Referat mavzu: Tijorat banklari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. Qabul qildi: Abdullayeva Sh. Z


Download 274 Kb.
bet9/10
Sana14.04.2023
Hajmi274 Kb.
#1358072
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tijorat banklar faoliyati

V bo’lim "XARAJATLAR".
Bu bo’limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob - raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo’yicha foizli xarajatlarining hisobi 50101 - 54902 balans hisobraqamlarida yuritiladi. Foizli xarajatlar - bu bankning yuridik va jismonpy shaxslar oldidagi har xil depozitlar, boshqa banklarning mablag’lari, bankning ssuda majburiyatlari va boshqa majburiyatlari bo’yicha amalda to’langan yoki hisoblangan xarajatlaridir. Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo’yicha tasniflangan.
Bankning vositachilik xarajatlari va turli xizmatlar bo’yicha xarajatlar 55100 balans hisobraqamida hisobga olinadi. Xorijiy valyutalarda ko’rilgan zarar esa 55300 balans hisobraqamida aks ettiriladi. Bu hisobraqam banklarning spot, forvard, optsion va fyuchers shartlari asosida tuzgan valyuta bitimlari bo’yicha ko’rgan zararlarining hisobini yuritishga mo’ljallangan. Agar bank kimmatbaho qog’ozlar oldi - sottisi bo’yicha zarar ko’rayotgan bo’lsa, bu zarar 55800 balans hisobraqamida hisobga olib boriladi.
Bank bino - inshootlarini, jihozlarini, ko’chmas mulkni sotishdan ko’rilgan zararlar hamda yuqorida ko’rsatilgan hisobraqamlarda, hisobga olingan zararlarning hech biriga tegishli bo’lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900 - "Boshqa foizsiz xarajatlar" asosiy hisobvaraqda aks ettiriladi. Bankning operatsion xarajatlarini hisobga olib borish uchun 56100 "Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar", 56200 "Ijara va ta’minot xarajatlari", 56300 "Xizmat safari va yo’l xarajatlari", 56400 "Ma’muriy xarajatlar", 56500 "Reprezentatsiya xarajatlari", 56700 "Sug’urta, soliq va boshqa xarajatlar", kabi hisobraqamlar ochilgan. Bankning ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlari 56800 asosiy hisobraqamda, bankning daromad solig’ining baholanishi esa 56900 hisobraqamda hisobga olib boriladi.
VI bo’lim "KO’ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO’YIChA HISOBRAQAMLAR".
Yangi hisobvaraqlar rejasida ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha balansdan tashqari hisobraqamlar xam xuddi balans ichidagi hisobraqamlar kabi ikki yoqlama yozuv asosida olib boriladi. Ilgari balansdan tashqari joylashgan hisobraqamlar oddiy yozuv, kirim yoki chiqim ko’rinishida olib borilar edi. hisobvaraqlar rejasidagi har bir balansdan tashqarida joylashgan hisobraqam uchun kontr - hisobraqam biriktirib qo’yilgan bo’lib, ular buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi. Balans hisobotida esa faqat asosiy hisobraqam qoldiqlari ko’rsatiladi. Kontr - hisob raqamlar yordamida ikki yoqlama yozuv olib borish balansdan tashqarida joylashgan hisobraqamlar bo’yicha operatsiyalarning to’liq o’tkazilish yoki o’z vaqtida hisobdan chiqarilishi, biror summaning o’tkazilmay qolib ketish ustidan nazorat olib borish nuqtai nazaridan samarali bo’lib hisoblanadi.
"Savdoni moliyalashtirish" 90900 asosiy hisobraqamlarga tegishli barcha hisobraqamlarga kontr - hisobraqam ajratilgan. Masalan, "To’lov muddatini kutayotgan hisob - kitob hujjatlari" nomli 90962 hisobraqam uchun 96319 kontr - xisobraqam ajratilgan. "o’z vaqtida to’lanmagan hisob - kitob hujjatlari" nomli 90963 hisobraqamga 96321 kontr - hisobraqam ajratilgan. Bankning bergan va olgan ssudalari bo’yicha "Ssuda majburiyatlari - 91800 asosiy hisobraqamiga esa tegishli 96351 - "Berilgan ssudalar bo’yicha majburiyatlar" va 96356 - "Olingan ssudalar bo’yicha majburiyatlar" kontr hisobraqamlari biriktirib qo’yilgan. Xuddi shu kabi boshqa balansdan tashqari hisobraqamlar bo’yicha ham tegishli kontr - hisobraqamlar ajratilgan. Barcha kontr-hisobraqamlar ikki yoqlama yozuv o’tkazish uchun mo’ljallangan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklarining balans namunasi va ularning tarkibiy qismlari to’g’risidagi ma’lumotni 5 - 6 - 7 ilovalarda ko’rish mumkin.
Bankning kundalik buxgalteriya balansi barcha bank muassasalari tomonidan birinchi tartibdagi balans hisob raqamlari tartibida yig’ma kartochkalar ma’lumotlariga asosan quyidagi shaklda tuziladi:
Balans
2002 yil, "______"_______________

Balans hisobraqamlari

AKTIV

PASSIV

JAMI
Imzolar: Boshliq _________
Bosh buxgalter___________
Har kunlik tuziladigan balansda hisob raqamlaridagi qoldiq summalarining pastiga yoki alohida qog’ozga, balansga ilova qilib, yig’ma kartochkalar asosida balansdan tashqari hisob raqamlardagi qoldiq summasi kiritiladi.
Har oyning birinchi sanasiga balans 2 nushada ikkinchi tartibdagi hisob raqamlari bo’yicha tuziladi.
Kundalik operatsiyalar kompyuterlarda hisob olingan holda kundalik balans sifatida balans hisob raqamlari bo’yicha qoldiqlar va oborotlar haqida ma’lumotlardan foydalaniladi.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling