Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish


Download 364.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana08.01.2022
Hajmi364.68 Kb.
#255046
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish

Moxsimon  tolalar  donador  qavatda  yaxshi  ko’rinadi,  bu  qavatda  dendritldar  bilan 

sinapslarni hosil qilib kuchli shoxlanadilar. Bunda bitta moxsimon tola ko’p donacha xujayralar 

va bir dona xujayra esa bir nechta moxsimon tolalar bilan kontaktlar hosil  qiladi. 

O’rmalovchi  tolalar  molekulyar  qavatga  o’gib  boradi  va  tok  o’simliklari  novdalari  kabi 

noksimon ganglioz xujayralar 

dendritlarini  o’rab  oladi.  O’rmalovchi  tolalar  qo’zg’alishni 

ayrim ganglioz xujayralarga o’tkazadi. 

Efferent  tolalar  noksimon  ganglioz  xujayralar  neyritlari  bo’lib,  qizil  yadroga      bulbar 

soxaning  ko’ruv  do’mboqchasiga  va  vestibulyar  nerv  yadrolariga  yetib  boruvchi  o’tkazuvchi 

yo’llarni xosil qilib, miyachaning yadrolari tugaydi. 

Tug’ilishga  yaqin  xam  miyachaning  rivojlanishi,  uning  neyrositlari,  mukammallashuvi  va 

tolalarning yetilishi tugamaydi. Neyrositlar mukammallashuvi bir yoshning oxirida yakunlanadi. 

2-3  yosh  davomida,  ayniqsa 5-11  oylikda miyachaning  intensiv o’sishi  kuzatiladi.  Miyacha  18 

yoshga qadar o’sadi, lekin bu jarayon sekin boradi. Balog’atga yetish davrida xam miyachaning 

o’sishi  xam  intensivlashadi.  Chaqaloqlarda  egatchalar  sust  rivojlanadi.  Tug’ilganda  miyacha 

yadrolari shakllangan bo’ladi. Po’stloq qavatlari yupqa va ichki donador qavatdan iborat:Tashqi 

donador  qavat  miyaning  yumshoq  pardasi  ortida  joylashadi  va  ichki  donador  qavat  katta 

yoshdagilarga  qaraganda  2-3  marta  yupqadir.  Tashqi  donador  qavat  3-11  oylik  bolalarda 

yo’qoladi.  Chaqaloqlarning  ganglioz  qavatidagi  noksimon  xujayralar  mayda  va  yetilmagan 

bo’ladi. Ularda tigroid modda kam. 

Dendritlari va shoxlari sust  rivojlangan. Yangi  shoxlarning  hosil  bo’lishi  va  sinapslar  sonining 

ko’payishi 8 yoshga borganda to’xtaydi. Ayniqsa bu jarayen 1 yosh davomida intensiv boradi. 

Molekulyar qavatning to’liq shakllanishi bir yosh davomida yakunlanadi. Donador qavatning 

shakllanishi  esa  tug’ilgandan  so’ng  bir  xafta  davomidayoq  tugaydi.  Miyachaning  afferent 

tolalari asosan tug’ilgandan so’ng paydo bo’ladi. O’rmalovchi tolalar 2-3 xaftada,moxsimogn  6 

oyga kelib, gliya esa 2 yoshga yetganda to’liq shakllanadi. 



Ko’prik.  Uzunchoq  miyaning  oldingi  sohasida  joylashadi.  Ko’prikning  kulrang  moddasi 

asosan  to’rtinchi  qorincha  tubida  joylashgan  eshitish,  yuz,  olib  ketuvchi  va  uch  tarmoqli  nerv 

yadrolari  sifatida  oq  modda  tarkibida  joylashadi.  Bundan  tashqari  ko’prik  soxasida  yuqorigi 

olivalar va uzunchoq miyaga yaqinroq, to’rsimon formasiya joylashadi. 

Oq modda yadrolar orasida ko’ndalang joylashgan tolalardan iborat. 


Download 364.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling