Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M
Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari
Download 355.71 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat funktsiyalari
Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari
1. Kapitalistik xo`jalik tizimini va xususiy mulkchilikni muhofaza yetish. Ushbu funksiya barcha davlat apparati faoliyatida, huquqiy hujjatlarda o`z ifodasini topadi. 2. Kapitalistik munosabatlar chuqurlasha borgan sari burjua davlatlari inqilobiy va ishchilar harakatini bostirish funksiyasini ham bajarib boraveradi. Chunki ishchilar va dehqonlar mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlarini ifodalay boshladi va xususiy mulkchilikka, ekspluatatsiyaga qarshi kurash ochdilar. Shunday ekan, burjua davlati bunday harakatlarni bostirib kelaverdi. 3. Butun xalq ommasini davrning hukmron mafkurasi ruhida tarbiyalash. Bu funksiyani amalga oshirishda burjua davlati radio, televidenie, matbuot, madaniy-
oqartuv muassasalari xizmatidan keng foydalanadi. 4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kapitalistik munosabatlar monopolistik bosqichga kirdi. Monopolizm o`z ta`sirini davlat siyosatiga ham o`tkazdi. Natijada davlatning monopolistik kapital manfaatlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni huquqiy tartibga solib turish funksiyasi paydo bo`ldi. Bunga ko`ra davlat iqtisodiyotda o`z (sektorini vujudga keltirdi. Uzoqqa mo`ljallangan iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish va mablag`lar bilan ta`minlash kabi choralarni belgilaydi. Ayni paytda bu davlatlar fan, texnika taraqqiyotini ta`minlashga, tabiatni muhofaza yetishga ham befarq emas. 5. Kapitalistik davlatlar aholiga xizmat ko`rsatish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi ko`rash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini qo`riqlash funksiyasini ham bajarmoqda. Download 355.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling