Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M
Burjua davlatlarining tashqi funksiyalari
Download 355.71 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat funktsiyalari
Burjua davlatlarining tashqi funksiyalari
1. Yirik va qudratli burjua davlatlarining o`z mamlakatini mudofaa qilish faoliyati dunyodagi butun kapitalistik tuzumni muhofaza qilish funksiyasiga aylandi. Shu maqsadda bizning asrimizda jahonning turli mintaqalarida harbiy, iqtisodiy bloklar, hamjamiyatlar barpo etildi, mazkur tizimni qo`riqdash butun davlatning umumiy ishi, deb tushunildi. NATO buning yaqqol ko`rinishidir. 2. Ming afsuski, kapitalistik davlatlar faqat mudofaa bilan shug`ullanmadi, balki bosqinchilik urushlari siyosatini ham olib borgan. Ularning aybi bilan XX asrning birinchi yarmida ikki marta o`ta dahshatli jahon urushi va lokal urushlar olib borilib, o`n millionlab insonlar qurbon bo`ldi. Bunda jahonda hukmron bo`lish, boshqa xalqdar boyligini egallash, gegemonizm g`oyalariga suyanib ish ko`rilgan. 3. Er sharida «sotsialistik» deb atalmish davlatlarning paydo bo`lishi va yashay boshlashi kapitalizmni qattiq tashvishga soldi, uning mustamlakachilik siyosatiga ketma-ket zarba bera boshladi. Shu boisdan ham ular boshqa davlatlardagi inqilobiy va milliy ozodlik harakatlarini bostirish funksiyasini ham bajara boshladilar. Hozir zamon o`zgardi, bu funksiyaga ehtiyoj ko`p jihatdan kamayib ketdi. Bugina emas, kapitalistik davlatlarning ishchilar va inqilobiy harakatdan, sotsialistik tuzum xavfidan «tashvishlanishi» etmish yillik davrdan keyin deyarli yo`qoldi. Insoniyat ming yillardan buyon tabiiy ravishda taraqqiy yetib kelgan yo`lga qayta kirib kelmoqda. Endi o`ylab qarasak, Rossiyada 1917 yildagi Oktyabr to`ntarishi g`ayritabiiy harakat bo`lganligi tobora aniq bo`lmoqda. To`g`ri, marksizm va sotsializm g`oyalari insoniyat rivojlanishidagi yaxshi hayot ramzi sifatida emas, balki millionlab kishilarning ogar turmushi, yaxshi yashash uchun qilgan orzu-umidlari natijasida yuzaga kelgandi. Sotsialistik inqilob, prolyetariat diktaturasi ana shunday go`zal va boy turmushga olib kelishi tasavvur etilar edi. Lekin bunday bo`lib chiqmadi. 70 yildan ortiqroq vaqt yashagan nihoyatda qudratli SSSR mustaqil davlatlarga tarqalib, bo`linib ketdi, sotsializm va kommunizm kurash nazariyasi va amaliyoti asrimizning 90-yillariga kelib barbod bo`ldi. Biroq sotsialistik davlat 1917 - 1991 yshsharda tarixda yashadi, qator funksiyalarni ozmi-ko`pmi amalga oshirib keldi 3[3][3]3 . Ularni qisqacha ko`rib o`tmaslik mumkin emas.
Download 355.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling