Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

 
LABORATORIYA №10 
10-ISH. BETONLAR UCHUN MAYDA TO‘LDIRGICH QUMNING 
XOSSALARINI ANIQLASH.
Vazifa. Xossalarini aniqlash. 
Qum uchun umumiy tushuncha va qo‘yiladigan texnik talablar. 
To‘ldirgichlar betonning asosiy qismi hisoblanadi. Ular beton hajmining 80-85% 
ini, binobarin, betonning qattiq skeletini tashkil etadi va shu bilan betonning qurib 
kichrayishini kamaytiradi hamda qurib yorilishining oldini oladi. To‘ldirgichlarning 
sifati og‘ir betonning texnik xossalariga juda ta’sir etadi. To‘ldirgichlar donalari 
(zarralari)ning yirik-maydaligiga qarab, mayda to‘ldirgich (qum) va yirik 
to‘ldirgich (chaqiqtosh) kabi xillarga ajratiladi. 
Og‘ir beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida tabiiy qum ishlatiladi, qum 
pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda emirilishidan hosil bo‘lgan, yirik-maydaligi 
0,14-5 mm keladigan zarralardan iborat sochiluvchan materialdir. Tabiiy qumlar 
joylashishiga qarab, daryo qumi, dengiz qumi va jarliklar (tog‘) qumi degan nomlar 
bilan yuritiladi. Daryo va dengiz qumlarining zarralari shaklan dumaloq, jarlik 
(tog‘) lar qumining zarralari esa o‘tkir qirrali bo‘ladi, bunday zarralar beton bilan 
yaxshi tishlashadi. Biroq jarliklar qumida zararli aralashmalar dengiz va daryo 
qumlaridagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. 
 QUMNING O‘RTACHA TO‘KMA ZICHLIGINI ANIQLASH 
Ta’rif. Qum 10 sm balandlikdan idishga erkin tushganligi va o‘sha massani 
hajmga bo‘linganligi qumning to‘kma zichligi deyiladi. 
Asbob va uskunalar. 1l hajmli idish, quritish javoni, tarozi, lineyka. 
Ishlash tartibi.Betonning tarkibini hisoblash, qum zarralari orasidagi 
bo‘shliqlar hajmini aniqlash, shuningdek, qumni tashib keltirish, to‘ldirgichlar 
saqlanadigan omborlarni loyihalash va shu kabilar bilan bog‘liq hisoblash uchun 
qumning to‘kma zichlignni bilish kerak. To‘kma zichlikni aniqlash uchun og‘irligi 5 
kg bo‘lgan o‘rtacha namuna quritish javoniga joylanib, massasi o‘zgarmaydigan 
bo‘lguncha 110±5°S haroratda quritiladi. So‘ngra ko‘zlarining diametri 5 mm 
keladigan g‘alvirdan o‘tkaziladi, sovitiladi, keyin massasi aniqlangan 1 l sig‘imli 
metall silindrga 10 sm balandlikdan kurakcha bilan oz-ozdan tashlab turiladi, 


silindr limmo-lim to‘lgach, uyulib turgan ortiqcha qum metall yoki yog‘och 
chizg‘ich bilan tekislanadi, bu vaqtda silindrni mutlaqo silkitmaslik kerak, aks holda 
qum zichlashadi. Qumga to‘la silindr tarozida tortiladi. Qumming to‘kma zichligi 
formula yordamida hisoblanadi va natija jadvalga to‘ldiriladi 
Massa, g 
Idish 
hajmi, sm
3
To‘kilgan o‘rtacha 
zichlik, g/ sm

idish 
idish bilan 
qum 
qum 


To‘kilgan qumning o‘rtacha zichligining o‘rtacha qiymati . . . kg/m
3
Hisoblash formulasi:
V
m
m
q
2
1



Bu erda:
1
m
qum to‘ldirilgan silindrning massasi, g; 
2
m
bo‘sh o‘lchash silindrining massasi, g; 
V
silindrning hajmi, sm
3

O‘rtacha to‘kma zichlikni aniqlash rasmi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling