Referat mavzu: Internatdan samarali foydalanish
Internet hizmatlarining shakllari
Download 235 Kb.
|
internet
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Intеrnеt bilan ishlash
4.1. Internet hizmatlarining shakllari
Internetda ko`rsatiladigan tarmoq hizmatlari asosan quyidagilardir: - axborot uzatish tarmoq tizimlari (FTP, GOPHER); -axborot qidirish tizimlari (Yahoo, Lycos, Alta vista, Rambler va boshqalar); - kommunikatsion hizmat, telekonferensiyalar (E-mail, Telnet, UseNet va boshqalar); - multimedia va informatsion tizimlar (Word Wide Web); FTP (File Transfer Protocol) fayllarni uzatish protokoliga asoslangan axborot hizmati Internetda birinchi yaratilgan tizimlardan hisoblanadi. FTP tarmoq bo`yicha istalgan shakldagi fayllarni yuborishi mumkin. Gopher ham Internetning axborot tizimi hisoblanadi. Gopherning afzalligi shundaki, u foydalanuvchi ulangan Gopher – serverdagi menyuga kirib tanlangan punkti bo`yicha Internetning boshqa Gopher – serverlariga yuborishi mumkin. Internetda turli hildaga qidirish tizimlari yaratilgan bo`lib, bu tizimlarning asosiy maqsadi kerakli axborotlarni oson va qulay usulda topib berishdir. Elektron pochta aniq kompyuter adresi bo`yicha bir-biridan turli xil masofada bo`lgan foydalanuchilar orasida tez ulanish va katta hajmdagi axborotlar bilan almashish imkoniyatini beradi. Internetda telekonferensiya tarqoq holda joylashgan ko`p foydalanuvchilarni o`zaro uzluksiz muloqot ilishi uchun mo`ljallangan tizimdir. UseNet Internetdan foydalanuchilar uchun telekonferensiya deb nomlangan guruhiy munozaralarda ishtirok etish imkoniyatini yaratuvchi tizimdir. Resurslarning adreslari Internetdan axborot olish “kaliti” hisoblanadi. -8-
Foydalanuvchi kerakli joyga electron po`chta orqali habar yuborishi lozim bo`lsa shu joyning manzilini ko`rsatishi lozim. 4.2. Intеrnеt bilan ishlash HTML va boshqa programma vositalari yordamida tayyorlangan Web sahifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlab chiqilgan bo`lib, bunday programmalar brauzеr programmalar dеb ataladi. Hozirda bir nеcha shunday programmalar ishlab chiqilgan bo`lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko`rishni turlicha tahrir qiladilar. Brauzеr programmalar orasida kеng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator programmalaridir. Birinchi programma tеkinga bеrilsa (albatta, Windows litsеnzion programmasi mavjud bo`lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan programmadir. Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to`xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko`rishning yuksak quroliga aylandi. U Windows da brauzеr emas, hatto shaxrlovchi dеb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa programma vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda sharxlab bеrishidadir. Shunday qilib, brauzеrning asosiy vazifasi URL adrеslarda joylashgan Web sahifalarni kompyutеrga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda monitor ekranida ko`rsatib bеrishdir. Intеrnеt bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. -9-
Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning programma mеnyusidan yoki bеvosita ish stolidan kompyutеrga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo`ladi (2- rasm). INTERNETning ba'zi foydali manzillari ro’yhati http://www.w3.org- intеrnеtning rasmiy hujjatlar saqlanadigan sеrvеri, hususan, siz bu еrda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna vеrsiyalari bayonini, intеrnеt ishi masalalari muhokama qilingan konfеrеntsiya (anjuman)larga murojaatlarni, global kompyutеr tarmog`ining boshqa manbaalariga murojaatlarini topasiz. http://www.tsau.uz. Bu Toshkеnt Davlat Agrar Univеrsitеti sayti bo`lib, undan univеrsitеt xaqida to`liq ma'lumot olishingiz mumkin. http://www.machaon.ru/digest/. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada intеrnеtda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz. http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда ishlab chiqaruvchi kompaniya -larning WWW adrеslar ko`rsatilgan. HTML muharrirlarining ro`yxati. Bunda erkin tarqatiladigan programmalarni ko`rsatilgan sеrvеrlardan yuklab olishingiz mumkin. http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html - HTML doktori. HTML hujjat tuzilishi, jadvallar, formatlarning to`g`riligi, murojaatlarning haqiqiyligini tеkshiradi. Masalan: rasmga mavjud bo`lmagan murojaat ishlatiladi yoki ochiluvchi va yopiluvchi teglar soni tеng emas. Bu holda programma xato qilingan hujjat satrining nomеrini ma'lum qiladi. Http://www.javasoft.com/ - Java programmalari ta'minotining sеrvеri. http://www.javaword.com/javaword/javatips/jwjavatips/index.html. Bu еrda qiziqarli Java aplеtlarni topish mumkin. -10- http://www.neystadt.org/winnt/site.htmda ma'lumot sеrvеrini Windows NT asosida tashkil qilishning asosiy printsiplari haqida еtarlicha katta hajmdagi maqola taqdim etilgan. Http://www.halyava.ru/ - 500 kilobaytli bеpul WWW sahifalari. To`lov sifatida har bir sahifaga sеrvеr tomonidan tashkil qilingan rеklama kiritiladi.Pochta qutisi havola qilinadi. Http://www.yi.com,http://www.geosites.com, http://www.freeyellow.com pochta qutisi havola qilinishi bilan http://www.Vibor.ru sahifa o`lchovi 2 Mb gacha bo`lishi mumkin. Http://www/i - connect.ru sahifa o`lchami 2 Mb gacha bo`lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi. Http://www.chat.ru sahifa o`lchami 3 Mb gacha bo`lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi. Http://www.real.com/. Bu sеrvеr Internet orqali “jonli” va vidеo uzatish muammolariga bag’ishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va vidеo ko`rishni xohlovchilar uchun juda ko`p tavsiyalarni o`z ichiga olgan Bugungi kunda dunyo ahlining aksariyat qismi Internetdan foydalanmoqda. Inson va jamiyat bir joyda turmaydi, doim oʼzgarib boradi, biz yashab turgan hozirgi vaqtni globallashuv davri deb nomlanishi odatiy holat boʼlib ulgurgan. Maʼlumotlar uzatish vositalarining rivojlanishi barcha davlatlar kiritilgan yagona axborot tizimini yaratilishiga xizmat qildi. Аynan Internet tufayli lokal axborot tarmoqlari yagona global tarmogʼiga birlashadi. Ushbu sohaning rivojlanishiga respublikamiz Rahbariyati tomonidan ham katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab oʼtish muhim. Jumladan, respublikada axborot-kommunikatsiyalar tizimi va texnologiyalarini rivojlantirish ishlarining ahvoli, bu sohadagi islohotlarni yanada jadallashtirish yuzasidan 2018 yil 9 yanvarь kuni Oʼzbekiston Prezidenti huzurida majlis oʼtkazildi. Ushbu yigʼilishda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlari hisobot berdilar. Majlisda belgilangan vazifalarni toʼliq va muddatida bajarish, jumladan Internet tezligini keskin oshirish va sifatini yaxshilash, mobil xizmat turlarini koʼpaytirish, xalqaro yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalari bilan aloqalarni kuchaytirish, “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash boʼyicha tegishli topshiriqlar berildi. Oʼzbekistonda Internetga ulash xizmatini koʼrsatish boʼyicha raqobatbardosh muhit mavjud emasligi hamda shimoliy, yaʼni Qozogʼiston Rossiya internet-kanaliga bogʼliq boʼlgan vaziyat yuzaga kelganligi sabab Internetga ulanish MDH davlatlarinikiga nisbatan ancha sekin va qimmat hisoblanadi. Ushbu muammoni Oʼzbekiston yangi tashqi kanallar ochish evaziga hal qilishni moʼjallamoqda. Internetga ulanish tezligining oshishi va barqarorligining oʼsishiga Turkmaniston, Eron, Qirgʼiziston va Xitoy davlatlari orqali yangi tashqi kanallar ochish orqali erishish koʼzda tutilmoqda -11- . Shu yilning oxirigacha ushbu davlatlarning milliy operatorlari bilan kanallarni ijaraga olish va sotib olish toʼgʼrisidagi kelishuvlar imzolanadi. Bunda, shimoliy yoʼnalishdagi kanaldan voz kechish toʼgʼrisida hech kim fikr yuritayotgani yoʼq, shunchaki u qatori, aholining ehtiyojlarini qoplaydigan yangi qoʼshimcha kanallar paydo boʼladi. Аynan shu ishlarning amalga oshishi mamlakatimizda Internetning yuqori tezligini va uni ancha arzon boʼlishini taʼminlaydi. Biroq, ushbu ishlar yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Hoʼsh hozirchi, bugungi kunda milliy Internet makonimizda ishlash darajasi qay ahvolda? Undagi resurslardan oqilona va unumli foydalana olyapmizi? Internetdan foydalanish madaniyati ongimizda nechogʼlik shakllanib ulgurgan? Internet deb atalmish bu “bilimlar ummonida” qanday ulkan imkoniyatlar mavjud ekanligidan oʼzimizning va bolalarimizning qanchalik xabarimiz bor? Internetga bir buzgʼunchi va yot gʼoyalarni targʼib qiluvchi hamda jinoyat olamiga yetaklovchi “balo”ga qaraganday qarab, ha deganda bolalarimizga Internetga kirishga taqiq qoʼyavermasdan, avval ota-onalar undagi foydali va zararli tomonlarni farqlashni, ajrata olishni oʼrganishimiz zarur va muhim. Аna undan soʼng farzandlarimizga u yoki bu resurs yohud ijtimoiy tarmoq ularga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkizishi mumkinligi, boshqalari esa maʼnaviyatini, bilim va koʼnikmalarini oshirishga yordam berishi haqida tushuntirishimiz darkor. Buning ustiga Inetrnetda shunday saytlar borki, ularda biznes ochish yoʼllari va shunga oʼxshash boshqa koʼplab foydali resurslarga toʼlib-toshib yotibdi. Bir soʼz bilan aytganda, Internet pul topishning bepoyon imkoniyatlari manbasidir. Аgar shularni hammasini yotigʼi bilan farzandlarimizga tushuntirib bera olsak, yoshligidan Internetning tegishli resurslaridan toʼgʼri foydalangan holda oʼz kuchi bilan daromad topa olishi mumkinligini singdirib borsak, bolalarimizda vaqtini bekor oʼtkazmasdan, oʼz ota-onasiga tushayotgan ogʼirligini kamaytirib borib, oila byudjetiga oʼzining ham ulushini qoʼshish istagi paydo boʼladi. Maʼlumot uchun eslatib oʼtamiz, ulgʼayib kelayotgan yosh avlodga Internet tarmogʼida qulay, xavfsiz muhit yaratish, taʼlim va bilim beruvchi resurslardan yagona nuqtadan foydalanishlarini tashkil qilish orqali sogʼliklari va rivojlanishlariga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi axborot hamda kiber-xurujlardan himoya qilish maqsadida, “Oʼzbektelekom” АK tomonidan 2017 yilda maxsus tarif rejalari,“xavfsiz Internet” turkumi va qoʼshimcha xizmatlar joriy qildi. -12-
Quyida yoshlarda qiziqish uygʼotishi mumkin boʼlgan Internet resurslarining baʼzi yoʼnalishlari bilan tanishishimiz mumkin. ONLАYN SOʼROVLАR Hozirda Internet makonida koʼp uchraydigan onlayn soʼrovlar talabalar boʼsh vaqtida pul ishlashlari uchun kundan-kunga tanilib borilayotgan usul hisoblanadi. Turli tadqiqotlarni oʼtkazayotgan kompaniyalar har doim har xil surovlarga javob berish va yangidan-yangi mahsulotlarni sinovdan oʼtkazish uchun yangi aʼzolarni qabul qilib boradi. INTERNETDА PULLIK QIDIRUV Internetda oldindan bajarayotgan ishingiz uchun pul olishga manfaatdormisiz? Qmee.com dan innovatsion gʼoya sizni “Google”, “Bing” yoki “Yahoo” qidirish resurslaridan foydalanganingiz uchun mukofotlaydi. Siz shunchaki oʼz brauzeringizga oddiy qoʼshimcha qurilmani oʼrnatishingiz va qidiruv amalga oshirayotganingizda oddiy qidiruv qatorida bir nechta sponsorlanadigan natijalar ham boʼlishi mumkin. Qmee dagi har bir natija pullik mukofotga ega, agar siz unga qiziqib qolgan boʼlsangiz, tugmani bosib va mukofotni qoʼlga kiritishingiz mumkin. OʼZ SАYTINGNI OCh VА UNDАN FOYDА OL Ushbu variant sizdan dastlabki qoʼyilmalarni talab etadi, biroq birozdan soʼng bir necha barobar oʼzini oqlaydi. Sayt ishi yaxshi yoʼlga qoʼyilsa undan har oyda 10 ming АQSh dollar miqdorida foyda olish mumkin. Аsosiy foydani reklama (kontekstli, bannerli, tizerli) olib keladi, bunda sherikli dasturlarda ishtirok etish yoki havolalarni sotish mumkin boʼladi. -13- Аgar siz yanada ildamlab ketmoqchi boʼlsangiz va faqatgina saytni rivojlantirmay qolib, oʼzingizning info-biznesingizni qurmoqchi boʼlsangiz, u holda foyda undanda koʼproq boʼladi. Bu eng foydali variant hisobla- nadi, shuning uchun Internetda pul ishlab topish haqiqatmi deb soʼramang, chunki saytlar egalarining baralla javobi “ha” boʼlib turibdi. Xoʼsh, axborot sayti va info-biznes orasida qanday farq bor? Dastlab foydali axboroti boʼlgan kontentli sayt ham axborot evaziga pul ishlaydigandek tuyuladi. Biroq birinchi holatda pul tashqaridan (reklama, sherikli dasturlar) kirib keladi, infobiznesda esa, siz muayyan bir axborot mahsulotini sotasiz va uning uchun mijozlaringizdan pul olasiz. Quyidagilar axborot mahsulotlari boʼlishi mumkin: Vebinarlar; Treninglar; Onlayn oʼquv kurslari; Elektron kitoblar. Ushbu pul ishlash usulining xususiyati shundaki, siz mahsulotni bir marta yaratasiz, undan foydani esa doimiy ravishda olib turasiz. Shu bilan birga, parallel ravishda yangidan-yangi mahsulotlar yaratish, yangi yoʼnalishlarda rivojlanib, kattadan-katta daromadlar topish mumkin boʼladi. Bunday holatda daromad bir-necha martaga koʼpayadi. VEB-SАYTLАR VА VEB-ILOVАLАRNI NАQ D PUL EVАZIGА KOʼRIB ChIQISh Аgar siz veb-brauzeringizdan mohirona foydalana olsangiz, unda veb-saytlarni koʼrib chiqish vaqtingizni toʼlovli va qiziqarli ishga aylantirish vaqti keldi. UserTesting.com kabi yangi platformalar xohlovchilarga barcha turdagi veb-saytlarni koʼrib chiqishlari uchun pul toʼlaydi. Har bir koʼrib chiqish uchun 20 daqiqa vaqt sarflanadi 10 АQSh dollari hajmida pul toʼlanadi. Roʼyxatdan oʼtib, koʼrib chiqish testini toʼldiring va “kirish” papkangizda koʼrib chiqilishi zarur boʼlgan veb-saytlar roʼyxatini qabul qilib oling. IJTIMOIY TАRMOQLАR BILАN IShLАSh Bunday ishni frilans birjalarida ham topsa boʼladi, bu ish alohida koʼnikmalarni talab qilmaydi. Odatda bu ish layk qoʼyish, repost qilish yoki guruhga qoʼshilish kabilarni oʼz ichiga oladi. Bu ish uchun odatda minimal darajada haq toʼlanadi, biroq barchasi sizning akkauntingizga bogʼliq boʼladi. Doʼstlaringiz qancha koʼp boʼlib, profilingiz qanchalik faol boʼlsa, buyurtmachilar shunchalik koʼp pul toʼlashga tayyor boʼladilar. -14- Qiymati kattaroq boʼlgan ishlar turiga guruhlar boʼyicha posting qilish, kataloglar boʼyicha maʼlumotlarni taqsimlash kabilar kiradi. Bunday ishlarni Advego, Socialtools, Smmka va Forumok da topish mumkin. Ushbu tarmoqlarda faollik bilan ishlasangiz bir oyda 100 АQSh dollariga yaqin boʼlgan mablagʼ ishlashingiz mumkin. Xulosa. Internet olami oʼzida cheksiz imkonyatlarni jamuljam qilgan. Undagi imkoniyatlardan foydalanish vaqtimizni unum bilan oʼtkazishga, farzandlarimizni oʼz oilasiga, jamiyatga foydasi tegadigan yetuk maʼnaviyatli inson qilib tarbiyalashga yordam beradi. Oʼzbek xalqining ham yoshlari hech kimdan kam boʼlmagan holda Internet imkoniyatlaridan toʼla-toʼkis foydalanib kelayotgani yurtimiz rivojiga albatta oʼz hissasini qoʼshishiga umid bagʼishlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar www.fayllar.org www.foydalifayllar.uz www.wikipediya.uz Saytlari -15- Download 235 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling