Referat mavzu: Baliq va baliq mahsulotlari Bajardi: Qodirov J
BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI
Download 368.03 Kb.
|
5-Мавзу. Baliq va baliq mahsulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1 Baliq va baliq mahsulotlari.
- Mineral moddalar
- Uglevodlar
BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI
Baliq va uni qayta ishlash mahsulotlari to’la qimmatli hayvon oqsillari manbai hisoblanadi. Baliq go’shti tarkibida oqsil, yog’, mineral moddalar, «A», «D» vitaminlari va boshqa moddalar bor. Baliq tarkibida 13-22 % oqsil, 0,4-33,5 % yog’, 3 % mineral moddalar, 46-84 % suv, «A», «D», «E», «K» vitaminlari bo’ladi. 4.1 Baliq va baliq mahsulotlari. Baliq go’shtining kimyoviy tarkibi uning tarkibiga suv, yog’, azotli va mineral moddalar, uglevod va vitaminlar saqlashi bilan xarakterlanadi. Baliq go’shtining kimyoviy tarkibi doimiy bo’lmaydi. U baliqning fizikaviy holati, yoshi, jinsi, yashash joyi, ovlash vaqti va boshqa atrof muhit sharoitiga bog’liq. Baliq go’shti tarkibida asosiy moddalar miqdori quyidagicha bo’lishi mumkin: suv 46,1-92,8 %, yog’ 0,1-33,8 %, azotli moddalar 5,2- 26,6 %, mineral moddalar 0,1-4,6 %. Baliq go’shti tarkibida azotli moddalar miqdori juda yuqori bo’lganligi uchun uning go’shti oqsilli oziq mahsuloti hisoblanadi. Oqsillar baliq go'shtining eng muhim tarkibiy qismidir. Ularning baliq go'shtidagi umumiy miqdori 8 dan 23% gacha. Asosan, bu barcha muhim aminokislotalarni (lizin, metionin, triptofan va boshqalar) o'z ichiga olgan to'laqimmatli oqsillardir, shuning uchun baliq oqsillarni ovqatlanishning eng muhim manbai hisoblanadi. Oqsilning hazm bo'lishi - 97%. Baliq go’shtida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarning hammasi (valin, gistidin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin) kiradi. Oqsilli moddalar tarkibiga, asosan, oddiy, albumin va globulinlardan iborat to’laqimmatli oqsillar kiradi. Globulinlar tipidagi oqsillardan miozin, aktin, aktomiozin, tropomiozinlar uchraydi. Bunday oqsillar tuzda eriydi va muskul xujayrasi miofibrillarini hosil qiladi. Albumin tipidagi oqsillar (miogen, globulin, mioglobulin, mioalbumin) sarkoplazmalar tarkibiga kiradi. Bunday oqsillar suvda eruvchan hisoblanadi. Bundan tashqari baliq go’shti tarkibida oqsili bo’lmagan azotli moddalar ham bo’ladi. Baliq go’shti tarkibidan bunday moddalarni suv yordamida ajratish juda oson. Shuning uchun ular ekstraktiv moddalar deb ataladi. Ekstraktiv moddalarning ahamiyati shundaki, bu moddalarning ba’zilari baliq go’shtigi maxsus ta’m va hid beradi, ishtaxani ochadi va organizmda ovqatning yaxshi hazm bo’lishiga yordam beradi. Ekstarktiv moddalarning eng ahamiyatlisiga trimetilaminoksid, kreatin, arginin, gistidin, karnozin, anserin ammiak, aminokislotalar va boshqalar kiradi. Baliqni saqlash paytida mikroorganizmlar tasirida va avtoliz jarayoni natijasida baliq go’shti tarkibida ekstraktiv moddalar miqdori ko’payadi. Bunday moddalarning ko’payishi mahsulot sifatining pasayishi va buzilishiga olib keladi. Shuning uchun baliq go’shtida qancha ekstraktiv moddalar kam bo’lsa, bunday baliq shunchalik parhezbop hisoblanadi. Yog’. Baliq go'shtidagi yog' 0,8 dan 30,3% gacha. Baliq tarkibidagi yog’ turli xil triglitseridlardan iborat. Hozirga qadar bunday triglitseridlar tarkibidan 25 dan ortiq yog’ kislotalari topilgan. Baliq yog’i inson organizmida oson hazm bo’ladi. Baliq yog’i tarkibida oz miqdorda fosfatidlar, sterin va steridlar, rang beruvchi moddalar bor. Xona haroratida baliq yog'i suyuq konsistentsiyaga ega. Uning erish nuqtasi 37 °S dan past. Bu baliq yog'ining yuqori hazm bo'lishini tushuntiradi. Yog'ning ozuqaviy qimmati A, D, E, K, P vitaminlari miqdori tufayli ortadi. Baliq yog'i qondagi xolesterinni kamaytirishga yordam beradi, shuning uchun u bolalar va parhez ovqatlanishda terapevtik dori sifatida ishlatiladi. Suvda eriydigan vitaminlardan baliq go'shtida B1, B2, B6, B12 vitaminlari mavjud. Mineral moddalar. Baliq go'shtidagi mineral moddalar taxminan 3% ni tashkil qiladi. Kaltsiy, fosfor, kaliy, natriy, magniy, oltingugurt, xlor va temir ustunlik qiladi. Mikroelementlar tarkibida mis, marganets, kobalt, rux, yod, brom, ftor va boshqalar mavjud. Baliq go’shti tarkibida turlicha mineral moddalar bo’ladi. Dengiz baliqlari minerallarning eng ko'p miqdori va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, yod va misga boy. Uglevodlar. Baliq go’shtida uglevodlar glikogen sifatida uchraydi. Uglevodlar baliq go’shtida unchalik ko’p bo’lmaydi. Lekin ular mahsulotning rangi, ta’mi va hidiga ta’sir ko’rsatadi. Vitamin. Baliq go’shti tarkibida turli xil vitaminlar bor. Yog’da eruvchan vitaminlardan «A» va «D» vitaminlari hamda «B1», «B2», «B6», «B12» kabi suvda eruvchan vitaminlar ko’proq uchraydi. Suv. Baliq tarkibida suv erkin va bog’langan holda uchraydi. Treska balig’ida bog’langan va erkin suvlar 1:3, cho’rtan baliqda 1:4 nisbatda bo’ladi. Hamma baliqlar yashash joyi va sharoitiga qarab 4 guruhga bo’linadi: Dengiz baliqlari-faqat dengiz suvida yashaydi va ko’payadi. Chuchuk suvda yashovchi baliqlar-faqat chuchuk suvda yashaydi va ko’payadi. Chala o’tkinchi-bunday baliqlar tuxum qo’yish davridan dengizdan chiqib, daryoning quyulish joylariga keladi va yana dengizga qaytadi. O’tkinchi – bular tuxum qo’yish vaqtida dengizdan daryoga o’tadi va tuxum qo’yish tugagach yana dengizga qaytadi. T ana tuzilishiga ko’ra: sersuyak baliqlar (sazan, seld, lesh), kamsuyak baliqlar (som, treska) va tog’aysimon suyakli baliqlar (osetr, sevryuga, beluga, щip) bo’ladi. Baliqlar osetrlar oilasi, lososlar oilasi, seld, karp, okun, treska va boshqa oilalarga ajratiladi. Quyida biz baliqlarning ba’zi bir asosiy oilalarining tavsiflari bilan tanishamiz. Download 368.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling