Referat mavzulari ro’yxati


Tez qotuvchan shlakli portlandsement


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

Tez qotuvchan shlakli portlandsement o‘ta mayda tuyulishi hisobiga bunday 
samaraga ega bo‘lib, 3 sut 50% markadagi mustahkamlikka ega bo‘ladi. Bu sement turi 
issiqlik bilan qayta ishlanadigan temirbeton konstruksiyalar olishda, shu jumladan katta 
o‘lchamli uysozlik panellari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Gipssementputssolan bog‘lovchilar (GSPV) gips (50-75%), sement (15-25%) va aktiv 
mineral qo‘shimchalar (10-25%) birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bu bog‘lovchida gips 
boshlang‘ich mustahkamlikni, sement keyinchalik mustahkamlikni, aktiv mineral 
qo‘shimchalar esa qotgan bog‘lovchiga turg‘unlashtiruvchi vazifani o‘taydi. GSPV 
gidravlik bog‘lovchi bo‘lib, devorbop panellar, sanitariya-texnika kabinalari, boshqa 
buyum va qismlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar-klinker tuyilaYotgan paytda uning tarkibiga 
0,25% (massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil organik 
qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.
Bunday sementlar asosida olingan beton va qorishmalar harakatchanligi juda yuqori 
bo‘ladi. Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement nisbati pasayadi, zich 
beton hosil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi, sement sarfi, beton sifatini pasaytirmagan 
holda, 10-20% gacha kamayadi.
Gidrofob sement-klinker tuyulaYotganda 0,1-0,2% milonaft, asidol, Yog‘li kislotalar, 
kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi. Bu sement oddiy sementga nisbatan 
gigroskopikligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini Yo‘qotmaydi. Gidrofob 
qo‘shimchalar beton va qorishmalarni qisman plastifitsirlaydi, harakatchanligini oshiradi, 
keyinchalik buyum va konstruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv 
o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida 
saqlanishi mumkin.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling