Referat mavzulari ro’yxati
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash. Qoliplash jarayoni quyidagi asosiy
operatsiyalardan iborat bo‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, qolipga armaturani joylashtirish, qolipga beton qorishmasi quyish va zichlashtirish. Temirbeton buyum va konstruksiyalarning sifati qolip o‘lchamlari aniqligiga va bikrligiga bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar odatda po‘lat listlardan tayyorlanadi, xususiy hollarda boshqa metallar qotishmalaridan tayyorlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda qoliplar plastik va shishaplastik listlar asosida tayyorlanmoqda. Misol tariqasida Germaniyaning “Pashal” Verke LTD firmasi plastik qoliplarini keltirish mumkin. Kam foydalaniladigan qoliplarni, yuza tomonini suv yuqtirmaydigan moylar surilgan Yog‘och asosida tayyorlash mumkin. Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi shart. Qolip yig‘ilgach, beton qolipga Yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion tarkiblar bilan moylanadi. Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar Yordamida quyiladi. Betonquygichning turi qoliplanadigan buyum va konstruksiyaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yuzasi katta plitalar, panellar va sh.k. ushbu buyum enini qoplaydigan betonquygich mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi betonquygichlar yordamida qoliplanadi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash, sentrifugalash va hokazo. Eng ko‘p tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo‘lib, titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonini zichlashtirishga imkon beradi. 17- MARUZA: QURILISH QORISHMALARINING ASOSIY XOSSALARI. Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Qurilish qorishmalari uchun materiallar. 3. Qurilish qorishmalarining xossalari. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling