Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari


Download 355.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana02.01.2022
Hajmi355.71 Kb.
#193007
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
davlat funktsiyalari

O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari 

1.  Mamlakatning  mudofaasi  va  milliy  xavfsizligini  ta`minlash.  Endilikda 

mazkur  funksiyani  bevosita  bajarish  uchun  davlatning  qator  organlari  va  o`z 

Qurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur qurol-

aslaha  va  boshqa  moddiy-texnika  vositalari  bilan  ta`minlash  ushbu  funksiya 




tarkibida muhim o`rin egallaydi. 

2.  YAqin  va  uzoq  davlatlar  bilan  turli  sohalarda  o`zaro  manfaatdorlik 

asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu  - yangi funksiya. Biroq qisqa 

davr  ichida  O`zbekiston  dunyoning  ko`p  davlatlari  tomonidan  rasman  tan  olindi, 

ular  bilan  har  xil  shakllarda  aloqalar,  diplomatik  munosabatlar  o`rnatildi,  ikki 

tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko`pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik 

olib  borish  O`zbekistonning  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  taraqqiyotida  muhim 

ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko`rsatuvchi 

davlat  organla-ri  va  idoralarini  tuzish,  ularni  munosib  xodimlar  bilan 

mustahkamlash jiddiy rol o`ynaydi. 

Respublikamizning  yuqorida  sanab  o`tilgan  funksiyalarini  bajarish  uchun 

davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor, 

davlat  organlari  shakllanishining  demokratik  asoslarini  mustahkamlash,  qonun  va 

boshqa  normativ  huquqiy  hujjatlarda  davlat  apparati  vakolatlarini  qat`iy  belgilab 

qo`yish,  boshqaruv  organlari  tizimini  iqtisodiyotda  bozor  munosabatlari 

xususiyatlari,  talablariga  binoan  qayta  tashkil  yetish  va  uning  huquqiy  maqomini 

belgilash ko`zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda 

jamoa  (ommaviy)  va  xususiy  boshqaruv  unsurlari  paydo  bo`lmoqda.  YAngi  davr 

vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta 

tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi. 

Shunday  qilib, davrlar  o`ta borishi bilan  davlatning  funksiyalari  tizimi  ham 

o`zgarib  boraveradi.  Umuman  davlat  bor  ekan,  u  ma`lum  funksiyalarni  bajarib 

turadi, aks holda  uning  mavjudligi  hech bir  ma`noga ega bo`lmay  qoladi, albatta. 

Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada 

bo`lishi  mumkin.  Bu,  so`zsiz,  ko`pgina  omillarga,  shu  jumladan,  davlatning 

moddiy-iqtisodiy  imkoniyatlariga,  demokratik  tartibga,  ichki  va  tashqi  vaziyatga 

bog`liq bo`lishi tabiiy holdir. 

Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo`lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati 

tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o`sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi 

va  ular  jamiyatning  o`zini  o`zi  boshqaruvchi  sub`yektlari  zimmasiga  ma`lum  o` 




zgarishlar bilan  yuklanadi.  Bu haqda  uzil-kesil va batafsil xulosa  chiqarishga  hali 

erta,  ammo  jamiyatning  o`sha  yuqori  darajadagi  taraqqiyotiga  erishilgan  sari 

mazkur  muammo  tobora  oydinlashib  boradi,  insoniyat  rivojlanishi  esa  uzoq 

kelajakda o`sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir. 

 

1)  Davlat qanday funksiyalarga bo`linadi ? 



A) Ishtimoiy-siyosiy.             B) Ichki-tashqi. 

C) Siyosiy-iqtisodiy.              D) To`g`ri javob yo`q. 

 

2)  Quydagilardan qaysi davlatning ichki va tashqi funksiyalariga kiradi. 



A) Iqtsodiy-ishtimaoiy         B)Siyosiy-Ma`naviy. 

B) Molyaviy-qo`riqlash      D) Barchasi to`g`ri. 

 

3)  Regulyativ bu  - ? 



A) Tartibga solish.                    B) Boshqarish. 

C) Mustamlakaga aylantirish.   D) A va B javob to`g`ri. 

 

4)  Davlatning iqtisodiy funksiyasi bu – 



A) Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va jamiyat iqtisodiy faolyatiga ta`sir  

Etish. 


B) Iqsodiyotning davlat sektorini boshqarish. 

C) Bozor munosabatlarining huquqiy asosini o`rnatish va narx-navo 

Munosabatlarini belgilash. 

D) A,B va C javoblar to`g`ri. 

 

5)  Molyaviy funksiyaning vazifalari bular – 



A) Soliq to`plash            B) Bojxona nazorati. 

C)Molyaviy nazorat.      D) Barchasi to`g`ri.    



 

Download 355.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling