Referat mavzulari ro’yxati
Beton tayyorlash uchun materiallar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton markasi M150 M200 M250 M300 M350 M400 M450 M500 M600 va yuqor i Sement markasi
- Mayda to‘ldirgich.
2.Beton tayyorlash uchun materiallar
Betonning mexanik, deformativ, gidrofizik, termofizik xossalari uni tashkil etuvchi komponentlarning aynan shunday xossalariga mos bo‘ladi. Sement. Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli va putssolanli sementlar, giltuproqli sement va boshqa sement turlari ishlatilishi mumkin. Sementning markasi betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasiga nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi: Beton markasi M150 M200 M250 M300 M350 M400 M450 M500 M600 va yuqor i Sement markasi M300 M300 M400 M400 M400 M500 M400 M500 M550 M600 M550 M600 M600 M600 Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan yuqori bo‘lsa, sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar qo‘shilishi kerak. YUqori aktivlikdagi sement tarkibiga diatomit, trepel, opoka, gliej kabi tabiiy, domna va Yoqilg‘i shlaklari, kullar va sh.k. sanoat chiqindilari qo‘shilib, sementni tejash mumkin. Betonni ishlatish iqlim sharoitiga qarab past Yoki yuqori ekzotermikli sementlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Mayda to‘ldirgich. Barcha tabiiy va sun’iy tosh materiallarning 0,155mm fraksiyasi beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich-qum sifatida ishlatiladi. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy emirilishidan hosil bo‘lgan Yoki qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab saralangan qumlar ishlatiladi. Qum donachalari mineral tarkibi asosan kvars, dala shpati, kalsit, slyuda kabi otqindi tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari kamroq bo‘ladi. Beton tayyorlashda darYo, dengiz qumlari yoki tog‘ (jar) qumlari ishlatilishi mumkin. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda bo‘lib, loy bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo‘ladi. Qum zich tog‘ jinslarini, shlaklarni maydalab olinganda serqirra va yuzasi g‘adir-budir donachalar hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo‘lgan qumlarga nisbatan toza bo‘ladi. Yuqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlarni yuvib, quritib ishlatish kerak. Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral tarkibiga, donador tarkibiga, gil va loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi donalardan iborat bo‘lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan tayyorlangan beton esa zich strukturaga ega bo‘ladi. Qumning maydayirikligi, ya’ni donador (granulometrik) tarkibi quritilgan qumni (1000 g) standart elaklar yig‘ilmasidan o‘tkazish usulida aniqlanadi. Elaklar yig‘ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm ko‘zli elaklardan iborat bo‘ladi. Qum tarkibida 5-10 mm fraksiyadagi qum-tosh aralashmasi 5% oshmasligi kerak, 10 mm yirik donalar esa bo‘lmasligi shart. 12.1-jadval Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling