Referat mavzu: Bajardi: serjant


Download 0.87 Mb.
bet7/7
Sana25.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1398178
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YURAK 2

Fibrillation (fibrillyatsiya)-korinchalar fibrillyatsiyasini yo‘kotish maksadida doimiy yoki uzlukli tokli elektrik defibrillyatorlar ko‘llaniladi,chunki mustakil defibrillyatsiya kamdan-kam xolatda yuzaga kelishi mumkin.
Tashki defibrillyatsion o‘tkazish uchun disk shakliga ega bo‘lgan elektrod bemorning chap kuragi ostiga kuyiladi, ikkinchi izolyatsiyalangan dastalisini esa ko‘krak kafasining yurak soxasiga bosilib, tokka ulanadi. Shuningdek izolyatsiyalangan dastali ikkita bir xil elektrodlar xam ko‘llaniladi. Bu xolatda elektrodlarning biri ko‘krak kafasining old yuzasida to‘sh suyagi dastasi ustiga, ikkinchisi esa – yurak cho‘kkisi soxasiga kuyiladi. Elektrodlar maxsus elektr o‘tkazuvchi pasta yoki natriy xloridning izotonik eritmasiga namlangan bir necha kavat doka bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Kuyishlarning oldini olish va yaxshi kontakt uchun elektrodlar bemorning tanasiga, ochik defibrillyatsiya xolatida esa yurakka zich yopishgan bo‘lishi kerak. Defibrillyatsiya vaktida atrofdagilar bemorga yoki operatsion stolga tegmasligi kerak. Agar korinchalar fibrillyatsiyasi paydo bo‘lganligi kayd kilingan bo‘lsa, uni boshlanganidan so‘ng 30-60 sekund davomida defibrillyatsiya kilish mumkin. Agar fibrillyatsiyaning boshlanish vakti kayd kilinmagan bo‘lsa, o‘pka-yurak reanimatsiyasidan so‘ng 2 minut o‘tgach defibrillyatsiya kilinishi kerak. Agar defibrillyatsiyaning birinchi urinishi samarasiz bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi yirik to‘lkinli defibrillyatsiya sharoitidagina kuchlanishni 10-15 % ga oshirib kilinadi. Aks xolda adrenalin va natriy gidrokarbonat kiritib, yurak tashki massaji va SNO yirik to‘lkinli xosil bo‘lguncha davom ettiriladi, shundan so‘nggina defibrillyatsiya kilinadi. Agar bu xolatda samarali defibrillyatsiya bo‘lmasa, vena ichiga lidokain (1 mg/kg) kilinadi, zarur bo‘lganda takrorlanadi.
Mustaxkam fibrillyatsiyada tez-tez seriyali, birin-ketin defibrillyatsiya, defibrillyatorning kayta zaryadlanish davrida yurak massaji bilan birga kilinadi.
III boskich. Xayotni uzok vakt ushlab turish. Miya faoliyatini tiklashga karatilgan postreanimatsion intensiv terapiyani o‘z ichiga oladi.
Jug - bemorning axvolini baxolash. Ma’lum sinamalar yordamida bemorning miya po‘stlogi zararlangan yoki zararlanmaganligi xakida bilish mumkin. Miya o‘limi rivojlanganlik belgilaridan asosiylari ko‘z korachigining kattalashishi, korachikning yoruglikka reaksiyasi bo‘lmasligi xisoblanadi.
Sovuk suv sinamasi – agar kulokka bir necha tomchi sovuk suv tomizilganda bemorning ko‘zida nistagm bo‘lsa, demak miya po‘stlogi tirik bo‘ladi.
Vena ichiga bemegrid kiritilib, EEG tushirilganda biopotesiallar paydo bo‘lsa, miya po‘stlogi tirikligidan dalolat beradi.
Shu narsani yodda tutish kerakki, reanimatsion chora-tadbirlarni to‘xtatish uchun bosh xakim o‘rinbosari, bo‘lim mudiri xamda davolovchi vrachlarning roziligi va imzosi bo‘lishi kerak.
Hipotermia - tana xaroratni tushirish. Bu xolatni miya xujayralarini ximoya kilish deb tushuntirish mumkin. Organizmda bo‘yrak, jigar, o‘pka, yurak faoliyati to‘xtasa xam o‘lim tezda yuzaga kelmaydi, ammo miya faoliyati bo‘lmasa organizmda o‘rtacha 5 dakikagacha klinik o‘lim orkali biologik o‘lim sodir bo‘ladi. Ma’lumki, yurak va o‘pka kislorodni miya xujayralariga yetkazib beradi, ammo bularning faoliyati bo‘lmasa miya xujayralarining kislorodga bo‘lgan talabini, muvozanat va modda almashinuvi tezligini xamda miya faoliyatini pasaytirish maksadida hipotermia o‘tkaziladi. Shu usul bilan biz 5 dakikani 30 dakikagacha uzaytirishimiz mumkin.
Intensiv therapia - miya faoliyatini tiklashga yo‘naltirilgan postreanimatsion intensiv terapiyanig vazifalari kuyidagicha:

  1. butun organizmni tirik kolishi maksadida nafas olish, yurak-kon tomir, metabolik, bo‘yrak va jigar-oshkozon-ichak faoliyatlarini optimallashtirish;

  2. miya neyronlarini tiklashga yo‘naltirilgan usulda uning faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazish (miya faoliyatini ushlab turishga karatilgan standart chora-tadbirlar);

  3. markaziy asab tizimini tiklash uchun ko‘shimcha reanimatsion chora-tadbirlarning kamchiliklari va ustunliklarini bemorlarda tekshirish, ularning ko‘pchiligi tortishuv ostida va xaligacha tajriba boskichida ko‘llanilmokda.



Adabiyotlar:

1.Avakov V.E. "Intensivnaya terapiya i reanimatsiya neotlojnыx sos­toyaniy". Tashkent.1992.
2.Bunatyan A.A. va boshkalar "Anesteziologiya i reanimatologiya"- M.1984.B.347-356

  1. A.P.Zilber.«Klinicheskaya fiziologiya v anesteziologii i reanimatologii». Moskva. 1984.

4.V.A.Negovskiy va boshkalar "Osnovы reanimatologii" Toshkent.1977.
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling