16-MAVZU: TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR
REJA:
1 Jamoat binolari uchun konstruksiyalari
2 Sanoat binolari uchun
konstruksiyalar
3 Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar muayyan seriyalarga mo‘ljallangan
bo‘lib, unifikatsiyalashgan holda ishlab chiqariladi. Ular og‘ir, yengil va yacheykali
betonlar asosida tayyorlanadi. Bunda temirbeton konstruksiyalar bir-necha vazifani o‘tashi
mumkin. Masalan, konstruktivissiqlik izolyasiyasi, akustik, gidroizolyasiya va
korroziyaga
bardoshli, qoplamali va sh.k. bo‘lishi mumkin.
Yig‘ma temirbeton bino va inshootlarning hamma qismlarini tayyorlashda ishlatiladi:
poydevorlar, tashqi va ichki devorlar,
karkaslar, qavatlararo va tom Yopma plitalari,
zinapoyalar, to‘sinlar, kolonnalar va boshqalar (16.1-rasm).
16.1-rasm. Jamoat binolarining ba’zi bir yig‘ma temirbeton konstruksiyalari
a) tashqi bezak qoplamali devor
panellari; b), v) dumaloq va oval bo‘shliqli
qavatlararo plitalar; g) yig‘ma poydevor elementlari; 1-poydevor bloki; 2-podval
poydevorlari bloki; d), e) zinapoya va zinapoya maydonchasi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlatilish sohasiga ko‘ra to‘rtta
asosiy guruxga
bo‘linadi: jamoat binolari,
sanoat binolari, injenerlik inshootlari,
maxsus buyum va
konstruksiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: