Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar
Jamiyat va uning siyosiy tuzumi rivojlana borishi oqibatida davlatning
funksiyalari tizimvda ham o`zgarishlar sodir bo`lib turgan, shu jumladan tamoman
yangi funksiyalar paydo bo`lgan. Bu holat keng ijtimoiy taraqqiyot sababli yuz
bergan. Tarixda qullar va quldorlar, krepostnoy dehqonlar va feodallar, yollanma
ishchilar va kapitalistlar bo`lganligini inkor yetish mumkin emas. Shu boisdan
quyida davlat funksiyalarini quldorlik, feodal, burjua (kapitalistik), sobiq SSSR
davlatlari misolida ko`rib o`tamiz.
Quldorlik davlatlarining quyidagi funksiyalari mav-jud bo`lganligini aslo
inkor yetish mumkin emas. S.Ayniyning «Qullar» romanida yozishicha, O`rta
Osiyoda hatto XVIII asrgacha qul bozorlari mavjud bo`lgan ekan. Qur`onda va
musulmon huquqining boshqa manbalarida qullarning mavjud bo`lganligi, ularning
huquqiy maqomi haqida ko`plab ma`lumotlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |