Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M
SSSRda davlatning ichki funksiyalari
Download 355.71 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat funktsiyalari
SSSRda davlatning ichki funksiyalari
1. Hokimiyatdan ag`darilgan sobiq ekspluatator sinflar qarshiligini bostirish. To`g`ri, ularning bir qismi mehnatkashlar safiga qo`shilib ketdi, qolganlari esa sinfiy kurash siyosati asosida, sotsialistik kurashlarga qarshilik ko`rsatayotganlar sifatida jismonan yo`q qilib yuborildi. Bugina emas, mehnatkashlar, davlat va jamoat arboblari safidan ham millionlab kishilar xalq dushmani, Vatan xoinlari sifatida bu kurashning qurboni bo`ldi. Umuman SSSR mazkur funksiyani «a`lo» darajada bajardi. YAgona sinf diktaturasi oqibati ana shu qonli fojialar bilan tugadi. 2. Sinfiy kurashdan qo`li bo`shagan paytda sovet davlati muhim xo`jalik- tashkilotchilik ishlarini ham olib bordi. Bunda davlat iqtisodiyotning deyarli hamma masalalarini qat`iy rejalashtirish, mablag` va resurslar bilan ta`min-lash siyosatini va amaliyotini olib bordi, xalq xo`jaligini boshqarishda ma`muriy-
3[3][3] Бу ҳақда батафсил қаралсин: Черноголовкин Н.В. Теория функций социалистического государства. М.Юрид. литература, 1970, 215-bet; Кутафин О.Е. Плановая деятелъностъ Советского государства. М.Юрид. литература, 1980, 239-bet; Загайнов Л.И. Экономические функции Советского государства. М.Юрид. литература, 1968, 263-bet; Давлат ва ҳуқуқ, назарияси. Дарслик, Тошкент, 1982, 106-108-betлар ва бошқалар.
buyruqbozlik usullari tufayli umumiy rivojlanish natijalari ham ancha sezilarli bo`ldi. Ishlab chiqarishda yagona davlat bankiga tushgan foydalar hisobiga keng doirada sanoatni, qurilishni, qishlok xo`jaligini jiddiy rivojlantirish uchun imkoniyat yaratildi. 3. Sovet davlati olib borgan madaniy-tarbiyaviy funksiya asosida savodxonlik ancha oshdi, ta`lim, san`at, adabiyot va dunyoviy fanlar rivojlandi. Biroq yagona mafkura ta`siri ostida tarixiy va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish qat`iy cheklandi. 4. Davlat mehnat va iste`mol me`yori ustidan nazorat olib bordi hamda aholiga boshqa ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirib turdi, ishsizlikka barham berildi. 5. Sotsialistik mulkni qo`riqlash funksiyasi. Uni davlat nihoyatda qattiqqo`llik bilan, 1932 yilda bu mulkni talon-toroj qilganlik uchun hatto o`lim jazosini joriy yetish, 1947 yildagi farmon bilan esa uni saqlab qolish bilan olib bordi. Chunki davlat (sotsialistik) mulkini qo`riqlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosi, deb tushunilar edi. Amalda ham shunday bo`lgandi. 6. Davlat rasman fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo`riqlash funksiyasini ham olib bordi. Biroq millionlab kishilarning qonuniy asoslarsiz yo`q qilib yuborilishi, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilishi bunday funksiyaning avj olishiga tamoman zid edi. 7. Sovet davlati tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza yetish bo`yicha ham tashkiliy-huquqiy tadbirlar belgilagan edi. Ammo bunda sezilarli natijalarga hali erishilmagandi. Aksincha, sovet tuzumi tabiatga ayovsiz ta-lafotlar yetkazdi.
Download 355.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling