14-MAVZU: BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI.
REJA:
1Betonning mustaxkamligi
2 Beton markalari va klasslari
3 Betonning gidrofizik xossalari.
1.Betonning mustahkamligi
Betonning mustahkamligi bog‘lovchi, to‘ldiruvchilarning sifatiga va hosil bo‘lgan
kompozitsion materialning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, beton qanchalik zich
strukturaga ega bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bog‘lovchining sifati sementning
markasi (R
s
), mayda va yirik to‘ldirgichlarning sifati A koeffitsienti, g‘ovakligi esa suv-
sement
nisbati (s/s) bilan belgilanadi.
Zich betonning g‘ovakligini quyidagicha ifodalash mumkin:
S /
W =S
P =m-m/m* 100%,
bu erda: S va S suv va sementning 1 m
3
(1000l)
beton uchun sarfi, W-
kimyoviy bog‘langan suvning miqdori (sement miqdoriga nisbatan). Beton qotishining
28 sutka davomida sement massasiga nisbatan 15% atrofida
suvni shimishini hisobga olsak, W 0,15 teng bo‘ladi.
Beton mustahkamligi va suvning sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishni,
sement sarfi va
zichlashtirish usuli doimiy bo‘lsa, quyidagi chiziqli bog‘lanish
orqali ifodalash mumkin
(6.6-rasm). Bu chiziqli bog‘lanish beton mustahkamligining fizik
mohiyatini bildiradi va
beton tarkibini tanlashda qanday omillarga ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi.
CHizmaning
a-sohasidagi
qismi
beton
qorishmasining
etarli
darajada
zichlashtirilmagani oqibatida mustahkamlikni pasayishini ko‘rsatadi,
bsoha qismi esa
beton tarkibida suv optimal miqdorda bo‘lgani, beton qorishmasi
yaxshi zichlashib
mukammal struktura hosil bo‘lganini ko‘rsatadi. Keyinchalik
suvning miqdori oshib
borishi (v va g-sohalar) beton mustahkamligining kamayishiga olib keladi, chunki ortiqcha
miqdorda kiritilgan suv keyinchalik o‘z o‘rnida g‘ovaklik hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: