Referat mavzulari ro’yxati


-rasm. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqlash


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

3-rasm. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqlash 
a) beton qorishmasining harakatchanligini aniqlash asbobi (konus); 1- 
bikr qorishma; 2-harakatchan qorishma; 3-konus cho‘kishi; b) beton qorishmasining 
bikrligini aniqlash asbobi; 4-sinash sxemasi. 
Beton qorishmasining bikrligi quyidagicha aniqlanadi: balandligi 200 va ichki diametri 
240 mm bo‘lgan silindr shaklidagi halqa laboratoriya vibratsiya stoliga mahkam 
o‘rnatiladi: halqaga standart konus o‘rnatiladi, yuqorida ko‘rsatilgan usulda beton 
qorishmasi bilan to‘ldiriladi va qolip olinadi; asbob diski shtativ yordamida beton 
qorishmasi yuzasiga tekkuncha pastga tushiriladi; bir vaqtning o‘zida vibrostol va 
sekundomer ishga tushiriladi va beton qorishmasi zichlashib tekislanadi; beton 
qorishmasining zichlashishi natijasida ajralib chiqqan sement xamiri diskning diametrdagi 
teshiklaridan suzib chiqishi bilan vibratsiya to‘xtatiladi. Beton qorishmasini vibratsiya 
qilib zichlashtirish uchun sarf bo‘lgan vaqt (sek) uning bikrligini ifodalaydi.
Beton qorishmasining bikrlik ko‘rsatkichi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining 
o‘rtacha arifmetik miqdori bilan belgilanadi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha klassifikatsiyasi 
6.2 jadvalda berilgan.
Beton qorishmasining klassifikatsiyasi 
Qulay joylanuvchanlik 
Qulay joylanuvchanlik meyorlari 


bo‘yicha 
markalar 
Bikrlik, sek 
Harakatchanlik, sm 
Konus cho‘kishi 
Konus oqishi 
O‘ta bikr qorishmalar 
Sj 3 
Sj 2 
Sj 1 
100dan ko‘pi 51-100 
50 va kami 






Bikr qorishmalar 
J 4 
J 3 
J 2 
J 1 
31-60 
21-30 
11-20 
5-10 








Harakatchan qorishmalar 
P 1 
P 2 
P 3 
P 4 
P 5 
4 va kami 




1-4 
5-9 
10-15 
16-20 
21 va ko‘pi 



26-30 
31 va ko‘pi 
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan beton qorishmasi markalari beton va temirbeton ishlatilish 
sohalari orqali belgilanadi. Masalan, yuqori kuch ko‘tarishga mo‘ljallangan, tashqi tabiiy 
omillar ta’siriga chidamli temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda bikr Yoki o‘ta bikr 
beton qorishmalarni ishlatish maqsadga muvofiq. Kuch kam tushadigan bino va 
inshootlarning buyum, konstruksiyalarini tayyorlash uchun esa, harakatchan Yoki bikr 
qorishmalarning pastroq markalarini ham ishlatsa bo‘ladi. CHunki beton qorishmasi 
muayyan darajada qancha bikr bo‘lsa, undan tayyorlangan konstruksiyalar shunchalik 
zich, mustahkam, kam deformatsiyalanuvchan, turli muhitlarga bardoshli bo‘ladi.
Bog‘lanuvchanlik.Beton qorishmaning tashqi fizik-mexanik omillar ta’sirida 
qatlamlanmaslik xususiyati bog‘lanuvchanligini ifodalaydi. Beton qorishmasi 
tashilayotganda, qoliplanish jarayonida qatlamlanishi, ya’ni suv-sement aralashmasi 
to‘ldirgichlardan alohida ajralishi mumkin.
Beton qorishmasining bog‘lanuvchanlik darajasini plastiklik darajasi bilan aniqlash 
mumkin. Bog‘lanuvchanligi etarli bo‘lmagan beton qorishmasi standart konusni to‘ldirish 
va zichlashtirish jarayonida qatlamlanadi va qolip echilgach, hosil bo‘lgan beton konus 
sochiladi yoki qulaydi.
Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga va hossalarining 
Yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Beton qorishmasining bog‘lanuvchanligini oshirish uchun 
uning tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. Beton tarkibida sement miqdorining ko‘p bo‘lishi, suv 
miqdorining kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi.
Yuqori markadagi sementlar oz miqdorda past markadagi betonlar tayyorlash uchun 
ishlatilganda beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati kamayadi va natijada 
qorishma qatlamlanadi. Beton tarkibini hisoblashda uzluksiz granulometrik tizimni saqlash 
ham yaxshi natija beradi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning tarkibidagi suvning miqdoriga 
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan suv sement gidratatsiyasi va 


to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llash uchun sarf bo‘ladi. Beton qorishmasini qorish, tashish, 
qoliplash va zichlashtirish singari texnologik jarayonlarni hisobga olib suv miqdori 
ko‘paytiriladi. Mayda va yirik to‘ldirgichlar miqdori muayyan mutanosiblikda 
belgilanmasa, beton qorishmasining suvga bo‘lgan talabi oshib ketadi. Masalan, serqum 
betonlar suvni ko‘p talab qiladi, chunki qumning solishtirma yuzasi shu massadagi yirik 
to‘ldirgichga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling