Referat mavzulari ro’yxati


Gidromelioratsiya qurilishida


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Gidromelioratsiya qurilishida temirbetondan suv ta’minoti va kollektor tizimi 
quvurlari, yig‘ma quduq, kanal qoplama plitalari, sug‘orish lotoklari va boshqalar 
tayyorlanadi. Temirbeton quvurlar bosimli va bosimsiz turlarga bo‘linadi. Bosimsiz 
quvurlar kanalizatsiya va kollektor tarmoqlarida ishlatiladi. Quvurlarning diametri 300-
1200 mm. Ular M300 va undan yuqori markali betonlardan tayyorlanadi va suv 
o‘tkazmaslik va korroziyaga chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. 
Yuqori bosimda (W6-W12) ishlaydigan quvurlar avvaldan taranglangan armaturalar va 
to‘rlar bilan armaturalangan bo‘ladi. Ular yuqori bosim ostida ishlaydigan suv uzatish 
tizimlarini barpo etishda ishlatiladi.


Turli maqsadlarda ishlatiladigan temirbeton buyum va konstruksiyalarga yig‘ma devor, 
elektr tarmog‘i tayanchlari, ariq lotoklari va shu kabilar kiradi. Ular M200-M300 markali 
betonlardan tayyorlanadi, sovuqqa chidamliligi /150-/200.
3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish quyidagi asosiy texnologik 
jarayonlardan iborat: beton qorishmasini tayyorlash, armatura tayyorlash, qolip tayyorlash, 
konstruksiyani armaturalash, qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, konstruksiya yuzasini 
pardozlash, omborxonalarga joylashtirish.
Beton qorishmasini tayyorlash. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish 
zavodlarida beton qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. Beton qorish 
texnologiyasi mukammal ravishda 8 bobda berilgan.
Armatura tayyorlash. Armatura sexida armatura karkaslari va to‘rlari maxsus 
payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura sterjenlari va simlari 
kalavalar va o‘ramlarni maxsus stanoklarda metall zaklardan, zanglardan tozalanadi, 
to‘g‘rilanadi, kerakli uzunlikda qirqiladi. Alohida sterjenlar ko‘p nuqtali payvandlash 
uskunalarida kontakt usulida payvandlab armatura karkaslari va to‘rlari tayyorlanadi.
Armatura karkaslari va to‘rlari zavodning qoliplash sexiga yuboriladi.
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar va qoliplarda 
gidravlik domkratlar Yordamida Yoki elektrotermomexanik usulda beton quyilmasdan 
oldin amalga oshiriladi.
Avvaldan taranglangan armaturalar stend Yoki qolipning chekka qismiga moslamalar 
Yordamida maxkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 MPa dan ortganda 
maxkamlangan armatura bo‘shatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling