Referat mavzulari ro’yxati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
Betonning maxsus turlari
Gidrotexnik beton Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv muhitlarga chidamliligi va issiqlik ajratishi bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi shart. Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli tarkiblarda bo‘ladi. Tashqi qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanibqurib, muzlab-erib turishi mumkin. Bu holat darYo, dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, elektrostansiya, metallurgiya va kimYo sanoati aylanma suvlarini sovutadigan gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda ishlatiladigan gidrotexnik beton yuqori sifatli sement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, mineral va polimer sirtaktiv qo‘shimchalar qo‘shib, beton tarkibini ratsional tanlab, beton tayyorlash jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. Sement tarkibiga kiritilgan gidravlik qo‘shimchalar betonning agressiv muhitlarga chidamliligini oshiradi va issiqlik ajratishini kamaytiradi. Sement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob, difil qo‘shimchalar va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning gidrofizik xossalarini yaxshilaydi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan gidrotexnik beton M100-M400 markalarda bo‘ladi. Betonning markasi 180 sutkada aniqlanadi. Gidrotexnik inshootlarning massiv ichki qatlami tashqi qatlam singari murakkab iqlim sharoitida ishlamaydi. Ichki qatlam betoni issiqlikni kam ajratishi zarur, aks holda massiv konstruksiyalarda harorat farqidan ichki zo‘riqish va natijada Yoriqlar hosil bo‘ladi. Ichki qatlam betoni shlakli portlansement va putssolanli portlandsement asosida tayyorlansa, issiqlik ajrab chiqishi keskin kamayadi va beton korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ichki qatlam uchun betonning markasi M100, M150 bo‘lsa kifoya, suv o‘tkazmasligi esa W2, W4 bo‘ladi. Gidrotexnik beton suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W2-W12 markalari bo‘ladi. Gidrotexnik beton sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: /100, /150, /200, /300, /400, /500. Betonning doimo suv muzlab-eriydigan qatlamlardagi suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5%, boshqa qatlamlar uchun esa 7% oshmasligi kerak. Gidrotexnik betonning chiziqli kirishishi, havoning nisbiy namligi 60%, harorati 180S bo‘lganda, 28 sut 0,3 mm/m va 180 sut 0,7 mm/m dan oshmasligi kerak. Suvli muhitda shishishi 28 sut-0,1 mm/m, 180 sut-0,3 mm/m dan oshmasligi shart. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling