Referat mavzulari ro’yxati


Mineral qo‘shimchali sementlar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Mineral qo‘shimchali sementlar. Aktiv mineral qo‘shimchalar (AMQ) tabiiy va sun’iy 
bo‘lishi mumkin. Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka, gliej, vulqon kuli, tuf, pemza, trass 
va sh.k., sun’iylariga esa donali domna shlaki, kullar, shlam chiqindilari va sh.k. lar kiradi.
Sementga AMQ larning kiritilishi ular tarkibidagi aktiv kremnezemning (SiO
2
) sement 
gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa(ON)
2
bilan reaksiyaga kirishib, havoda va suvda 
qotadigan kalsiy gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada sement klinkeri 
tejalishi bilan birga suv va boshqa agressiv muhitlarga chidamli sementning turlarini hosil 
qilish mumkin. 
Putssolanli portlandsement (PPS)-klinker, gips va aktiv mineral qo‘shimchalarni 
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi jinslar (diatomit, opoka, trepel)20-
30%, vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej va Yoqilg‘i kullari 25-40% 
atrofida klinker tarkibiga kiritiladi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi aktiv kremnezem quyidagi reaksiyaga binoan 
Sa(ON)

bilan birikadi:
mSa(ON)
2
SiO
2akt
nH
2
O+(0,8-15)CaO
.
SiO
2
.
pH
2
O
Kalsiy gidroksidning biriktirilishi sement toshi birinchi turdagi korroziyasini 
ogohlantiradi va mustahkamlikni oshiradi. Putssolanli sement normal sharoitda oddiy 


sementga nisbatan sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi betonlar nam va suvli 
sharoitlarda ishlatilgandagidrat birikmalaridan suvningbug‘lanishi hisobiga kirishadi va 
qisman mustahkamligini Yo‘qotadi.
SHlakli portlandsement (SHPS) klinker bilan donali domna Yoki elektrotermofosfor 
shlakiga gips qo‘shib maydalab tuyib olinadi. SHlakli portlandsement tarkibida domna 
shlaki 20-80% (sement massasiga nisbatan) atrofida bo‘ladi. SHlak o‘rniga 10% gacha 
aktiv mineral qo‘shimchalar ishlatilishi mumkin. Domna shlakining oksid tarkibi (%): 
3050 SaO; 28-30 SiO
2
; 8-24 Al
2
O
3
; 1-3 MnO. Ularning umumiy miqdori 90-95% atrofida 
bo‘ladi.
SHlakning gidravlik aktivligi sifat koeffitsienti bilan aniqlanadi:
%CaO %MgO %Al2O
%SiO

%TiO
2
Sifat koeffitsientiga qarab shlaklar 3 navga bo‘linadi. SHlaklar ham putssolan 
qo‘shimchalar kabi kalsiy ishqori bilan kichik asosdagi gidrosilikatlarni 
(SaO
.
SiO
2
.
2,5H
2
O)
va
gidroalyuminatlarni (2SaO
.
Al
2
O
3
.
8H
2
O) hosil qiladi. 
SHPS gidratatsiyasi davrida issiqlikning kam ajrab chiqishi ular asosida massiv temir 
beton konstruksiyalar tayyorlashda asqotadi.
Bu turdagi sementning putssolanli sementlarga nisbatan suvga extiYoji kamroq bo‘lib, 
atmosferaga va sovuqqa chidamligi yuqoridir. Ammo SHPS birinchi sutkalarda sekin 
qotadi, ayniqsa, past haroratli muhitda. SHlakli portlandsement 300, 400, 500 markalarda 
ishlab chiqariladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling