Referat mavzulari ro’yxati


Beton qorishmasining texnikaviy xossalari


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Beton qorishmasining texnikaviy xossalari 
Beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda beton qorishmasining qulay 
joylanuvchanligi Yoki qulay qoliplanuvchanligi muxim ahamiyatga ega. Bunda beton 
qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan holda, qolipga yaxshi 
(to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning 
harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlash mumkin. Beton 
qorishmasining harakatchanligi qorishmaning strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik 
qorishmaning dinamik oquvchanligiga (vyazkost) va bog‘lanuvchanlik esa qorishmaning 
suv ushlashlik qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati quruq issiq iqlim sharoitida betonlash 
ishlarini olib borishda muxim ahamiyatga ega.
Harakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy massasi ta’sirida 
harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK) bilan sm da ifodalanadi (12.3, a-rasm). 


Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining 
o‘rtacha arifmetik miqdori bilan o‘lchanadi.
Konus cho‘kishi balandligi 300, ustki asosining diametri 100 va pastki asosining 
diametri 200 mm bo‘lgan kesik konus shaklidagi tagsiz metall qolip vositasida aniqlanadi. 
Konus ichi avvaldan xo‘llangan bo‘lib, beton qorishmasi har biri 10 sm balandlikda 
bo‘lgan uchta qatlam bilan to‘ldiriladi. Har qaysi qatlam diametri 16 va uzunligi 600 mm 
va uchi yumaloq po‘lat tayoqcha bilan 25 marta sanchib zichlashtiriladi. Qolip 
ko‘tarilgach, hosil bo‘lgan beton konus xususiy massasiga ko‘ra cho‘kadi va aynan 
cho‘kish miqdori beton qorishmasining konus cho‘kishini ifodalaydi. Agar beton 
qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik 
bilan ifodalanadi.
Bikrlik. Beton qorishmasining bikrligi avvaldan qolipga quyib tayyorlangan beton 
qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga kelguncha sarf bo‘lgan vaqt (sekundda) 
bilan ifodalanadi. (12.3, b-rasm).

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling