Referat mavzu: Bajardi: serjant


ALKA : atropin, lidokain, kislorod, adrenalin. LADAN


Download 0.87 Mb.
bet4/7
Sana25.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1398178
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YURAK 2

ALKA : atropin, lidokain, kislorod, adrenalin.
LADAN : lidokain, adrenalin, diazepam (talvasalarda), atropin, naloksan (narkotik moddalarni ko‘p mikdor kabul kilganda).
Yukoridagi dorilar traxeal nay orkali 1-2 martalik vena ichi dozasi 10 ml sterillangan suvda eritib yuboriladi. Ammo natriy gidrokarbonat alveola va bronxlarning shillik kavatini shikastlashi xavfi bo‘lgani uchun traxeya ichiga kiritilmaydi.
v) yurak ichiga kiritish-o‘pka-yurak reanimatsiyasini o‘tkazishda, ko‘krak kafasi ochik bo‘lmaganda, dori vositalarini ko‘r-ko‘rona yurakka kirgizish tavsiya kilinmaydi, chunki bunda pnevmotoraks, koronar arteriyaning shikastlanishi va yurak massajini to‘xtatish xavfi rivojlanadi.Bundan tashkari agar preparatlar yurak bo‘shligiga emas, balki mushagiga tushsa, kuchli aritmiya sababli yurakning spontan kiskarishlarini tiklashga xalakit beradi.Adrenalinni yurak ichiga kiritish, vena ichiga yoki o‘pka ichiga kiritish iloji bo‘lmagandagina ruxsat etiladi. Uzun ingichka igna (masalan.№ 22) orkali V kovurga oraligiga parasternal nuktaga kiritiladi. Shpris orkali yurak bo‘shligidan kon erkin tortilgandagina preparatni kiritish kerak. Yurakning ochik massajida dori preparatlarini chap korincha bo‘shligiga kiritish xavfsiz va effektivdir. Odatda vena ichiga kiritiladigan dozaning yarmi ko‘llaniladi(adrenalin, kalsiy xlorid, antiaritmik vositalar). Natriy gidrokarbonatni yurak bo‘shligiga kiritish mumkin emas.
Asoratlari: Yurakning tashqi massaji qo‘pollik bilan o‘tkazilishi ko‘pincha qovurg‘alarning sinishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida plevral parda va o‘pkaning teshilishi, yurakning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Eslatma. Haddan tashqari kuch bilan bosilganda qovurg‘alarni va xanjarsimon o‘simtani sinishi kuzatilishi mumkin. Kam kuch bilan bosilganda qon aylanish doirasi bo‘yicha qon bosimini hosil qilishni ta’minlamaydi.
M
assaj jarayonida bosish joyini noto‘g‘ri tanlanishida (yurak emas, oshqozon ustini) oshqozonni bosilishi natijasida undagi ovqat massalarining qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqishi va nafas yo‘llariga, bronxlarga tushishi hamda jarohatlanganning o‘limiga sabab bo‘ladi.
To‘sh xanjarsimon o‘sig‘i usti qo‘pollik bilan qattiq bosilganda, oshqozon va jigarning yorilishini keltirib chiqarishi mumkin.







Yuqori nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklash



Eslatma: Quyidagi holatlarda yurakni bilvosita massaji ijobiy deb baholanadi:
- uyqu arteriyasida har bir bosishga javoban pulsatsiya aniqlansa;
- yelka arteriyasida 60-80 mm.sim.ust.ga teng arterial qon bosimi paydo bo‘lsa;
-sianoz tarqalib, ko‘z qorachiqlari torayib, ko‘z soqqasining harakati paydo bo‘la boshlasa.
Sun’iy nafas berishdan oldin yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda (yot jismlardan tashqari) til ildizi halqum orqa devoriga tegib qoladi (til ildizini halqum orqa devori ustida ushlab turuvchi pastki jag‘ va bo‘yin muskullari tonusi yo‘qolgach, til o‘z og‘irligi bilan tushib, halqum orqa devoriga tegib qoladi).
Buning uchun jarohatlanganning bo‘yni ostiga kiyim-kechaklari vositasida tayyorlangan yostiqcha qo‘yiladi. Boshni biroz orqaga engashtirib, pastki jag‘ oldinga suriladi va og‘iz ochiladi (Safar uchligi). Nafas o‘tkazuvchanligini ta’minlash uchun, qutqaruvchi qo‘liga toza doka yoki ro‘molcha o‘rab jarohatlanganning og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak, qusiq qoldiqlari va boshqa jismlardan tozalaydi.
Og‘iz biroz ochilib, shaxsiy gigienaga amal qilish maqsadida bint, doka, sochiq, dastro‘mol jabrlanganning og‘zi ustiga qo‘yiladi hamda bir marta kuch bilan nafas beriladi. Berilayotgan nafasni burun orqali chiqib ketmasligi uchun bir qo‘l bilan jarohatlanganning burni yopib turiladi. Nafas berish jarayonida qutqaruvchi nigohi bilan ko‘krak qafasini kuzatib turadi. Agar nafas to‘g‘ri berilayotgan bo‘lsa, jarohatlanganning o‘pkasiga havo kirayotganligi belgisi sifatida uning ko‘krak qafasi ko‘tariladi, nafas berish to‘xtatilganda esa o‘z holiga qaytadi.
Og‘izdan-og‘izga nafas oldirish amali qutqaruvchida gigienik noqulayliklarni vujudga keltiradi. Ushbu noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida nafas olish nayi ishlatiladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy mol-mulk ta’minotida S–simon shakldagi maxsus nafas oldirish nayi mavjud. U qattiq rezinadan tayyorlangan naydan iborat bo‘lib, o‘rtasida dumaloq to‘sig‘i (ajratgichi) bor.
Nafas oldirish nayi orqali nafas oldirishda ham, avval yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi ta’minlanishi zarur, ya’ni jarohatlanganning bo‘yni ostiga kiyim-kechaklari vositasida tayyorlangan yostiqcha qo‘yilib, boshni biroz orqaga engashtrib, pastki jag‘ oldinga suriladi. Qutqaruvchi qo‘liga toza doka yoki ro‘molcha o‘rab jarohatlanganning og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak, qusiq qoldiqlari va boshqa jismlardan tozalagandan keyin, nafas oldirish nayi jarohatlanganning og‘ziga kiritishda uning qayrilgan tomoni yuqoriga yo‘naltirib (tilning ustidan tanglayga) og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi. Kichik tilcha ro‘parasida uning qayrilgan uchi pastga buriladi va til ildiziga tomon yo‘naltiriladi. Nafas berish jarayonida qutqaruvchi nigohi bilan ko‘krak qafasining harakati kuzatib turadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling