Referat mavzu: jamiyat va inson falsafasi bajardi : kompyuter injinering 22/2 guruh talabasi Muhamedov Dilmurod


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana21.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1637888
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jamiyat va inson falsafasi

Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni 
bajaradi. U insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va 
boshqa xalqlar madaniyatini o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi
Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi. Madaniyat 
normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me'yorlarni amalga 
joriy etadi, shuningdek o‘z me'yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va 
faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi. Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti 
qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa 
madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini mustahkamlaydigan me'yorlarning ustunligini 
ta'minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin bo‘lgan me'yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, 
madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga 
oshiradi.
Madaniyatning yana bir muhim funksiyasi insonni kamol toptirish hisoblanadi: individ 
madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida shaxsga aylanadi. Madaniyat normativ tartibga solinadigan 
faoliyat sanalgani bois, u qadriyatlarni yaratish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat 
hodisalari ijtimoiy o‘zgarishlarni boshqaradi, ularni ijtimoiy muhim maqsadlarni amalga 
oshirishga yo‘naltiradi. Madaniyat qadriyatlari mazkur hamjamiyatda ijtimoiy mo‘ljal berish va 
tartibga solish funksiyasini bajaradi. Madaniyat ijtimoiy munosabatlar tizimiga xizmatlar 
ko‘rsatadi, bu yerda yuz beruvchi o‘zgarishlar va siljishlarni belgilaydi va tayyorlaydi, inson xulq-
atvorini tartibga solishni ta'minlovchi maxsus mexanizmlarni yaratadi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
bevosita tartibga solish bo‘lishi mumkin (huquq, axloq, taqiq). Bu jamiyatning u yoki bu 
qadriyatlari va talablarini aks ettiruvchi ba'zi bir harakatlarni bajarishni buyurish orqali amalga 
oshiriladigan bilvosita tartibga solish bo‘lishi ham mumkin.
Madaniyat insonning jamiyatdagi o‘rnidan, uning diniy mansubligi yoki siyosiy 
qarashlaridan dalolat beruvchi ramzlarning keng tizimini yaratadi. Ba'zan mazkur guruhlar yoki 
qadriyatlarga bevosita mansublik ramziy xususiyat kasb etadi: individ diniy rasm-rusumlarda 
ma'naviy taskin topish vositasini izlamaydi, lekin o‘zining dindorligini namoyish etadi; u muayyan 
siyosiy maqsadlarga erishishga harakat qilmaydi, lekin o‘z niyatlarini e'lon qiladi va h.k. Shunga 


qaramay rasm-rusumlarni ado etish amaliyoti ham, jamiyat talablarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarish 
ham etnosning, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yaxlitligini ta'minlaydi.
Madaniyat vayronkor jarayonlarga qarshilik ko‘rsatadi, chunki u qadriyatlarni saralash 
mexanizmlariga ega. Natijada sivilizatsiyaning tor tarixiy ahamiyat kasb etuvchi hodisalari 
yo‘qlikka chekinadi, tarix uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy hodisalar esa 
umuminsoniy madaniyat xazinasidan o‘rin oladi. Bunyodkor hodisalarni ham, vayronkor 
hodisalarni ham o‘z ichiga oluvchi sivilizatsiyadan farqli o‘laroq, madaniyat o‘zining insoniyligi, 
ijobiyligi bilan tavsiflanadi. U inson faoliyati ijodiy asosining manbai hisoblanadi. Inson yaratgan 
har qanday predmet madaniyat hodisasi hisoblanavermaydi, xuddi shuningdek har qanday inson 
ham madaniyatli bo‘lavermaydi.
Madaniyatsizlik yoki madaniyat darajasining pastligi aholining bir qismi o‘z 
madaniyatidan ajralib qolganini anglatadi. Savodsizlik, axloqsizlik, madaniy me'yorlarga muvofiq 
bo‘lgan xulq-atvor, muloqot, mehnat ko‘nikmalari mavjud emasligi, tabiatga nooqilona 
munosabat va madaniyatsizlikning boshqa shunga o‘xshash ko‘rinishlari oqilona bo‘lmagan 
madaniy siyosat yoki uning umuman mavjud emasligi natijasidir. Ayni vaqtda madaniyatsizlik 
ongli siyosat natijasi bo‘lishi ham mumkin.
Madaniyat inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi, jamiyatning iqtisodiy
ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy kichik tizimlarini birlashtiradi. Ammo madaniy jarayon chegarasi 
sivilizatsiya, uning me'yorlari bilan belgilanadi. Madaniyat sivilizatsiyada chuqur ildiz otgan 
bo‘lib, u bilan bir jon va bir tan hisoblanadi. Madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro aloqasi shu 
darajada kuchliki, aksariyat faylasuflar va olimlar bu tushunchalarni ayniy deb hisoblaydilar. Bu 
bejiz emas: jamiyatning normal holatida ularni deyarli farqlab bo‘lmaydi. Sivilizatsiya va 
madaniyat birdir: o‘z madaniyatisiz sivilizatsiya bo‘lmaganidek, sivilizatsiyasiz madaniyat ham 
bo‘lmaydi. Madaniyat ham, sivilizatsiya ham normativ tabiatga ega. Ularning o‘rtasidagi farq 
shundaki, sivilizatsiya madaniy jarayonga shart-sharoit yaratadi, uni tartibga soladi. O‘z navbatida, 
madaniyat yangilik ijodkori sifatida sivilizatsiyaning rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Ammo 
madaniyat sivilizatsiya bilan ayniy emas. U sivilizatsiya belgilagan ijtimoiy me'yorlarni amalda 
mujassamlashtirishni nazarda tutuvchi erkin faoliyatdir. Madaniyat jamiyat qadriyatlari, moddiy 
va ma'naviy boyliklari majmuidir.
Sivilizatsiya elementlaridan biri sifatida madaniyat unga muvofiq bo‘ladi, lekin mustaqil 
rivojlanishga qodir element sifatida u sivilizatsiya bilan ziddiyatga kirishishi mumkin. Mazkur 
ziddiyatning mavjudligi madaniyatning ham, sivilizatsiyaning ham rivojlanish manbaidir. 
Ularning o‘rtasida ayniylik nazariy jihatdan faqat sivilizatsiya madaniyatga o‘z hukmini to‘la 
o‘tkazishi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin. Bu hayot faoliyatining texnik-mexanik, ma'naviyatsiz 
shakllari hukm surishini, shaxsning ijodiy tashabbusi bo‘g‘ilishini anglatgan bo‘lur edi. Inson 
hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini qattiq tartibga solish jamiyatni turg‘unlik 
saltanatiga aylantiradi. U o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashish qobiliyatini yo‘qotadi. Shu 
sababli madaniyatning o‘limi muqarrar tarzda butun sotsiumni halokatga eltadi. Bu o‘z 
halokatidan keyin bir vaqtlar gullab-yashnagan madaniyat xarobalarini qoldirgan sivilizatsiyalar 
tarixida ko‘p karra kuzatilgan.
Ammo madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasida tub tafovut mavjudligi ham sivilizatsiyaning 
halokatiga sabab bo‘ladi. Shu sababli sivilizatsiya madaniyatni ijtimoiy nazorat qilish 
mexanizmlariga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya madaniyatning rivojlanishini belgilash va 
rag‘batlantirish yo‘li bilan uni cheklaydi, o‘z manfaatlariga bo‘ysundiradi. Sivilizatsiyaning 
yashovchanligi va faolligi sivilizatsiya mexanizmlarining madaniy shakllar rang-barangligini o‘z 
ideallari va andozalariga bo‘ysundirish qobiliyati bilan belgilanadi. Zero madaniyat vositalari 
bilan sivilizatsiyaning rivojlanishi, uning yangi sharoitlarga moslashishi muammolari hal qilinadi. 
Ayni vaqtda sivilizatsiyaning mavjudligi madaniyat vujudga kelgan andozalar, me'yorlar va 
qoidalarga rioya qilishga o‘zini majburlovchi cheklashlar konservatizmiga chek qo‘yishga qay 
darajada qodirligi bilan belgilanadi. Madaniyat o‘z tabiatiga ko‘ra qolip va andozalarga toqatsiz 
bo‘lgan ijod sohasidir. Agar u qat'iy normativ cheklashlarga barham bera olmasa, sivilizatsiya, 
aytaylik, ekologik halokatdan yoki aholi sonining o‘sishi va uni ommaviy halokat, ochlik va 


kasalliklardan himoya qilish qobiliyati o‘rtasida ziddiyatlarning kuchayishi natijasida halok 
bo‘lishi mumkin. Shu sababli madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ularning rivojlanish 
manbai hisoblanadi, ularning ayniyligi esa turg‘unlik va halokatni anglatadi.
Sivilizatsiya madaniy jarayonga umumiy shart-sharoit yaratadi, u ulkan mintaqalar va 
qit'alarni qamrab oladigan olamshumul hodisadir. Madaniyat sivilizatsiya yaratgan zaminda 
vujudga keladi, individual, betakror, etnik xususiyat kasb etadi. Har bir sotsium individual 
asosining ifodasi sifatida madaniyat bir sivilizatsiyaga mansub xalqlar o‘rtasidagi farqlarni 
belgilaydi. U mazkur xalqqa xos bo‘lgan, uning etnik-ijtimoiy individualligini tashkil etadigan 
omillar: til, tarixiy taqdir, din, boshqa xalqlar bilan aloqalar va hokazolarni xulq-atvor qoidalari, 
odatlar, ma'naviy hayotda aks ettiradi. Ayni bir sivilizatsiya ko‘p sonli madaniyatlarni yaratadi. 
Masalan, yevropa sivilizatsiyasi fransuz, nemis, ingliz va hokazo madaniyatlarni o‘z ichiga oladi.
Me'yorlar, qoidalar, taqiqlar va amr-farmoyishlar majmui sifatida sivilizatsiya odamlar 
faoliyatini o‘ziga bo‘ysundiradi, uni tartibga soladi. Madaniyat – mazkur normalarga muvofiq 
amalga oshiriladigan erkin ma'naviy va moddiy faoliyat. Ammo normativ jihatdan maqbul bo‘lgan 
har qanday harakat madaniy bo‘lavermaydi. Masalan, tosh qurol teng darajada madaniyat predmeti 
deb nomlanishi, ayni vaqtda yashab qolish vositasi ham bo‘lishi mumkin. Erkin yunon dehqoni 
yerga ishlov berishi madaniy faoliyat bo‘lishi mumkin, ayni shu ish qul tomonidan nazoratchining 
qamchisi ostida bajarilishini esa, garchi qul erkin odam bilan ayni bir dehqonchilik amalini 
bajarayotgan bo‘lsa-da, madaniy deb nomlash mumkin emas. XX asr sivilizatsiyasi o‘zidan keyin 
inson tomonidan muhandislik hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilish me'yorlari va qoidalariga muvofiq 
yaratilgan chiriyotgan sun'iy dengizlarni qoldirdi. U Orol dengizini quritdi, lekin Kaspiy dengizida 
suvni toshirib yubordi, natijada madaniyat ob'ektlarini suv bosmoqda.
Madaniyat inson faoliyati bilan uzviydir. Uning taraqqiyoti madaniy-tarixiy ijodda 
individlar va ijtimoiy guruhlar ishtiroki bilan belgilanadi. Sivilizatsiya – o‘z-o‘zini quvvatlovchi 
o‘zgarmas jamiyat, ijtimoiy statika manbai. Madaniyat – ijtimoiy dinamika manbai, u tarix 
talabiga javob berish va ijtimoiy o‘zgarishlarga zamin yaratishga qodir shaxslarni shakllantiradi 
va ayni vaqtda o‘zi ham mazkur shaxslar tomonidan shakllantiriladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling