Referat mavzulari ro’yxati


Oq va rangli portlandsementlar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Oq va rangli portlandsementlar. Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq 
asosida olinadi. Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar 
bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin.
Xomashyo gaz Yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni Yoki rangi 
chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar Yordamida maydalab kukun holatiga 
keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Talabga ko‘ra oppoqlik koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %) nurni qaytarish 
koeffitsenti Yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1 navi 80% dan, 2 
navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir suriki 
va sh.k.) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari
zinapoyalar, bordyur toshlari, piYoda Yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.
Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida olinadi va 
asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq (22±2
0
S) va issiq 
(75±3
0
S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, 
tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga 
qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning (S/S=0,5) egilishdagi mustahkamlik 
chegarasidir.
Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga 
kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al
2
O
3
·SiO
2
ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli alyuminat 
SaO·Al
2
O
3
giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida SaO·2Al
2
O
3
ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 25
0
S gacha bo‘lganda yuqori 
mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut. erishgan 
mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. 
Uning qotish boshlanishi 30 min keyin, oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy 
ishqori va uch kalsiyli alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi 
turlariga chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga 
chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib bo‘lmaydi.
Bu sement qimmatbaholigini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati 
bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling