Referat mavzu: Bajardi: serjant


O‘pkani sun’iy nafas oldirish


Download 0.87 Mb.
bet3/7
Sana25.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1398178
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YURAK 2

O‘pkani sun’iy nafas oldirish
V-davr. O‘pkani sun’iy nafas oldirish. Xammaga ma’lumki, soglom odam chikarayotgan nafas tarkibida 16-18% kislorod bo‘lib, bu o‘z navbatida shikastlanganlarda konikarli gaz almashinuvini ta’minlaydi. Shuning uchun kritik xolatlarda SNO 1 minutiga 12 marta, chakaloklarga ogizdan - ogiz va burunga 1 minutiga 20 marta chastota bilan SNO beriladi. Estetik va gigienik jixatdan yukorida aytib o‘tilgan usullarni doka yoki dastro‘mol orkali o‘tkaziladi. Shu maksadda reanimatsiya uchun vositalar arsenalida T- yoki S- simon naylar, nafas xaltasi, “Ambu” tipidagi xalta, laringoskop bilan endotraxeal naylar mavjud.
S-davr.Circulation (aylanish) – bu atama kon aylanishni va yurak faoliyatini tiklash ma’nosini anglatadi. Yurakni to‘xtashi birlamchi yoki ikki lamchi xarakterda bo‘lishi mumkin. Korinchalar fibrillyatsiyasi (yoki asistoliya) kelib chikishida birlamchi xarakterda ko‘pincha yurak kasalliklari,dori vositalarini kiritish, chakmok yoki elektr tokining urishi sababchi bo‘ladi. Yurakning to‘xtashini ikkilamchi xarakteri odatda asfiksiya yoki kon ketishi bilan boglik.
Yurakning tashki massaji. Yurak massaji yordamida kon aylanishini tiklashga urinish XIX asrning o‘rtalarida bajarila boshlagan. Yurakning birinchi samarali massaji XX asrning boshida xloroform bilan zaxarlangan bemorning yuragi to‘xtaganda bajarilgan.Bu usulning moxiyati yurakni to‘sh suyagi va umurtkalar orasida yurakni kisish natijasida katta va kichik kon aylanish doiralarining yirik kon tomirlariga konni xaydashga asoslangan. Bunda to‘sh suyagini pastki va o‘rta uchliklari orasidagi nuktaga bosiladi, kattalarda ikki kaft bilan, bolalarda bitta kaft, chakaloklarda ikki barmok bilan bosiladi. Xarakatlar soni 60-80 ta, kichik bolalarda 120-100 tagacha bo‘lishi kerak.
Yurakning ichki massaji
Yurakning ichki massaji kuyidagi xolatlarda bajariladi: a) agar ko‘krak kafasi ochik bo‘lsa (operatsiya vaktida), b) yurak tamponadasi, plevra ichiga kon ketganda yoki pnevmotoraks bo‘lganda, v) agar ko‘krak kafasining keskin rivojlangan rigidligi yoki umurtka pogonasi va ko‘krak kafasi patologiyasi natijasida yurakning bilvosita massaji noeffektiv bo‘lganda, g) gipotermiya xolatida bo‘lgan bemorlarda defibrillyatsiyaning ketma-ket urinishlari natijasiz bo‘lib, yurakni isitish kerak bo‘lganda.
Yurakni tashki massajini SNO bilan birga olib boriladi, bunda agar bitta reanimator bo‘lsa 1:15 nisbatda, ikkita reanimator bo‘lganda 1:5 nisbatda kilinadi.
Drags-dori-darmon. Yukorida keltirilgan davrlar kasalxonadan tashkarida kilinsada. Bundan keyingi davrlar shifoxonada yoki statsionarda amalga oshirilishi kerak. Keyingi davrlarda miyaning va boshka muxim a’zolarning gipoksik shikastlanishini oldini olish maksadida mustakil kon aylanishni tiklash kerak. Buning uchun konga xar xil dorilar va suyukliklarni kiritish lozim.

Bunda kuyidagi kiritish yo‘llaridan foydalaniladi:


a) periferik venalarga kiritish.
b) o‘pka ichiga kiritish-ayrim medikamentoz preparatlarni venaga kiritib bo‘lmaganda traxeyaga kiritiladi. Bu usulda kiritilgan dori preparatlari alveolalar orkali, asosan intubatsion nayga kiritilgan aspiratsion kateter orkali traxeobronxeal daraxtga preparatni in’eksiya kilinganda tez so‘riladi. Bu preparatlarni eslab kolish uchun:

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling