Referat mavzulari ro’yxati
Ichki devorlarning panellari
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qavatlararo plita va panellar
Ichki devorlarning panellari M100-M300 markali og‘ir, yengil va yacheykali
betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi betonning turi va markasi, ta’sir etadigan yuklamaga qarab 120-160 mm bo‘lishi mumkin (7.1rasm). Qavatlararo plita va panellar uzunligi 3-6,5 m gacha bo‘ladi. Panellar xonaning to‘rtta devoriga suyanadigan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Ularning qalinligi 160 mm bo‘ladi. Plitalar qalinligi 220 mm, eni esa 1,62,4 m o‘lchamlarda bo‘ladi. Qavatlararo plita va panellar M200 va M300 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgich asosidagi yengil betonlardan yassi yaxlit va yumaloq hamda oval kovakli ichi bo‘sh, shuningdek qobirg‘ali holda tayyorlanadi. Bo‘shliqlar plita va panellar massasini kamaytiradi, issiqlik va tovush izolyasiyasi xossalarini yaxshilaydi, beton sarfini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda yirik hajmdagi panelli turar joy binolarini qurish rivojlanmoqda. Bu tipdagi binolarni zavodda tayyorlangan bir Yoki ikki xonaga mo‘ljallangan hajmiy konstruksiyalar asosida qurilish maydonida yig‘iladi. Hajmiy uysozlik konstruksiyalari og‘ir va yengil betonlar asosida tayyorlanishi mumkin. Hajmiy panelli konstruksiyalarni ishlab chiqarish qurilish-montaj ishlarini keskin qisqartiradi, beton va metallni tejaydi, betonning mustahkamligi va sifatini oshiradi. Tombop yopma konstruksiyalar jamoat binolari qurilishida strapila to‘sinlari, plitalar, panellar va boshqa buyumlar sifatida ishlatiladi. Strapila ustunlari va to‘sinlari M300 markali og‘ir va yengil betondan 6 m uzunlikda bir nishabli qilib tayyorlanadi. Tombop yopma panellar va plitalar M200-M300 markali og‘ir va yengil betondan yassi va qobirg‘ali tiplarda uzunligi 6 m, eni esa 1,5-3m qilib tayyorlanishi mumkin. Tombop yopma plitalarning qobirg‘alari ichki va tashqi tomonlarga bo‘rtma holatda bo‘lishi mumkin. Tashqariga bo‘rttirilgan qobirg‘a baland bo‘lmay, ustiga choklarni berkitishga mo‘ljallangan maxsus temirbeton yopma qobirg‘ali plitalar kiydirilishga mo‘ljallangan. Tombop bunday yig‘ma temirbeton konstruksiya choklardan suvning sizib kirishini oldini oladi. To‘shama gidroizolyasiya materiallari ishlatmasdan suv o‘tkazmaydigan zich temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ushbu tipdagi tom konstruksiyasi katta ahamiyatga egadir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling