Referat mavzu: Tijorat banklari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. Qabul qildi: Abdullayeva Sh. Z
Download 274 Kb.
|
Tijorat banklar faoliyati
II bo’lim "MAJBURIYaTLAR".
Bank balansining majburiyatlar qismi depozitlardan boshlanadi. Depozitlar bankning boshqa sub’ektlardan jalb qilingan manbalarini ifodalaydi Buxgalteriya xnsobining ko’p valyutalik tizimida depozit kaysi valyutada ko’yilsa, u o’sha valyutada ro’yxatga olinadi va ularning hisobi har bir valyuta uchun alohida ochilgan bosh kitoblarda olib boriladi. Bundan tashqari depozit majburiyatlari muddati va uni qo’ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi. Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg’armali va muddatsiz depozit turlariga bo’linadi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 20200 asosiy hisobraqamda hisobga olib boriladi. Uning o’zi o’z ichiga 20202 - 20296 sub - hisobraqamlarni oladi. Bu sub - hisobraqamlar turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari bo’yicha aloxida tasniflanadi. Jamg’armali va muddatli depozitlar xam xuddi shunday tasniflanib, ular bo’yicha hisob 20400 va 20600 hisobraqamlarda yuritiladi. Majburiyatlar bo’limida yana 20800 "O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining hisobraqamlari" deb nomlangan asosiy hisobraqamlari boshqa banklarga to’lanadigan hisobvaraqlar esa 21000 asosiy hisobraqamida yuritiladi. Boshqa banklardan va mijozlardan olingan ssudalar muddatlari va kreditorlarning tiplari bo’yicha tasniflangan, ya’ni "Bank tomonidan olingan o’rta muddatli ssudalar" - 21600 asosiy hisobraqamda, "Bank tomonidan olingan o’rta muddatli ssudalar" - 21800 asosiy hisobraqamda, "Bank tomonidan olingan uzoq muddatli ssudalar" - 22000 asosiy hisobraqamda hisobga olib boriladi. Bu asosiy hisobraqamlarning har biri kreditorlarning tipiga ko’ra hisobga olib borish uchun muljallangan sub - hisobraqamlarni birlashtiradi. Majburiyatlar bo’yicha hisoblangan foizlarni hisobga olish uchun 22400 hisobraqam ajratilgan. Bank o’zining har xil majburiyatlari bo’yicha to’lashi uchun hisoblangan foizlari 22402 - 22496 balans hisobraqamlarida hisobga olib boriladi. Bunga bankning degyuzit majburiyatlari bo’yicha hisoblangan, lekin hali to’lanmagan foizli xarajatlar kiradi. Ushbu hisobraqamlar bo’yicha to’lovlar ular amalga oshirilgan davr uchun hisoblanadi, ya’ni to’lovlar qaysi hisobot davriga tegishli bo’lsa o’sha hisobot davri uchun aks ettiriladi. Mijozlarning boshqa depozitlari, jumladan, akkreditivlar bo’yicha majburiyatlari, veksel bilan kafolatlangan trattalar bo’yicha majburiyatlar hisobi 22600 asosiy hisob - raqamda yuritiladi. Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlarni hisobga olish uchun 23400 - "Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar" asosiy hisobraqamida aks ettiriladi. Shu hisobraqamlariga tegishli bo’lgan 23402 - 23432 balans hisobraqamlarida xukumatning "Davlat byudjeti to’g’risida"gi Qonunda ko’zda tutilgan daromadlar bo’yicha tushumlari va shu daromadlar hisobraqamlaridagi qoldiqlar doirasida ushbu qonunda ko’zda tutilgan tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan yillik xarajatlarni qoplashi mo’ljallangan byudjet mablag’larining hisobi yuritiladi. Boshqa barcha passivlar 29800 asosiy hisob - raqam orqali ifodalanadi. Download 274 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling