Referat mavzulari ro’yxati


-rasm. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/159
Sana21.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1370600
TuriReferat
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   159
Bog'liq
Qurilish materiallari pdf МваЯМТ Бобокулова Ш

1-rasm. Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi  
1- metall vanna; 2- asbotsement massa uzatuvchi tarnov; 3- konveyer lentasi; 4- 
siquvchi val; 5- asbotsement massa qatlami; 6- vakuum quticha; 7- formatli baraban; 
8- etakchi- val; 9- tortuvchi valik; 10- metall to‘r tortilgan baraban.


Asbotsement buyumlarning qotishi ikki bosqichdan iborat: zavod xududida 
transportirovkalash uchun etarli bo‘lgan dastlabki mustahkamlikgacha qotirish va 
markadagi mustahkamlikgacha qotirish.
Qoliplangan buyumlar normal sharoitda 6-8 s davomida saqlangach, bug‘lash 
kameralarida 50-60
0
S haroratda 12-13 s davomida issiqlik bilan ishlov beriladi.
Quvursimon va shu kabi buyumlar dastlabki qotishi suvli basseynlarda 20
0
S kam 
bo‘lmagan haroratda 3-8 sut. davom etadi.
Portladsement asosidagi buyumlar iliq omborxonalarda normal sharoitda kamida 7 
sut davomida qotishi oxiriga etkaziladi. Kvars kukunli sement asosidagi buyumlar 
qotishi avtoklavlarda 0,8 MPa bug‘ bosimi ostida va 172-174
0
S haroratda 12-16 s 
davomida oxiriga etkaziladi.
Mexanik ishlov berish operatsiyasi buyumlarning dastlabki yoki yakuniy qotish 
jarayonlaridan keyin amalga oshiriladi: listlar burchak qirralarini kesish, quvurlar yon 
tomonlarini kesish, bosimli quvurlar yon tomoniga faskalar ochish va boshqalar.  
Asbotsement buyumlarning turlari
Asbotsement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak, pogonajli 
quvurlar va maxsus buyumlar kiradi.
Tombop buyumlar. Tombop asbotsement buyumlarga quyidagilar kiradi: turli 
profildagi to‘lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar, yirik o‘lchamdagi yopma 
yassi plitalar, armaturalangan konstruktiv yopma (nastil), ekstruziya usulida 
tayyorlangan panellar, kam qavatli binolar uchun tombop plitkalar va boshqalar.
To‘lqinsimon profillangan listlar (9.8, a-rasm) oddiy, o‘rtacha, yuqori va 
unifitsirlangan profillarda tayyorlanadi. Profillangan listlar uzunligi 1200-3300 mm, 
to‘lqin qadami 115-350 mm bo‘ladi. Buyumning massasi 9-98 kg, egilishdagi 
mustahkamlik chegarasi esa 16-24 MPa ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750 mm uzunlikda, 40 150 va 54 200-6 
(to‘lqin balandligi to‘lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va qishloq xo‘jaligi 
binolari tomlarini yopish uchun; 54 200-7,5 tipi esa sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarish bino va inshootlari tomlarini yopish uchun ishlab chiqarilmoqda. Uzunligi 
1250mm, 30 130 va 40 150 tiplardagi to‘lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy 
binolar qurilishida tombop material sifatida ishlatilmoqda. Sanoat binolarini yopish 
uchun uzunligi 3300 mm, 145 350 tipdagi VK listlari ishlab chiqarish ko‘zda 
tutilgan.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling