Referat mavzu Ish haqining iqtisodiy mazmuni Bajardi: 4-9 iqts-22 guruh talabasi
Download 77.44 Kb.
|
Ish haqining iqtisodiy mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish haqining iqtisodiy mazmuni
- Ish haqining iqtisodiy mazmuni Reja
«IQTISOD» FANIDAN REFERAT Mavzu Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Ish haqining iqtisodiy mazmuni Reja: Tadbirkorlik faoliyati va shakllari Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirishi va rag’batlantirilishi Ish haqining iqtisodiy mazmuni va turlari Korxonaning daromadi va foydasi. Foydani maksimallashtirish Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi. Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi. Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: yakka tartibdagi tadbirkorlik; xususiy tadbirkorlik; – jamoa tadbirkorligi; – aralash tadbirkorlik. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik. Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi». Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi dеyiladi. Kapitalning ayrim qismlari turli tеzlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag’larning aylanish tеzligi turlicha bo’ladi. Masalan, unumli istе’molda bo’lgan xomashyo va matеriallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan kеyin boshqa qismi masalan, mеhnat qurollari qiymati bir nеcha doiraviy aylanishdan kеyin o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi. Kapital o’zining aylanish tavsifiga ko’ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi. Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nеchta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo’lib-bo’lib, asta-sеkinlik bilan o’tkazib boradi va bir nеcha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o’zgartirmaydi. Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to’liq istе’mol qilinadi, o’zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to’liq o’tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo’qotadi. Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi bеlgilar asosida farqlanadi. 1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, o’zining oldingi natural-buyum shaklini shu davrdagi doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, mеtall va b.) har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli istе’mol qilinadi, o’zining ashyoviy-buyum shaklini yo’qotadi va yangi turlari bilan almashinadi. 2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati tovarlarga qisman-qisman o’tib boradi. Xomashyo va matеriallar, yoqilg’i va enеrgiya kabi aylanma kapital elеmеntlari har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli istе’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to’liq o’tadi. 3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo’yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo’linadi. Qiymatning mahsulotga o’tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo’ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o’tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sеkin jamg’ariladi. Mahsulotga o’tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo’lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolavеradi. Istе’mol qilingan mеhnat prеdmеtlari qiymati to’la-to’kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi. 4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o’tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o’z ichiga olgan muayyan davr davomida yeyilib, ishdan chiqqandan kеyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan kеyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi. 2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%). Mamlakatda band aholining 78,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan. Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ushbu ko‘rsatkich 39,6% ni tashkil etdi, qishloq xo‘jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 65,1% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27% ni, importda - 50% ni, investitsiyada esa - 32% ni tashkil etdi. Amaldagi qonunchilikka binoan, yillik o‘rtacha xodimlar soni qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida - 50 kishigacha, sanoatda faoliyat turiga qarab - 100 dan 270 kishigacha; savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida - 25 dan 50 kishigacha ishchilarga ega bo‘lgan sub'yektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi. Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan: 1. Kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi. 2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi. 3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko‘proq yer maydoniga ega bo‘lgan kichik korxonalar yagona er solig‘i to‘lashi belgilab qo‘yildi. 4. Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag‘larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash*. 5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O‘zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo‘jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan**. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi sharoitlar bilan bеlgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog’liq. Lеkin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik va nеoklassik yoki zamonaviy kontsеptsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko’ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mеhnat, pul va moddiy sarflardir. Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: -ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; -korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari. Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mеhnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko’rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo’ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: w = c + v + m, bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo’shimcha qiymat. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari dеganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi: k = s + v. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi matеriallar, yonilg’i va enеrgiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Tashkilotning daromadi iqtisodiy foydalarning o'sishi va ushbu tashkilot kapitalining o'sishiga olib keladigan majburiyatlarni qoplash natijasida, / yoki majburiyatlarni to'lashni amalga oshirish natijasida. Oddiy qilib aytganda, bu korxona kapitalining o'sishi. Shu bilan birga, egalarining hissalari (muassislar) daromadlarining hissalari tufayli kapitalning o'sishi hisobga olinmaydi. Har bir korxona asosiy faoliyatni davom ettirganligi sababli, bu uning kompaniyasidan ekanligi va daromad oladi, aks holda kompaniyaning ochilish g'oyasi nomuvofiq ko'rinadi. Eng ko'p oddiy ko'rish Asosiy faoliyatdan olinadigan daromad - bu sotishdan olingan toza daromad. Biroq, qoida tariqasida, bu ko'rsatkichlar bir-biriga to'g'ri kelmaydi: ko'pchilik firmalar birdaniga bir necha turdagi daromad keltiradigan turli xil faoliyatni olib boradi. Asosiy faoliyatdan olingan daromadlardan tashqari, jazo kabi boshqa daromadlar, kontragentlar yoki omonatni joylashtirish uchun bankdan foizlar beriladi. Daromadlarning ushbu toifasi ham tashkilotning foydasini shakllantiradi, ehtimol kompaniyaning barcha miqdoriy ko'rsatkichlarining eng muhim kompaniya hisoblanadi. Foyda maksimallashtirish har qanday tadbirkorning maqsadi, shuningdek, siyosiy iqtisod klassikalariga ham ma'lum bo'lgan. Shuning uchun foyda umumiy hisoblanadi hisoblangan ko'rsatkichlar Har qanday kompaniyaning yoki institutning faoliyati. Umuman olganda, foyda uchun, tovarlarni sotishdan daromad olish yoki xarajatlar / kapital orqali xizmatlarni taqdim etish odatiy holdir. Siz tashkilotning daromadlarining ba'zi muhim funktsiyalarini belgilashingiz mumkin: -korxonaning yakuniy moliyaviy natijalari ko'rsatkichi, pul mablag'lari hajmi; Bir nechta tushunchalar to'g'ridan-to'g'ri foyda bilan bog'liq. Yalpi foyda - korxona daromadlari miqdori o'rtasidagi farq turli xil turlar Ushbu tadbirlar va ushbu turdagi tadbirlar bilan bog'liq barcha xarajatlar, masalan, daromad va qiymati, agar u asosiy faoliyat haqida gap ketsa. Biroq, yalpi daromad Boshqa tadbirlar bir xil darajada hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich juda muhimdir: ko'pincha tashkilotlar tomonidan taqqoslanadi iqtisodiy samaradorlik. Bundan tashqari, yalpi daromadni baholash kompaniyaning kreditga layoqatsizlikni hisoblashning ajralmas qismi hisoblanadi. Xuddi shu ishbilarmonlarning o'zlari uchun quyidagi parametr eng chuqur tahlil qilinadi. Sof foyda - bu yalpi foydadan to'langan barcha xarajatlar miqdorini ajratish orqali olingan ko'rsatkich. Ushbu xarajatlar orasida tashkilotning daromad solig'i - bu to'lov, kreditlar va boshqa operatsion xarajatlar bo'yicha mos keladigan barcha jarimalard-kompaniyaning rivojlanish xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbai; -ijobiylarning ajralmas manbai davlat byudjeti (U buni, shu jumladan tijorat tashkilotlarining daromad solig'ini shakllantiradi). Yaratilgan ichki milliy mahsulotning uning ishlab chyaqaruvchilari o'rtasida mehnatning miqdori, sifati va uiumdorligiga qarab taqsimlanadigai qismi ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda hamma mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham iqxisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e'tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta'rif beradilar. Masalan, «Yashash uchun vosita minimumi» (D. Rikardo va T. Maltuslarning) konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash to'gri emas. Bu minimum o'z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijgimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug'dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi bahosining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo'jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko'rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o'rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o'rnatilgan. Qiymatning mehnat nazariyasi (Angliya klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo'nalishidagi iqtisodchilar) Ishchi kuchini alohida, o'ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo'lgan ishchi kuchi qiymatining o'zgargan shakli, ya'ni puldagi ifodasi sifati erishilganda qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g'oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta'sir qilishini ko'rsatadi. Shu bilan birga mazkur g'oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishvda darajaga bog'liqligi ta'kidlanadi. Bu fiklar hozirgi davrda ham ko'pgina ko'zga ko'ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma'qullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, YE.F.Borisovlar o'zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» dars shaklarida ish haqini ishchi kuchi va tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta'riflamoqdalar. Bu mualliflar o'z fikrlarini asoslashda ko'pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to'lashga o'xshab qo'rinishini isbotlashga harakat qilganlar. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida juda ko'p mualliflar (jumladan Ekonomiks darsliklarida, 1998 yidda Moskvada V.D. Kamayev rahbarligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligvda, 1997 yilda Toshkentda chop qilingan A. O'lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o'quv qo'llanmasida va boshqalarda) ish haqini mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto'g'ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ipii kuchining funksiya qilishi, uning ma'lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo'lib, uning na qiymati, na bahosi yo'qlish, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo'lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda xam hammaga ayon bo'lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo'ladi. Mehnat munosabatlari - bu xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga asoslangan huquqiy munosabatlar bo'lib, unga ko'ra bir tomon (xodim) ish beruvchi tomonidan belgilangan ichki mehnat qoidalariga rioya qilgan holda ma'lum bir mehnat funktsiyasini (ma'lum bir mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo'yicha ish) shaxsan bajarish majburiyatini oladi, ikkinchi tomon (ish beruvchi) esa xodimga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishni bajarish, unga tegishli mehnat sharoitlarini ta'minlash, shuningdek xodimning mehnatiga o'z vaqtida haq to'lash. Mehnat munosabatlarining ob'ekti ish beruvchi tomonidan to'lanadigan xodim tomonidan bajariladigan mehnat funktsiyasidir. Mehnat munosabatlarining sub'ektlari - xodim va ish beruvchi. Xodim - jismoniy shaxs ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirgan. Ish beruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs xodim bilan mehnat munosabatlariga kirgan (tashkilot). Belgilangan hollarda federal qonunlar, mehnat shartnomalarini tuzish huquqiga ega bo'lgan boshqa shaxs ish beruvchi sifatida harakat qilishi mumkin. Xodimlar fuqarolar sifatida harakat qilishlari mumkin Rossiya Federatsiyasi va chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar (fuqaroligi bo'lmagan shaxslar). Mehnat munosabatlarida ish beruvchi tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslar (tashkilotlar) ishtirok etadilar. Subyektiv huquq - bu huquq sub'ektining qonunda nazarda tutilgan mumkin bo'lgan xatti-harakatining o'lchovidir. Burch huquq subyektining to‘g‘ri xulq-atvori o‘lchovidir. Subyektiv huquq va majburiyatlar huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etadi. Mehnat munosabatlarining paydo bo'lishining asosi mehnat huquqi manbalarida mavjud bo'lgan normalar va yuridik faktlardir. Yuridik faktlar - ob'ektiv huquq normalari sub'ektiv huquq va majburiyatlarning (huquqiy munosabatlarning) o'rnatilishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bog'liq bo'lgan real hayotiy holatlardir. Mehnat munosabatlarining paydo bo'lishining eng keng tarqalgan asosi mehnat shartnomasi hisoblanadi. Ammo ba'zida ba'zi boshqa faktlar bo'lishi kerak, ya'ni huquqiy tarkib zarur, uning elementlari mehnat shartnomasi va uni tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan boshqa faktlar. Qonuniy vakolatli organlar tomonidan belgilangan kvota hisobiga ishga joylashtirish (bunday kvotalar nogironlarni, shuningdek, voyaga yetmagan etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ishga joylashtirish uchun belgilanishi mumkin. Mehnat huquqining predmeti bu huquq sohasi tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlardir. Malumki, iqtisodiyotning boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligi bilin bog’liq ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi va yer bilan bo’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. “Iqtisodiyot nazryasi” fani yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar agrar munosabatlar deb o’rganiladi. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlabki davrdanoq, bevosita yerni ishlashdan boshlanganligi bois agrar munosabatlar ham iqtisodiy munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining iqtisodiyotning barcha jabhalariga qanchalik darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishidan qat’i nazar, agrar munosabatlar bu tizimda o‘zining muhim o‘rniga va salmoqli salohiyatiga ega bo‘lib qolmoqda. Agrar munosabatlarning obyekti va subyektlari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agrar munosabatlarning obyekti yer, subyektlari esa yer egalari, yerda xo‘jalik yurituvchilar yoki yerda iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchilar hisoblanadi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy oʻzgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida oʻsimlik “oziqlanishi” mumkin boʻlgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xoʻjaligi va sanoat tarmoqlarining iqtisodiy, fan-texnika, texnologiya va boshqa xoʻjalik imkoniyatlarini birlashtirish (qoʻshish) orqali ishlab chiqarish va mehnatning umumlashtirilishi. Xom ashyo ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni oʻzaro muvofiq holda rivojlantirish kooperatsiya (toʻgʻridan toʻgʻri kontraktatsiya va shartnoma asosida), shuningdek kombinatsiya (xom ashyo yetishtiradigan va uni qayta ishlaydigan korxonalarning tashkiliy birlashishi) yoʻli bilan olib boriladi. Integratsiya jarayonlari, asosan agrosanoat korxonasi koʻrinishida eng izchil rivojlanadi. Boshqarish, rejalashtirish, birgalikda fondlar, moddiy-texnika ta’minotini markazlashtirish, korxonalar, yordamchi xizmat muassasalari yaratish va boshqa pirovard mahsulot olish uchun ishlab chiqarish dagi barcha bosqichlarning uzviy birlashishiga zamin yaratdi. Agrosanoat integratsiyasining rivojlanishi, bir tomondan, qishloq xoʻjaligi sohasiga boshqa sohalarning, birinchi navbatda sanoatning kirib kelishini, ikkinchi tomondan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining borgan sari umumiy xalq xoʻjaligi bilan uygʻunlashib borishini anglatadi. Tarmoqlararo ba-lans hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi paytda qishloq xoʻjaligi sanoatdagi asosiy tarmoqlarning yarmidan koʻprogʻi mahsulotlaridan foydalanmoqda. Agrosanoat integratsiyasining sanoat va xalq xoʻjaligidagi boshqa tarmoqlari bilan qoʻshiluvi qaysi darajada sodir boʻlmasin, ob’ektiv jarayon – integrasiyani bildiradi. Integratsiya natijasida agrar va sanoat faoliyatlarini umu-miy texnologik jarayon asosida yagona xoʻjalik majmui tarzida birlashtiradigan agrosanoat korxonalari, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulot olishning barcha bosqichlarini oʻz ichiga oladigan hududiy, tashkiliy va texnologik birlashgan korxonalar majmui boʻlgan agrosanat birlashmalari va mamlakat xalq xoʻjaligi miqyosida agrosanoat maekmui yuzaga keladi. Oʻzbekistonda Agrosanoat integratsiyasining mahsuli boʻlgan dastlabki agrosanoat korxonalari va agrosanoat birlashmalari paxtachilik, qorakoʻlchilik, bogʻdorchilik sohalarida 20-asrning 60-yillarida paydo boʻlgan. Agrosanoat integratsiyasi agrosanoat ishlab chiqarishning maz-muni, agrosanoat korxonalari, agrar-sa-noat birlashmalari va agrar-sanoat maj-mualari bu jarayonning turli shaklda rasmiylashuvidir. Agrosanoat integratsiyasida .Agrosanoat integratsiyasi rivoji fan-texnikaning yangi yutuqlariga tayangan holda eng yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash va harajatlarni keskin kamaytirishga xizmat qiladi. Qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko'lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e'tiborga molikdir. Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yo'lga qo'yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bo'lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada so'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 tsentnerga oshgani e'tiborga molik. Birgina viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2021-2025 yillar davomida umumiy qiymati 1 trln. so'mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qishloq hududlarida 2,1 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Masalan, O'rta CHirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Ko’kcha Textil” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bo'yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bo'lgan, qiymati 140 mlrd. so'mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish o'rni yaratilayapti. 2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham o'tgan davrga nisbatan mahsulot etishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. e'tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi. Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig'imi 10 ming tonnaga ega bo'lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yo'lga qo'yildi. Joriy yilda g'alla etishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga o'tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 tsentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yo'nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana 3 mingga yaqin ish o'rinlari yaratish rejalashtirildi. YAna bir e'tiborga molik jihat — klaster usuli yo'lga qo'yilganidan so'ng sohaga 762,2 mlrd.so'mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini ko'rish mumkin. Download 77.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling