Referat mavzu: Arduino платформаси асосида "Электроника нцтм-01" роботи манипуляторининг бошқариш тизими


Download 329 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi329 Kb.
#206123
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Реферат намуна


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

Fakultet: «Elektronika vaavtomatika»

«Mexatronika va robototexnika» kafedrasi









REFERAT
Mavzu: Arduino платформаси асосида “Электроника НЦТМ-01” роботи манипуляторининг бошқариш тизими

Guruh: 65M-20MR
Talaba: SODIQOV X.K.

O’qituvchi: NAZAROV X.

Toshkent 2021-y.

Reja:

Kirish

1. Электроника НЦТМ-10 robotining asosiy texnik ma’lumotlari va xarakteristikalari.

2. Manipulyator qurilmasi va ishlashi.

3. “Электроника НЦТМ-10” sanoat robotini dasturiy boshqarish ketma-ketligi.

Хulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royxati.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon yangi texnologiyalarida robotlar va robototexnik komplekslarni ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish maqsadida qo’llash dolzarb hisoblanadi.

Ishlab chiqarishda sanoat robotlari asosiy va yordamchi texnologik operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladi. Masalan: yig’uv, bo’yash, transport, yuklash, tushirish va shu kabi operatsiyalar misol bo’la oladi.

Ishlab chiqarish tarmoqlarida, robotlar va robototexnik tizimlarni qo‘llash yildan yilga oshib bormoqda. Ular yordamida yangi texnologik jarayonlar o‘zlashtirilrnoqda, odamlarni toliqtiradigan, bir xil og‘ir qo‘l mehnatidan, sog‘liq uchun zararli va xavfli ishlardan ozod qilinmoqdalar.

Robototexnik tizimlar va komplekslar odam uchun qiyin bo‘lgan, ayrim intellekt talab qilinadigan ishlarni ham bajarishlari mumkin. Robotlar va robototexnik tizimlar ishlab chiqarish texnikasining yangi turlari bo‘lib, turli sohalarda keng qo‘llanilmoqda.

Robotning turli xil avtomatik tizimlar va qurilmalardan asosiy farqi, unda odam harakatlariga o‘xshash harakatlar qila oladigan organning, ya’ni mexanik qo‘llar (manipulyatorlar) ning borligi va u yordamida robot tashqi muhitga ta’sir qilish imkoniyati borligidir. Robot odam o‘rniga turli xil manipulyatsiyalarni qila oladigan mashina–avtomatdir. Robotlar manipulyatorlar deb ataladigan mashinalar sinfiga kiradi. Manipulyatorlar – ko‘p zvenolardan iborat mexanizm bo‘lib, odam qo‘l harakatlarini imitatsiya qilishga mo‘ljallangan qurilmadir, u masofadan operator yoki programmali boshqarish tizimi tomonidan boshqariladi.

Ushbu referat ilmiy aktual savollar: robotlarning boshqarish tizimlari funksiyalarini o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, zamonaviy dastur orqali robot xarakatini boshqarish masalalariga bag’ishalngan.

Bu maqsadga yetish uchun referatda quyidagi vazifalar qo’yildi:


  1. Zamonaviy robototexnik tizimlarning analizi;

  2. “Электроника НЦТМ-10” robotini tashkil etuvchi qismlarini ko’rib chiqish;

  3. Robotning ishlash algoritmini yaratish;

  4. Boshqarish tizimi uchun dastur tuzish.


Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling