Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


SSSRda davlatning ichki funksiyalari


Download 355.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana02.01.2022
Hajmi355.71 Kb.
#193007
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
davlat funktsiyalari

SSSRda davlatning ichki funksiyalari 

1. Hokimiyatdan ag`darilgan sobiq ekspluatator sinflar qarshiligini bostirish. 

To`g`ri,  ularning  bir  qismi  mehnatkashlar  safiga  qo`shilib  ketdi,  qolganlari  esa 

sinfiy  kurash  siyosati  asosida,  sotsialistik  kurashlarga  qarshilik  ko`rsatayotganlar 

sifatida  jismonan  yo`q  qilib  yuborildi.  Bugina  emas,  mehnatkashlar,  davlat  va 

jamoat  arboblari  safidan  ham  millionlab  kishilar  xalq  dushmani,  Vatan  xoinlari 

sifatida  bu  kurashning  qurboni  bo`ldi.  Umuman  SSSR  mazkur  funksiyani  «a`lo» 

darajada  bajardi.  YAgona  sinf  diktaturasi  oqibati  ana  shu  qonli  fojialar  bilan 

tugadi. 

2.  Sinfiy  kurashdan  qo`li  bo`shagan  paytda  sovet  davlati  muhim  xo`jalik-

tashkilotchilik  ishlarini  ham  olib  bordi.  Bunda  davlat  iqtisodiyotning  deyarli 

hamma  masalalarini  qat`iy  rejalashtirish,  mablag`  va  resurslar  bilan  ta`min-lash 

siyosatini  va  amaliyotini  olib  bordi,  xalq  xo`jaligini  boshqarishda  ma`muriy-

                                                 

3[3][3]

 Бу ҳақда батафсил қаралсин: Черноголовкин Н.В. Теория функций социалистического государства. 

М.Юрид. литература, 1970, 215-bet; Кутафин О.Е. Плановая деятелъностъ Советского государства. М.Юрид. 

литература, 1980, 239-bet; Загайнов Л.И. Экономические функции Советского государства. М.Юрид. 

литература, 1968, 263-bet; Давлат ва ҳуқуқ, назарияси. Дарслик, Тошкент, 1982, 106-108-betлар ва бошқалар. 



buyruqbozlik  usullari  tufayli  umumiy  rivojlanish  natijalari  ham  ancha  sezilarli 

bo`ldi.  Ishlab  chiqarishda  yagona  davlat  bankiga  tushgan  foydalar  hisobiga  keng 

doirada  sanoatni,  qurilishni,  qishlok  xo`jaligini  jiddiy  rivojlantirish  uchun 

imkoniyat yaratildi. 

3.  Sovet  davlati  olib  borgan  madaniy-tarbiyaviy  funksiya  asosida 

savodxonlik  ancha  oshdi,  ta`lim,  san`at,  adabiyot  va  dunyoviy  fanlar  rivojlandi. 

Biroq  yagona  mafkura  ta`siri  ostida  tarixiy  va  milliy  hamda  umuminsoniy 

qadriyatlardan foydalanish qat`iy cheklandi. 

4.  Davlat  mehnat  va  iste`mol  me`yori  ustidan  nazorat  olib  bordi  hamda 

aholiga  boshqa  ijtimoiy  xizmatlar  ko`rsatish  bo`yicha  tadbirlarni  amalga  oshirib 

turdi, ishsizlikka barham berildi. 

5.  Sotsialistik  mulkni  qo`riqlash  funksiyasi.  Uni  davlat  nihoyatda 

qattiqqo`llik  bilan,  1932  yilda  bu  mulkni  talon-toroj  qilganlik  uchun  hatto  o`lim 

jazosini  joriy  yetish,  1947  yildagi  farmon  bilan  esa  uni  saqlab  qolish  bilan  olib 

bordi.  Chunki  davlat  (sotsialistik)  mulkini  qo`riqlash  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishning asosi, deb tushunilar edi. Amalda ham shunday bo`lgandi. 

6.  Davlat  rasman  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  qo`riqlash 

funksiyasini ham olib bordi. Biroq millionlab kishilarning qonuniy asoslarsiz yo`q 

qilib  yuborilishi,  uzoq  muddatlarga  ozodlikdan  mahrum  etilishi  bunday 

funksiyaning avj olishiga tamoman zid edi. 

7. Sovet davlati tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza yetish bo`yicha 

ham  tashkiliy-huquqiy  tadbirlar  belgilagan  edi.  Ammo  bunda  sezilarli  natijalarga 

hali erishilmagandi. Aksincha, sovet tuzumi tabiatga ayovsiz ta-lafotlar yetkazdi. 


Download 355.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling