Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


SSSRning tashqi funksiyalari


Download 355.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana02.01.2022
Hajmi355.71 Kb.
#193007
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
davlat funktsiyalari

SSSRning tashqi funksiyalari 

1.  Mamlakatni  mudofaa  qilish  funksiyasini  Sovet  davlati  chet  el 

intervensiyasi  va  grajdanlik  urushi  hamda  Ulug`  Vatan  urushi  davrida  ayniqsa 

yaxshi bajardi. 

2. Dunyodagi hukmron ikki ijtimoiy-siyosiy tizim paytida SSSR tinchlik va 

tinch-totuv yashash uchun kurashni ham davlat funksiyasi darajasiga ko`tardi. 

3.  Avvaliga  xalq  demokratik,  so`ngra  sotsialistik  davlatlar  bilan  hamma 



tomonlama  hamkorlik  olib  borish  SSSRning  muhim  tashqi  funksiyasi  edi.  Bunda 

Sovet  davlati  sotsializm  pozitsiyalarini  mustahkamlash  maqsadida  o`sha 

mamlakatlarga ko`p jihatdan bir tomonlama yordam ko`rsatib turdi. 

4.  Bunday  yordam,  ayniqsa,  mustamlakachilik  tuzumidan  ozod  bo`lgan 

davlatlarga nisbatan keng doirada olib borildi. 

5.  SSSR  ma`lum  doirada  kapitalistik  mamlakatlar  bilan  ham  hamkorlik 

funksiyasini bajargan. Biroq bunda mafkuraviy to`siqlar halaqit berar edi. 

SSSRda  davlat  bajargan  ichki  va  tashqi  funksiyalarning  ijobiy  va  salbiy 

natijalari mavjud. Ular kelajakda Yanada aniq-ravshan bo`lajak. Biroq shuni aytish 

lozimki,  SSSRning  tarqalib  kyetishida  milliy,  milliy-davlat  munosabatlaridagi 

nuqsonlar beyagalovchi ahamiyatga ega bo`ldi. 

Shu  bilan  birga  ta`kidlab  o`tish  lozimki,  davlatning  ichki  va  tashqi 

funksiyalari tizimi, mohiyati va mazmuniga insoniyat bosib o`tgan har bir davrning 

ijtimoiy,  iqtisodiy,  tashqi  va  madaniy  ahvoli,  vazifalari,  hokimiyatning  kimlar 

qo`lida  bo`lganligi,  demokratik  rejim  yoxud  fashistik  tartib-qoidalar  bo`lganligi, 

xalqaro vaziyat, hatto tabiiy shart-sharoitlar ham o`zining ta`sirini o`tkazib kelgan. 

Chunonchi,  quldorlik  va  feodalizm  dav-rlarida  aholi  bir  qismi  huquqlarining 

cheklanganligi,  kimlarningdir  manfaatlari  ustun  darajada  ifodalanganligi  o`sha 

paytdagi  davlatlar  funksiyalarining  mohiyatini  ko`rsatib  turibdi.  Jamiyatdagi 

hukmron mulkchilik shakllarini muhofaza qilish esa barcha davlatlarning tabiatini 

xarakterlovchi  funksiyalardir.  Yana  bir  mi-sol.  Kishilik  jamiyati  olga  borgan  sari 

uning  tabiiy  boyliklari  hajmi  qisqara  borgan,  jamiyatni  rivojlantirishda  yangi 

vazifalar kelib chiqqan. Natijada fan va texnikani taraqqiy ettirish davlat funksiyasi 

XX  asrda  yuzaga  keldi.  Shu  fikrni  tabiat  boyliklarini  va  atrof  muhitni  qo`riqlash 

funksiyasiga nisbatan ham dadil ay-tish mumkin. O`z navbatida, insonlar dunyoviy 

bilimlarining  o`sishi  ularda  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish,  hozirgi  davr 

madaniyati-ma`naviyati ruhida tarbiyalash funksiyasini keltirib chiqardi. 

Jahonda  mamlakatlararo  urush  munosabatlarining  keskin  yumshashi 

davlatlarning  mudofaa  uchun  qiladigan  xarajatlarini  kamaytirishga  imkon  beradi 

Yoki  davlatlararo  aloqalarning  mustahkamlanishi  ularning  o`zaro  va  xalqaro 




hamkorlik olib borish funksiyasini avj oldirish uchun keng asos yaratadi. So`ngra, 

xalqning  modtsiy  va  madaniy  farovonligi  o`sishi,  huquqiy  madaniyatning 

yuksalishi,  o`z  navbatida,  huquq-tartibotni  qo`riqlash  funksiyasiga  ijobiy  ta`sir 

o`tkazib  turadi.  Xalqaro  tashkilotlarning  mustahkamlanishi,  ular  mavqeining 

o`sishi  bosqinchilik  urushlarining  oldini  olishga  jiddiy  ijobiy  ta`sir  o`tkazadi  va 

hokazo. 


Hozirgi  demokratik,  shu  jumladan  mustaqillikka  erishgan  davlatlarning 

funksiyalari ham o`ziga xos xususiyatlariga ega. 




Download 355.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling