Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


Download 355.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana02.01.2022
Hajmi355.71 Kb.
#193007
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
davlat funktsiyalari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 

 

 

REFERAT 

Mavzu:

 

DAVLAT FUNKSIYALARI 



 

 

Bajardi: Bobojonov M. 

 

 

 

 

 

Toshkent -2014


Davlat funksiyalari 

 

 

Reja:  

 

1. Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi 



 2. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga  ta`sir qiluvchi 

omillar 

 3. O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari 

                              


 

Davlat  funksiyalari  bilan  bog`liq  masalalarni  o`rganish  uning  mohiyati, 

jamiyatda  tutgan  o`rni  va  ijtimoiy  vazifasini  chuqurroq  bilib  olishga 

yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, 

deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir. 

Davlat  funksiyalari  uning  davri,  siyosati,  maqsadi,  vazifalari  va  faoliyati 

bilan chambarchas bog`langan. 

Avvalambor,  davlat  paydo  bo`lginidan  buyon  uning  rivojlanishida  ko`p 

davrlar  o`tgan.  Shunday  ekan,  jamiyat  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  davlat 

funksiyalarining  mazmuni  va  tizimi  ham  o`zgarib  boravergan.  Masalan,  ilk  bor 

davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi 

jihatdan  ancha  farq  qiladi.  Bu  holat  birinchi  navbatda  jamiyat  rivojlanishining 

mazkur  bosqichdagi  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolari  va  vazifalari  bilan 

bog`liq.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  masalan,  davlatning  hozirgi  davrda  tan 

olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik 

davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali  ehtiyoj  ham  bo`lmagan. U 

paytda  insonning  hayot  kechirishi  uchun  tabiiy  shart-sharoitlar  yetarli  va  zararsiz 

bo`lgan. 

Har  bir  davrda  davlat  o`z  oldiga  ma`lum  maqsadlarni  qo`yadi,  chunki  u 

ma`lum  guruhning  Yoki  butun  xalqning  manfaatini  ifodalaydi.  Masalan, 

davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish, 

huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik 

davlatlar  olga  surgan  butun  jahonga  hukmronlik  qilish  maqsadi  boshqa 

mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir. 

Davlatning  o`z  oldiga  qo`ygan  maqsadi  hamisha  ham  real  bo`lavermaydi. 

Masalan,  SSSRning  1977  yilgi  Konstitutsiyasida  shunday  deyilgan  edi:  «Sovet 

davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu 

jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). 

Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat 

negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari 




yotadi,  ya`ni  davlat  olib  boradigan  siyosat  oqibat-natijada  jamiyatning  real 

hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir. 

Davlatning  siyosatini  quyosh  nurlariga  o`xshatsa  bo`ladi.  Quyosh  o`z 

atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha 

ichki  va  tashqi  muammolari  yuzasidan  o`z  munosabatini,  qarashlarini, 

yondashuvlarini,  va  eng  muhimi,  o`zining  yaqin  va  uzoq  davrga  mo`ljallangan 

orzu-niyatlarini  ifodalab  turadi.  Chunonchi,  tinchliksevarlik  yo  bosqinchilik  Yoki 

o`z  mintaqasida  gegemonlik  uchun  harakatni  davlatning  siyosatiga  misol  qilib 

ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri 

ikkinchisini to`ldirib turadi. 

Davlatning  umumiy,  kelajakka  mo`ljallangan  siyosati  va  maqsadidan  uning 

muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq 

qilib,  hali  bajarilmagan  reja,  ado  etilishi  lozim  bo`lgan  topshiriq,  ko`rsatma, 

navbatdagi  ishlar,  tadbirlar  hisoblanadi.  Masalan,  O`zR  Konstitutsiyasining 

muqaddimasidagi  «fuqarolar  tinchligi  va  milliy  totuvligini  ta`minlash  maqsadi»ni 

ro`yobga  chiqarib  turish  uchun  O`zbekiston  davlatining  tegishli  organlari  qator 

tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. 

Davlat  oldida  turgan  bitta  vazifa  uning  bitta  funksiyasiga  hamisha  ham 

aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha 

funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning 

bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin. 

So`ngra,  har  bir  davlatning  maqsadi,  siyosati  hamda  vazifalarini  amalga 

oshirish  uchun  uning  o`zi  va  tegishli  organlari  zaruriy  vakolatlar  (huquq  va 

burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida 

mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni 

amalga  oshirish,  bajarish,  ado  yetish  esa,  o`z  navbatida,  davlatning,  uning 

idoralarining faoliyatini tashkil qiladi. 

Davlatning faoliyati, xuddi uning o`zidek, ob`yektiv xarakterga ega. Chunki 

davlatni keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo`lishini taqozo etuvchi 

zarurat  va  ehtiyojlar  uning  faoliyat  ko`rsatishini  talab  etadi,  aks  holda  u  o`zining 




tarixiy  tayinlanishini,  vazifalarini  hal  eta  olmaganligi  tufayli  yashashga,  harakat 

qilishga qodir bo`lmay qoladi. 

Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari 

chegarasini,  mazmunini  va  qolaversa,  ularning  butun  mohiyatini  belgilaydi.  Bu 

aralashuv  jamiyat  va  insonning  mazkur  bosqichdagi  talablari  darajasida  bo`lsa, 

demak, davlat  ijobiy  ahamiyatga  ega bo`lgan  qadriyatdir. Agar  davlat bu ishlarga 

ortiqcha  aralashsa,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  erkinlikni  chegaralab  qo`ysa,  hayotda 

salbiy  rol  o`ynaydi  va  totalitarizm  sari  qadam  qo`ygan  bo`ladi.  Shuning  bilan 

birgalikda  jamiyat  hayotining  ayrim  sohalaridagi  vazifalar  faqat  davlat  faoliyati 

orqaligina  hal  etiladi,  masalan,  mamlakatni  mudofaa  qilish,  huquqiy  tartibotni 

o`rnatish va qo`riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash kabilar. 

Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo`nalishlar)ga bo`linishi, yuqorida 

aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi. 

Funksiyalar  davlat  faoliyatining  shunchaki  to`plami,  arifmetik  yig`indisi 

emas.  Ular  davlat  faoliyatining  muhim,  asosan  yirik  sohalardagi  yo`nalishlaridan 

iborat.  Masalan,  iqtisodiyot,  ijtimoiy  hayot  Yoki  mamlakat  mudofaasi  sohalarida 

davlat  olib  borayotgan  ishlarni  alohida-alohida  asosiy  funksiyalar  sifatida 

ko`rsatish mumkin va lozim. 

Shunday  qilib,  davlat  funksiyalari  uning  siyosati,  maqsadi,  vazifalari  va 

vakolatlari  bilan  belgilanadigan  ma`lum  bosqich  (davr)dagi  faoliyatining  asosiy 

yo`nalishlaridir.  Mazkur  asosiy  funksiyalar  tarkibida  tagin  nisbatan  kichikroq 

yo`nalishlar  ham  bo`lishi  tabiiydir.  Masalan,  davlatning  hozirgi  zamondagi 

madaniy-tarbiyaviy  funksiyasi  tarkibida  insonlarni  ma`naviyat  yutuqyaari  asosida 

tarbiyalash  bitta  kichik  yo`nalish  bo`lsa,  fan  va  texnikani  taraqqiy  ettirish  - 

ikkinchi,  oliy,  o`rta  maxsus  va  umumta`lim  tizimini  rivojlantirish  -  uchinchi 

yo`nalishdir va hokazo. 

Bundan  tashqari,  har  bir  funksiya  qator  qismlardan  tarkib  topadi.  Buni 

aniqroq  tushunish  uchun  quyida  mudofaa  funksiyasini  misol  keltiramiz.  Mazkur 

funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo`riqlash 

chora-tadbirlarini  ko`rish,  qurolli  kuchlarni  shakllantirish  va  tarbiyalash,  ularni 




qurol-aslaha,  oziq-ovqat,  kiyim-kechak  bilan  ta`minlab  turish,  zarur  bo`lganda 

mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g`amxo`rlik 

qilish,  mudofaa  sohasidagi  ishlarga  rahbarlik  qilish  bo`yicha  davlat  organlarini 

tashkil 


yetish, 

harbiy-mudofaa 

haqidagi 

qonunlarni 

yaratish 

hamda 


takomillashtirish kabilar kiradi. 

Davlat  o`z  funksiyalarini  ado  yetish  uchun  qonun  chiqaruvchilik,  ijro 

etuvchilik  va  sudlov  faoliyatini  olib  boradi.  Davlat  o`z  funksiyalarini  amalga 

oshirishda  ishontirish,  rag`batlantirish  va  majbur  yetish  usullaridan  foydalanadi. 

Mazkur  shakllar  va  usullarning  qo`llanish  darajasi  davlat  funksiyalarining  hajmi, 

davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog`liq. 

Davlat  funksiyalarining  mohiyati,  mazmuni,  ayrim  bosqichlardagi 

xususiyatlari  ularni  tasniflashga  sabab  bo`ladi.  Davlatning  faoliyati  ob`yektiv 

bo`lgini  holda  uning  funksiyalarini  tasniflash  sub`yektiv  xususiyatga  ega.  Chunki 

funksiyalarni  tasniflash  olimlar  tomonidan  fanda,  nazariyada  amalga  oshiriladi. 

Shuning  uchun  ham  hatto  bir  davrdagi  funksiyalar  tasnifi  har  xil  ifodalanadi.  Bu 

fikrga  ishonish  uchun  davlat  va  huquq  nazariyasidan  yozilgan  3-4  ta  darslikni 

ko`rish kifoya. 

Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo`lish) davlatning mohiyatini 

chuqurroq  anglashga,  uning  jamiyat  taraqqiyotidagi  rolini  yaqqolroq  namoyish 

yetishga  ko`maklashadi.  Bunda  davlat  faoliyatining  ma`lum  bosqichdagi  bosh 

yo`nalishlari  (masalan,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tashqi  va  boshqa  sohalar)  belgilovchi 

asos qilib olinadi, albatta. 

Ilgari,  sovet  davrida  davlat  funksiyalarini  marksizmning  davlatning  tarixiy 

tiplari  to`g`risidaga  ta`limotiga  binoan  tasniflash  prinsipi  hukmron  edi.  Quldorlik 

va  feodalizm  tuzumida  aholining  bir  qismi  deyarli  huquqsiz  Yoki  chegaralangan 

doirada  huquqli  bo`lgan.  Bu  hol  davlatlarning  funksiyalarida  o`z  ifodasini 

topganligi  tabiiy  holdir.  Insoniyat  bosib  o`tgan  asosiy  davrlar  dalat  funksiyalarini 

tasniflash  ularning  muayyan    mazmun  va  tizimini  chuqurroq  anglashga  imkon 

beradi 

Quyida  davlat  funksiyalarini  tasniflashga  oid  ikkita  umumiy  holatni 




ta`kidlab  o`tmoq  darkor  ikkita  a)  Davlatning  ichki  va  tashqi  funksiyalari 

mavjudliga  hamma  olimlar  tomonidan  tan  olinadi.  Tashqi  funksiyalar 

ko`pincha  ichki  funksiyalarning  davomi  bo`lib    ulardan  kelib  chiqadi,  ularni 

to`ldiradi,  ayrim  hollarda  urush  paytida  ichki  funksiyalar  xam  mamlakatni 

mudofaa qilishga xizmat qilishi tushunarlidir.  

b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun 

tabaqalari  uchun  tegishli  bo`lgan  "umumiy  ishlar"  davlat  funksiyasi  mavjud 

etirof qilinmoqda

1[1][1]

. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo`rlik ishlatish quroli 

deb atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo`lgan. 

Jamiyat  rivojlanishining  kapitalistik  va  hohirgi  demokratik  bosqichlarida 

barcha  xozirgi  ijtimoiy  (sotsial)  bazasi  tubdan  kengayib,  aholining  hamma 

guruhlarini  o`z  ichiga  oladi,  ya`ni  ular  sinf  emas,  balki  butun  xalq,  millat 

manfaatiga  xizmat  qiladi.  Umuman  hamma  funksiyalarga  faqat  sinfiy  nuqtai 

nazardan  qarash  davlatning  jamiyatdagi  rolini  kamaytiradi  va  xolisona  bayon 

yetishga halaqit  beradi. 

Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o`ringa 

ko`tarishga  imkon  bermaydi.  Bu  funksiyaga  mamlakatni  mudofaa  qilish, huquqiy 

tartibotnmi  o`rnatish  va  muxofaza  qilish,  shu  jumladan  jinoyatchilikka  va 

huquqbuzarlikka  qarshi  kurash,  butun  millat,  xalq  manfaatlarini  ko`zlab  umumiy 

iqtisodiy  ,  ijtimoiy-madaniy  (g`oyaviy)  ishlar  olib  borish,  Sharqda  esa,  bulardan 

tashqari,  sug`orish  inshootlarining  davlat  yordami  bilan  bunyod  etilishi  kiritilishi 

mumkin. 


L.I.Spiridonov  mazkur  funksiyani  Yanada  keng  ma`noda  olib,  uning 

umuman  insonlarning  hayoti  va  faoliyati  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratib 

berishga  qaratilganligini  ta`kidlaydi.  Uning  fikricha,  bu  funksiya  tarkibiga 

kishilarning  hayoti,  soglig`i  va  normal  yashashi  uchun  zarur  bo`lgan  tabiiy 

sharoitlarni  ta`minlash;  ijtimoiy-madaniy,  iqtisodiy  va  siyosiy  shart-sharoitlarni 

ta`minlash bilan bog`liq davlat faoliyati kiradi

2[2][2]

Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo`lish imkoniyatiga ega. To`g`ri, 



                                                 

1[1][1]

 Спиридонов Л.И. Теория государства и права. Учебник Москва, 1995, 47-48-betлар. 

2[2][2]

 СпиридоновЛ.И.Теория государства и права. Учебник, Москва, 1995, 47-48-betлар. 



mazkur  ishlar  hozirgi  zamonda  davlatning  boshqa  funksiyalari  mazmunida  ham 

mavjud  va  ular  orqali  ham  amalga  oshirilmoqda.  Chunonchi,  demokratik 

O`zbekiston  Respublikasida  davlatning  barcha  funksiyalari  ayrim  sinflar  uchun 

emas,  balki  butun  xalqimiz  manfaatini  ko`zlab  amalga  oshirilmoqda.  Bunday 

natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. 

  


Download 355.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling