Referat mavzu: Tijorat banklari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. Qabul qildi: Abdullayeva Sh. Z


Tijorat banklari buxgalteriya balansining tavsifi


Download 274 Kb.
bet4/10
Sana14.04.2023
Hajmi274 Kb.
#1358072
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tijorat banklar faoliyati

Tijorat banklari buxgalteriya balansining tavsifi
Tijorat bankining balansi buxgalteriya balansi bo’lib, u bankning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’larining holatini hamda ularni bankning kredit va jalb qilingan mablag’larining holatini hamda ularni bankning kredit va boshqa aktiv operatsiyalariga joylanishini ifodalaydi. Bundan tashqari, buxgalteriya balansi bank tomonidan bajariladigan operatsiyalarni xarakterlaydi va haqiqiy olingan foydani ko’rsatadi. Shu bois balans bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko’rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shakli bo’lib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bank rahbarlariga bank ishini rivojlantirishda aniq chora va tadbirlar ishlab chikishga sharoit yaratadi. Balans ma’lumotlari asosida bank kapitali va fondlari, kassadagi nakd pullar qoldig’i, mijozlarning hisob - kitob va ssuda hisob varaqlaridagi qoldiqlar, hamda boshqa jalb qilingan mablag’lar holati haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin.
Banklarning buxgalteriya balansi O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonun va xalqaro andozalar talablariga mos keluvchn yangi hisobvaraqalar rejasi asosida belgilangan shaklda tuziladi. Yangi hisobvaraqalar rejasida iqtisodiyotda bo’lib o’tgan barcha o’zgarishlar natijasida banklar tomonidan bajarilayotgan yangi operatsiyalar ham ko’zda tutilgan. Yangi hisobvaraqalar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatdan RSKI rejadan farq qiladi. Yangi reja bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqalar tizimini aks ettirib, ular moliyaviy operatsiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlatiladi.
Hisob varaqalar rejasining asosiy maksadi barcha tijorat banklari uchun hisobvaraqalarining yagona shaklini kabul qilinishi va ishlatilishini ta’minlashdan iborat.
Hisob varaqlar rejasi 6 bo’limdan iborat:
I. Bo’lim - AKTIVLAR;
II. Bo’lim - PASSIVLAR;
III. Bo’lim - KAPITAL;
IV. Bo’lim - DAROMADLAR;

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling