Referat mavzulari ro’yxati


Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar. Kengayuvchan sement ko‘p 
komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al
2
O
3
·3CaSO
4
·32H
2
O keltirish 
mumkin.
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy 
gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin. Bu turi tez qotadi va 
suv muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker yoki shlak va tabiiy 
gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. Bu sement 
suvda kengayadi, quruq sharoitda esa kirishmaydi.
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker (shlak)-5-7%, 
gips –7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni birgalikda maydalab 
tuyib olinadi. KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega 
bo‘lib, bug‘ bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sut davomida 
kengayadi.


Zo‘riqish hosil etuvchi sement-portlandsement-65-75%, giltuproqli sement-13-20%, 
gips-6-10% tashkil etuvchilardan iborat. Uning dispersligi 3500 sm
2
/g kam bo‘lmasligi 
kerak. Ushbu sement qotaYotgan paytda katta ichki zo‘riqish hosil qilish hisobiga 
armaturani taranglanishiga olib keladi. Bunday sementlarning qotish boshlanishi 30 min 
keyin va oxiri 4 soatdan kam bo‘ladi. Uning siqilishdagi mustahkamligi 1 sut 15 MPa, 28 
sut esa –50 MPa bo‘lishi kerak.
Ushbu sement asosidagi qorishmalar va betonlar yoriqlar hosil qilmagani uchun gaz
benzin, va sh.k. mahsulotlar saqlash omborxonalarida, bosim ostida ishlaydigan suv 
inshootlarda ishlatiladi.
Past haroratda kuydirilgan sement-birinchi marta O‘zbekistonda professor 
B.I.Nudelman tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, alinitli sement deb ataladi. Alinitli sement 
xomashyosi tarkibiga kalsiy xlorid
(SaCl
2
) tuzi qo‘shiladi. Xomashyo tarkibiga SaCl
2
qo‘shilishi, sementni pishirish 
haroratini 1100-1200
0
S gacha pasaytiradi. Alinit sementini tayyorlash katta miqdorda 
energiya sarfini tejaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Alinit sementi tarkibida qolgan xlor ionlari u asosida tayyorlangan temirbeton 
konstruksiyalar armaturasini emirishi mumkin. Bunday ta’sirni kamaytirish maqsadida 
sement Yoki beton tarkibiga turli xildagi metallning xlorli korroziyasini ogoxlantiruvchi 
ingibitorlar qo‘shish zarur.
Sulfomineral sementlar SAS-fosfatli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda chiqindi hisoblangan 
fosfogips asosida professor T.A.Otaqo‘ziev yaratgan texnologiya asosida ishlab 
chiqariladi.
Tez qotuvchan yuqori mustahkamlikdagi oddiy va oq sulfomineral sementlar 
fosfogipsga kaolinit glinasi, boyitilmagan temirli boksitlar va ohaktoshlar aralashtirib 
tayyorlangan hom ashyoni 1200-1250
0
S haroratda kuydirib olinadi. SAS sementlarni 
kuydirishda Yonilg‘i sarfi 30% kamayadi, aylanma xumdonning unumdorligi 25% ortadi. 
SAS sementi asosidagi materiallar atmosfera, suv muhitiga, sovuqqa chidamli bo‘ladi, 
ammo kompozitsion material qorilayotganda suvning sarfi biroz ko‘payadi.
SAS sementini oddiy portlandsement bilan 40-60% miqdorda aralashtirib yuqori 
mustahkamlikdagi va o‘ta tez qotuvchan sementlar va ular asosida qurilish qorishmalari va 
betonlar tayyorlash mumkin.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling