Referat mavzulari ro’yxati


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

sxemasi 
1-greyferli yuklagich; 2-vibrogroxot (tebranuvchi sig‘im); 3-shnekli shimdirgich; 4-
lentali konveyer; 5-“groxot” bilan birgalikda barabanli quritgich; 6,7,19-vertikal 
shneklar; 8-elevator; 9-tebranuvchi elak (vibrosito); 10-mayda qum bunkeri (0-
1,4mm); 11-yirik qum bunkeri (1,42,8mm); 12,14-vintli shimdirgichlar; 13-
bog‘lovchilar (sement, ohak) saqlanadigan omborxona; 1,5-plastifikatsiyalovchi
qo‘
shimchalar 
dozatori 
(ulushlagichi); 
16-muzlashga 
qarshi qo‘llaniladigan 
qo‘shimchalar ulushlagichi (dozator); 17-ulushlagich (dozator); 18-aralashtirgich; 20-
qoplaydigan mashina; 21-lentali konveyer; 22-tayyor aralashma sig‘imi; 23-tayyor 
aralashma bunkeri.
Bundan tashqari amaliyotda turli quruq aralashmalar kombinatsiyalashgan holda 
qo‘llanilinadi, masalan: devor va pollarni koshin (kafel) plitkalar bilan elimlab 
qoplashda va turli xildagi shpatlevkalar tayyorlashda. Quruq elimli aralashmalar keng 
assortimentda, xususan Podolsk tajriba sement zavodida ularning xilma-xil turlari 
ishlab chiqariladi. Bundan tashqari quruq aralashmalarning kichik zavodlarda ishlab 
chiqariladigan boshqa texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS -10 (18.3-rasm) va 
boshqalar.
Quruq aralashmalardan, masalan "Plitonit" yuqori adgeziya va qovushqoqlik, 
vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlik xossalariga ega. Ularni 
ishlab chiqarishda Pikalev zavodining M-400 va M500 markali sementidan jinsliligi 
va tarkibining bir xillik darajasi yuqori bo‘lgan, fraksiyasi 0,6mm gacha bo‘lgan kvars 
qumi, Waken va Dow organik qo‘shimchalardan foydalaniladi. Bu organik 
qo‘shimchalardan chet el firmalari ham keng ko‘lamda foydalanishadi. CHet el 
shpatlyovkalaridan bizda Fransiyaning "Semin" va Finlandiyaning "Lox’ya" 
firmalariniki keng ishlatiladi. Quruq aralashmalarning to‘g‘ri tanlanishi va to‘g‘ri 
qo‘llanishi qurilish ishlarini tezlashtiradi va ularning sifatini oshiradi. 
Qorishmalarni tayyorlash va tashish 
Qurilish qorishmalari beton-qorishma zavodlarida, lar tayyorlash markazlarida yoki 
qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoni zavoddan uzoqda 
joylashganda va bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘lganda qorishma ob’ekt yaqinida 


joylashgan mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalarda tayyorlanishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
Qorishmalarni tayyorlash jarayoni tashkil etuvchi materiallarni tayyorlash, ularni 
o‘lchash (dozalash) va aralashtirishdan iborat bo‘ladi. Portlandsement, ohak, gips va 
boshqa bog‘lovchilar Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Qum zarurat 
bo‘lsa elanadi, yuvish usulida chang, loy miqdori meyorga keltiriladi. Ohak va 
giltuproq xamiri zarur quyuqlik darajasida tayyorlanadi. Qorishma harakatchanligini 
meyorga keltirish uchun tarkibiga kiritiladigan plastifikatorlar va kimyoviy 
qo‘shimchalar tegishli konsistensiyagacha suyultiriladi.
Qorishmalarni tayyorlashda mineral bog‘lovchilar massasi bo‘yicha, qum va suv 
hajm bo‘yicha o‘lchab solinadi.
Qurilish qorishmalari 150, 375 va 750l sig‘imli davriy ishlaydigan qorishma 
qorgichlarda tayyorlanadi (8.4-rasm). Qorishma qorgichlarda og‘ir qorishmalar 1-2 
minut, engil qorishmalar esa 4 minut davomida aralashtiriladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalari quruq qorishmalar markazida suv 
qo‘shmasdan tayyorlanib, qurilish maydonlarida maxsus qorishma qorgichlar 
vositasida plastik qorishmaga aylantirilishi mumkin.
Qurilish qorishmalari istemolchiga maxsus uskunalangan avtotsisternalarda, 
avtosamosvallarda tashiladi.
Quruq qorishmalar maxsus avtopritsep qorishma qorgichlarda tashiladi va qurilish 
maydonlarida suv bilan aralashtirilib binolarga uzatiladi. Qorishma yuqori qavatlarga 
maxsus ko‘tarmalar, nasoslar yoki pnevmotransport vositasida etkazib beriladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling