yuritish funksiyasi, deyish mumkin. Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki
qabilaning umumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya,
dehqonchilik ishlari sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar
qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari
oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ hujjatlarni qabul qilgan
va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni
tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar.
3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini
bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z
quldorlariga xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon
ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta.
4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida
tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan
asoslashga, qullar qo`zg`olonini jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga
harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik
davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng
foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: