M150 markali og‘ir betondan quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 2500 mm
gacha, eni 500 mm gacha va balandligi 700 mm.
Bloklarning Yon tomonida podval devorlarini montaj qilishda
foydalaniladigan va
bloklarni monolitlashda ishlatiladigan maxsus o‘yiqlar (pazlar) qoldiriladi. Montaj ishlari
tugagach o‘yiqlar ketma-ket sementli qorishmalar bilan to‘ldiriladi.
Podval devori bloklari betonni tejash maqsadida ichi bo‘shliqli
holda tayyorlanishi
mumkin.
Svaylar ko‘ndalang kesimi 300x300 mm o‘lchamli kvadrat shaklda va uzunligi 6-12 m
bo‘ladi. Ular M300 markali og‘ir betondan tayyorlanadi. Svay poydevorlari bino bo‘sh va
botqoqsimon erlarga qurilganda erning toshloq qattiq qatlamigacha maxsus uskuna
Yordamida qoqiladi. Bunda binoning yumshoq erda cho‘kishining oldi olinadi.
Jamoat binolari karkaslari M200-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichlar
asosidagi yengil betonlardan temirbeton ustunlar, to‘sinlar va boshqalar tayyorlanadi.
Ustunlar uzunligi binoning ikki qavatiga mo‘ljallangan bo‘ladi. To‘sinlar maxsus quyma
detallarni payvandlab ustunlar bilan biriktiriladi.
Devor bloklari M50, M100 markali yengil betonlardan (/
m
1200kg/m
3
) yaxlit Yoki ichi
kovakli qilib tayyorlanadi. Ularning o‘lchamlari unifikatsiyalashtirilgan bo‘lib,
binoning
seriyasiga moslashtirilgan bo‘ladi. Jamoat binolari tashqi va ichki devorlari uchun panellar
ishlab chiqariladi.
Isitiladigan jamoat binolari tashqi panellari M50-M100 markali g‘ovak to‘ldirgichlar
asosidagi yengil betonlardan (/
m
700-1000 kg/m
3
) va M35-M50 markali g‘ovak
betonlardan (/
m
550-700 kg/m
3
) bir qatlamli qilib tayyorlanadi.
Bunday panellarning
uzunligi 3600 va 7200 mm, balandligi 2900 mm va qalinligi 400 mm bo‘ladi. Zarurat
bo‘lsa boshqa o‘lchamdagi panellar ham ishlab chiqariladi.
Tashqi devor bloklari va panellari o‘ng yuzasi
manzarali qorishmalar qatlami, chaqiq
tosh, keramik plitkalar va ob-havoga chidamli bo‘Yoqlar kompozitsiyalari bilan bezatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: