Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
MIYaChA.
Miyacha xarakatini nazorat etadi, tana muvozanatini, mushak tarangligini (tonusini) ta’minlaydi. Tashqarida joylashgan po’stloq va ichkaridagi oq moddadan tuzilgan. Miyacha po’stlogidagi xujayralar uch qavat bo’lib joylashadi: tashqi-molekulyar, o’rta ganglioz va ichki- donador. 1. Molekulyar qavatda noto’g’i yulduzsimon va ko’p burchakli savatsimon xujayralar joylashadi. Ularning uzun dendritlari kam shoxlanadi. Neyritlari miyacha yuzasiga parallel joylashadi.Uganglioz qavatda shoxlanib, savatlar hosil qilib, ganglioz xujayralarda tugaydi. 2. Ganglioz qavatda yirik noksimon shakldagi ganglioz xujayralar joylashadi. Ularning asoslaridan chiqqan o’simta donador qavatdan o’tib, oq moddaga yo’naladi. Yo’nalishi davomida xujayralar tanasi yaqinida neyritlardan shoxlar ajralib, ganglioz qavatga va molekulyar qavatning chuqur qatlamlariga xam o’tadi. Dendritlar odatda ikkita,molekulyar qavatga borib kuchli щoxlanadi va molekulyar qavat yuzasiga qadap yetib boradi. 3. Donador qavatda yirik yadroli uncha yirik bo’lmagan donacha xujayralar joylashadi.
Ularning ayrimlari miyachaning moxsimon tolalari bilan biriktiruvchi va shu qavatning o’zida shoxlanuvchi 3-4 dendrit tutadi. Neyritlari esa molekulyar qavatga o’tib T - simon shoxlanadi va shu yerdagi yulduzsimon va ganglioz xujayralar o’simtalari bilan kontakt hosil qiladi. Goldji xujayrasi ikkinchi xil xujayra bulib, oq moddaga o’tib ketuvchi uzun neyritga ega, dendritlari esa donador qavatda shoxlanadi. Duksimon xujayralar donador va ganglioz qavatlar orasida joylashadi. Ularning dendritlari gorizontal yo’nalib, ganlioz va donador qavatlarda tugaydi, neyritlari esa donador qavatda kollateralar xosil qilib, oq moddaga o’tib ketadi. Miyachadan affenrent va efferent tolalar o’gadi. Miyachaga afferent tolalar uch boshli nerv ko’prigidan va miya sonidan o’gadi, ular orasida opqa miya - miyacha tolalari ayniqsa ko’p bo’ladi. Afferent tolalar ikki guruxga ajratiladi: moxsimon va o’rmalovchi. Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling