, bo’ylama va ko’ndalang yonalgan 7 qavatdan iborat:1) tangensial tolalar qavati; 2) mag’izli nerv tolalari kam bo’lgan qavat; 3) chizimcha ustki qavati; 4) tangensial mag’iz nerv tolalaridan iborat tashqi Bayarje chizimchasi; 5) chizimchalararo qavat; 6) ichki Bayarje chizimchasi ( bu qavat ham tangensial yonalgan mag’izli nerv tolalaridan iborat); 7) chizimcha ostki qavat. Nerv tolalarining qavati neyronlar qavatiga mos tushadi. Ikkala Bayarje chizimchasi ham piramidasimon hujayralarning afferent tolalari va ular kolalterallaridan hosil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’ida faoliyat jihatidan quyidagi nerv tolalari ajratiladi. 1.
Proyeksion tolalari – ular afferent (markazga intiluvchi yoki sezuvchi) va efferent ( markazdan qochuvchi yoki harakatlantiruvchi ) bo’lishi mumkin. 2. Assosiativ tolalar- po’stloqning turli qismlarini o’zaro bog’lab turadi. 3. Komissural tolalar – ikkala yarim sharlarni o’zaro bog’lash vazifasini o’taydi. Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling