Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
Markaziy nerv sistemasining pardalari
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
Markaziy nerv sistemasining pardalari.
Bosh miya va opqa miyani 3 ta: yumshoq, o’rgimchaksimon va qattiq pardalar bilan urab turadi.
1. Qattiq parda elastik tolalarga boy zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan ichki yuzasi glial tabiatli xujayralar bilan qoplangan suyakka yaqin soxalarda qattiq parda ikki qavatdan iborat: tashqi suyak usti parda va ichki xususiy qattiq parda tomirlarni kam tutadi. Bu pardalar suyuqlik bilan to’lgan subdural bo’shliqni o’rab turadi. Orqa miya soxasida suyak usti parda bilan miyaning qattiq pardasi orasida suyuqlikka to’lgan epidural bo’shliq joylashadi. 2. O’rgimchaksimon parda juda nozik tutamlardan, biriktiruvchi to’qima tolalaridan va xujayra elementlaridan iborat. O’rgimchaksimon parda yuzasi yassi glial xujayralar bilan qoplangan bo’lib, miyaning qattiq pardasi tomonidan subaraxnoidal bo’shliqni chegaralab turadi. O’rgimchaksimon pardaning ingichka tutamlari yumshoq parda bilan birikadi. O’rgimchaksimon parda yuzasida Paxionov granulyasiyasi deb ataluvchi xujayralar to’plami bo’lib, ularni reaktiv markaz deb xisoblanadi. Ular orqali sinuslarga subdural bo’shliqdan suyuqlik so’riladi. Subaraxniodal bo’shliq serebrospinal suyuqlik tutadi va miyaning qorinchalari bilan bog’lanadi. 3. Yumshoq parda miya moddasi bilan zich o’sib ketadi, tomirlarga boy bo’ladi. Yumshok parda o’rgimchaksimon parda tutamlari davomi bo’lgan nozik biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Tashqi yuzasi subaraxnoidal bo’shliqqa qapagan bo’lib, glial tabiatli yassi xujayralar bilan qoplangan. Yumshoq parda miya tomirlariga qadap davom etib, subaraxnoidal bo’shliq davomi
bo’lmish perivaskulyar bo’shliqni hosil qiladi. Perivaskulyar bo’shliq arteriyalarining tebranish (puls) to’lqinlarini tenglashtiradi, modda almashinishida qatnashadi, yumshoq parda bilan ximoya ahamiyatiga ega.
Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling