Referat mavzulari ro’yxati
Materiallarning suvda yumshash koeffitsienti
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namlikdan deformatsiyalanish
Materiallarning suvda yumshash koeffitsienti (K yum ) uning suv shimgandan keyingimustahkamligini (R to‘y ) quruq holatdagi mustahkamligiga (R qur ) nisbatidir: 4.Kyum=Rto‘y/Rqur Yumshash koeffitsienti 0 dan (xom giltuproq asosidagi materiallar) 1 gacha (metallar) bo‘lishi mumkin. Davlatlararo standartlar talabiga muvofiq materiallarning yumshash koeffitsenti 0,8 dan kam bo‘lsa, suv muhitida ishlatiladigan konstruksiyalar tayyorlash ruxsat etilmaydi. Gigroskoplik-materiallarning muayyan muhitdan namlikni o‘ziga singdirib olish xususiyatidir. Materiallarning gigroskopiklik darajasini aniqlash uchun namuna havoning nisbiy namligi 100% bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi, so‘ngra namunaning quruq va gigroskopik nam holdagi massalari farqidan uning havodan qancha nam yutgani aniqlanadi. Materiallarning namni ko‘p yutishi odatda ularning xususiyatlari yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Masalan, namlik materialning issiqlik izolyatsiyasi koeffitsentini oshiradi, mustahkamlikni kamaytiradi va binolarning ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradi. Materialning sorbsion namligi uning ochiq havodagi suv bug‘larini yutish qobiliyatiga aytiladi. Nisbiy namlik ortgan sari materialning sorbsion namligi ortib boradi. G‘ovak materiallarda adsorbsiya va kapillyar kondensatsiya jarayonlari tufayli namlik uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan, yog‘ochning muvozanat namligi 12-18%, pishirilgan g‘ishtniki 5-7% bo‘lishi mumkin. Materialning qisman suv yoki namlik ta’sirida bo‘lgan xolatda u kapillyar bosim hisobiga suvni shimib namlanadi. Bunga binolarning sokol qismining namlanishi misol bo‘la oladi. Bunda suvning ko‘tarilish balandligini “belgilangan atomlar” yoki “elektr o‘tkazuvchanlik” usullari bilan aniqlash mumkin. Namlikdan deformatsiyalanish-materiallarning nisbiy namlik o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan chiziqli yoki hajmiy o‘lchamlarining o‘zgarishidir. Bu xususiyat materiallarning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich materiallarda namlikdan deformatsiyalanish oz bo‘ladi (plastmassa, zich keramika, granit), yoki umuman bo‘lmaydi (po‘lat, oyna, bitum). G‘ovak materiallar (yog‘och, beton, giltuproq) nam ta’sirida kengayadi, namlik kamaysa, kirishishi hisobiga deformatsiya ham kamayadi. Materiallarning bu xolati ulardan konstruksiyalar tayyorlangan paytda juda katta ahamiyatga ega. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling