Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
LABORATORIYA №9
9-ISH.PORTLANDSEMENTNING MARKASI SINFINI ANIQLASH (plastik qorishmadan tayyorlangan namunalarni sinash) a) Sement qorishmasining quyuq suyuqligini aniqlash. Asbob va uskunalar. Silkituvchi stol, shibbalagich, lineyka, qorishtirgich. Ishlash tartibi. Sementning markasini aniqlash (GOST 310.4-81) quyidagicha, avval namuna-tayoqchalar tayyorlanadigan sement qorishmaning quyuqligini (konsistensiyasi) aniqlanadi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin silkituvchi stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan foydalanib, qorishmaning quyuqligi aniqlanadi. Silkituvchi stolcha cho‘yan stanina (1) dan iborat, val (2) dagi mushtcha (3) o‘q (4) ni ko‘taradi, o‘q bilan birga yotiq disk (5) va uning yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna (6) ko‘tariladi. Maxovikni aylantirganda o‘q bilan birga yotiq disk valdagi mushtchayordamida goh ko‘tariladi, goh tushadi. O‘q shu tarzda harakatlanganda stolcha 10mm ko‘tarilib, qolip (7) ni silkitadi. Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki yuzasini va shisha diskning yuzini salgina xo‘llash kerak. Qorishma qolipga ikki qatlam qilib joylanadi (qatlamlarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak). Har bir qatlam metall shibbalagich bilan zichlanadi. Pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta shibbalanishi lozim. Qorishmani joylayotganda va shibbalab zichlayotganda qolipni (konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi pichoq tig‘i bilan sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko‘tariladi. So‘ngra g‘ildirakni dastasidan ushlab aylantirib turgan holda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi, shunda sement konus yoyiladi. Konusning yoyilish darajasi shtangensirkul yoki po‘lat chizrich yordamida ostki qismining ikki joyidan, bir- biriga tik yo‘nalishlarda o‘lchanadi. Konus 106-115mm yoyilgan bo‘lsa, qorishmaning quyuqligi normal deb hisoblanadi. Konus bundan kam yoyilgan taqdirda ko‘proq suv qo‘shib yana qorishma tayyorlanadi. Qorishmaning suv talabchanligi suv:sement (S:S) nisbati qurinishida ifodalanadi. Hosil bo‘lgan qiymat laboratoriya ishlari daftariga yozib qo‘yiladi va kelgusida sinovdan o‘tkaziladigan namuna-tayoqchalar uchun sement qorishma tayyorlash vaqtida shu ma’lumotdan foydalaniladi. Sement massasi -………g. qum turi - qumning massasi -……….g. suv mikdori -……….g (sm 3 ) suv-sement nisbati (S/S) -……… qorishtirish usuli – stolda silkitish soni - Ko‘rsatkichlar nomi Tajribalar 1 2 3 4 Suv miqdori,g Suv miqdori, % YOyilish diametri, mm Normal quyuq-suyuqlik – 3-rasm. Silkitish stolchasi sxemasi. b) Sement qorishmasidan namuna tayoqchalar (balkachalar) tayyorlash. Qorishma tarkibi (massa bo‘yicha) sement:qum=1:3 S/S (suv – sement nisbati) -…….. Asbob va uskunalar. 4x4x16 sm o‘lchamli qolip. Ishlash tartibi. Sementning markasini aniqlashda namuna-tayoqchalarning egilishdagi va siqilishdagi mustahkamlilik chegaralari asos qilib olinadi. Namunalar massasi bo‘yicha 1:3 nisbatda (1 xissa sement va 3 xissa normal qumdan), tayyorlangan plastik qorishmadan 40x40x160 mm o‘lchamda yasaladi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha yordamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayyor qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin qolipga solib vibratsiyada zichlashtiriladi. Qolipga solingan namuna 28 sutkadan keyin egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamligi sinaladi. Namunalar o‘lchami -………. v) Egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash qorishma tarkibi (massa bo‘yicha) -………. qotish muddati - ………. Egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. Asbob va uskunalar. 4x4x16 sm o‘lchamli namuna, MII-100, Ishlash tartibi. 4x4x16 sm o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib egilishga bo‘lgan mustahkamligi topiladi. 2ta pastki tayanch orasidagi masofa 100mm. Ko‘rsatkichlar nomi Namunalar O‘rtacha qiymat 1 2 3 Egilishga mustahkamlik chegarasi, kgs/sm 2 MPa Egilishga sinash bo‘yicha sement markasi- Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. Asbob va uskunalar. Gidravlik press, o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan, ya’ni yuzasi 25 sm 2 bo‘lgan po‘lat listlar. Ishlash tartibi. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun 6 ta yarimta balkachalardan foydalanamiz. YArim balkachalarning tepa va pastki qismiga o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan, ya’ni yuzasi 25 sm 2 bo‘lgan po‘lat listlar qo‘yiladi va gidravlik press yordamida siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Natija jadvalga yoziladi. Ko‘rsatkichlar nomi Namunalar O‘rtach a qiymati 1 2 3 4 5 6 Manometr ko‘rsatishi, kgs Kesim yuzasi, sm 2 25 25 25 25 25 25 25 Siqilishga mustahkamlik chegarasi, kgs/sm 2 MPa Siqilishga sinalgan sement markasi-……….. Ishlatilgan formulalar: ; 5 . 1 3 b l P R эг ; S P R с a) egilishga b) siqilishga Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling